I – 3. Didaktik o‘yinlarning turlari, ularni tashkil etish metodlari.
Ma’lumki Respublikamizda maktabgacha ta’lim muassasalarida “Uchinchi mingyillikning bolasi” tayanch dasturi asosida bolalarga ta’lim—tarbiya beriladi, ularning nutqini qulay o`stirish, tafakkurini rivojlantirish, maktab ta’limiga tayyorlash talab etiladi. Bu esa tarbiyachidan maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar nutqini o‘stirishning eng qulay metod va usullaridan foydalanishni talab etadi. Buning uchun tarbiyachi nutq o‘stirish mashg‘ulotlarida bolalar faolligini oshirishi nutqiy rivojlanishini nazarda tutgan holda turli metodlarni qo‘llashga, mashg‘ulotlar samaradorligini oshirishga ahamiyat barishi muhimdir.
Buning uchun mashg‘ulot uchun eng qulay metodni tanlashi, mashg‘ulotlarda bolalar faolligini oshirishi, amaliy va o‘yin metodlaridan foydalanishi muhim ahamiyatga ega. Chunki, “ Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ” ga ko‘ra, maktabgacha ta’limda bolalar faoliyati 80 foizi o‘yin mashg‘ulotlaridan iborat ekanligi belgilab berilgan. Shunga ko‘ra tarbiyachi nutq o‘stirish metodlari bilan bir qatorda o‘yin metodidan keng foydalanishi lozim. Bunda ayniqsa, didaktik o‘yinlarning ahamiyati katta bo‘lib, didaktik o‘yin orqal bolalar nutqini o‘stirish, so‘z boyligini oshirish, gap tuzishga o‘rgatish imkoniyati muhimdir.
Maktabgacha ta’limda “Uchinchi ming yillikning bolasi” tayanch dasturiga ko‘ra ilk yoshda Maktabgacha ta’limda “ Uchinchi mingyillikning bolasi ” tayanch dasturiga ko‘ra ilk yoshda boshlab didaktik o‘yin orqali nutqni o‘stirish belgilab berilgan.
Bu vazifani bajarish uchun har bir tarbiyachi o‘yin metodlarini, ta’limiy o‘yin va uning turlari, bajarish qoidalarini puxta bilishi lozim.ma’lumki pedagogik va metodik adabiyotlarda o‘yin metodi—ta’limiy didaktik o‘yin, o‘yin – dramalashtirish, intellektual o‘yinga bo‘linadi.
Didaktik o‘yin metodi o‘zining mazmuni, mohiyati jihatidanta’lim beruvchi metod vazifani bajaradi. O‘yin jarayonida bolalar o‘yinning vazifalarini diqqat bilan tushunib olishi, narsa,buyum, o‘yinchoqlarni taqqoslashi, solishtirishi, umumlashtirishi va yakkalash orqali nutq o‘stiriladi.
Shuning uchun ham tarbiyachi o‘yinning mazmuni, uni tashkil etish metodlarini bolalar bilan o‘yinni zarur bo‘lsa birgalikda o‘ynash talab etiladi. SHu jihatdan didaktik o‘yinlar turli vazifalarni bajaradi: masalan, bolalar so‘z boyligini oshirishga doir didaktik o‘yinlar;
------- bolalar bog‘lanishli nutqini o‘stirishga doir o‘yinlar.
------- nutqning tovush tomonini shakllantiruvchi o‘yin—mashqlar.
------- nutqning grammatik tomonini rivojlantiruvchi o‘yinlarga bo‘linadi.
Didaktik o‘yinlar, ularning ta’lim – tarbiyaviy vazifasi,turlari” Uchinchi mingyillikning bolasi” tayanch dasturida har bir yosh guruhiga ko‘ra ajratilgan bo‘lib, har bir yosh guruhda didaktik o‘yinning mazmuni., mohiyati, vazifasi,o‘tkazish uslublari belgilab berilgan.
Ilk yoshda bolalar bilan o‘ynaladigan didaktik o‘yinning asosiy maqsadi – bolalarning narsa – buyum nomini, katta – kichikligini, shaklini va ranglarini farqlash, ular nomini aytishni o‘rganishga qaratiladi, ko‘rib eslab qolish, eshitib eslab qolish, idrok qilish orqali o‘rganadilar. Bu guruhda yakka, bir xil bir nechta buyum, shakllar, meva sabzavot o‘yinchoqlar orqali didaktik o‘yinlar tashkil etiladi. Didaktik o‘yin bolalarga ta’lim berishni qiziqarli bo‘lishini ta’minlaydi, bolalar narsa, buyum nomini, hususiyatini, nimaga ishlatilishini, nimadan ishlangani, uni qanday o‘ynashni amaliy o‘rganadilar. Shu asosda bolalarda so‘z boyligiortadi, ko‘rgan kuzatganlarini o‘yinda qo‘llash orqali aqliy rivojlanadilar, so‘zni bilish, uni tushunish, nutqda so‘zdan foydalanish, o‘z fikri istagini so‘z orqali bildirish kabi aqliy faoliyatni bajaradilar. Shuning uchun ham didaktik o‘yin bitta yoki bir nechta o‘yinchoq, narsa buyumlar asosida va narsa buyumlarsiz ham tashkil etiladi. Shunga ko‘ra didaktik o‘yinlar quyidagilarga bo‘linadi: narsa, buyumlar asosidagi didaktik o‘yinlar;
-- narsa va buyumlarsiz o‘ynaladigan o‘yinlar.
Didaktik o‘yinlar, ularning ta’limiy ahamiyati, mazmuni, nutq o‘stirishdagi mohiyati – xususiyati “ Uchinchi mingyillikning bolasi” tayanch dasturida bayon etilgan bo‘lib, turli yosh guruxda didaktik o‘yinlarni tashkil etishga axamiyat berilgan. Chunki, maktabgacha ta’limda bolalarning amaliy intellektik rivojlantirishning asosiy turlaridan biri o‘yin faoliyatini rivojlantirish, syujetli o‘yinlarda faol qatnashishi ta’kidlangan. Maktabgacha ta’limda nutq o‘stirish uchun eng qulay o‘yinlar didaktik o‘yinlardir, chunki, didaktik o‘yin jarayonida o‘yin g‘oyasini tushunish, ungaamal qilish, o‘yin harakatlari va o‘yin qoidalarini o‘zlashtirish talab etiladi. Chunki, didaktik o‘yin amaliy faoliyat, bolalar o‘yinda mashg‘ulotlarda olgan bilim va malakalaridan foydalanadi. O‘yinda tarbiyachining bolalar bilan, bolalarning esa o‘zaro munosabatlari o‘yin tarzida bo‘ladi, o‘yin harakatlari xilma – xil faoliyatda bajariladi. Ya’ni bolalar o‘yinda narsalarning joyini almashtiradi, nomini aytadi, buyum – o‘yinchoqning rangi, shakli, yumshoq – qatiqligi, mazasi, jami nimaga ishlatilishi kabi faoliyatlarni bajarish orqali o‘ynaydilar. Shu bois o‘yin qoidasi, mazmuni, g‘oyasi, xarakatlar bir—biri bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, “ ajoyib xaltacha” o‘yinida o‘yinchoqlarni tasvirlaydilar, “ Ovozidan tani” o‘yinida ovozni eshitib, tinglab farqlaydi,nimaning ovozi ekanligini aytadi. Shuningdek didaktik o‘yinlar asosan, narsa, buyum, o‘yinchoqlar bilan o‘ynaladi. Bolalar o‘yinda narsalar olami o‘yinchoqlar, odamlarning nutqiy munosabatini anglaydilar, o‘yinga doir narslar, o‘yinchoqlarni o‘zlari tanlaydilar. Shu bois didaktik o‘yinlarda bolalar o‘yinga tez tushunib ketadilar, ularda fikrlash jarayoni o‘yin bilan bog‘lanadi.
Bolalar didaktik o‘yinda ishtirok etgan o‘rtoqlari nutqini kuzatadilar, uni tushunadilar, ko‘rganlarini, o‘yinini tasvirlab beradilar. Chunki didaktik o‘yinlarda so‘z va ko‘rgazmalar asosida o‘ynaladi. Bolalar o‘yinning ishtirokchilari bo‘lib, buyum, narsa, o‘yinchoqni kuzatadilar. Ular bilan bajarilgan harakat, unga dooir nutqni aytadi yoki eshitadi, uni tushunib oladi. O‘yinni tasvirlashda esa o‘z fikrlarini mazmunini yoritishga qaratadi. Fikrni bayon etishda so‘z va iboralarni, gapni tug‘ri qo‘llashga harakat qilishi muhimdir. Masalan, ikkinchi kichik guruhda “ O‘yinchoqlarni mashinada sayr qildiramiz” didaktik o‘yinida tarbiyachi: bolalar mana bu mashina, mashina haqida nima deyish mumkin? Bolalar: mashina—qizil, katta, g‘ildiragi bor, eshigi bor.
Tarbiyachi: mashinada nima qilamiz?
Bolalar: mashinada qum tashiymiz.
Tarbiyachi: to‘g‘ri mashinada qum tashish mumkin. Ammo hozir biz mana bu o‘yinchoqlarni mashinada sayr qildiramiz. Sizlaro‘zingizga yoqqan o‘yinchoqlarni nima qilasiz? To‘g‘ri sayr qildirasiz. Qani Akmaljon, qaysi o‘yinchoqni tanlading?
Bola: Kuchukchani mashinaga o‘tqazaman. Mashinani yurgizaman, kuchukchani sayr qildiraman kabi gaplarni tuzadi.
Ikkinchi bola: Men ayiqchani oldim. Ayiqchani mashinaga chiqaraman, mashinani yurgizaman. Ayiqcha mashinada sayr qiladi.
Shu tariqa bolalar o‘zlari tanlagan o‘yinchoqni olib, uni mashinaga o‘tqazadi va sayr qildiradilar. Bu holat bir necha bola tomonidan takrorlanadi.
O‘yinning ikkinchi qismida tarbiyachi mashinaga ayiqcha va quyonchani chiqarishni, ularni sayrqildirishni aytadi, so‘ng yana bir o‘yinchoqni chiqarib sayr qildirishni aytadi. Bolalar ushbu topshiriqlarni bajaradilar. So‘ng har bir bola o‘zi bajarganlarini so‘zlab beradi. Masalan , men mashinaga ayiqchani o‘tqazdim. Ayiqchani mashinada sayr qildirdim. “ Aziz mashinada ayiqcha va quyonchani sayr qildirdi” kabi gaplarni to‘liq aytishini so‘raydi.
Bolalar: mana bu mashina. Mashina katta. Men mashinaga ayiqchani o‘tqazdim, kabi tasviriy hikoya tuzishni o‘rganadilar. Shunday qilib bolalar o‘yin asosida tasviriy hikoya tuzishga tayyorlanadilar .
Katta guruhda biz “O‘yinchoqlar do‘konida” didaktik o‘yinni quyidagicha tashkil etdik.
Mavzu: “ O‘yinchoqlar do‘konida. ”
O‘yin mashg‘ulotning maqsadi: o‘yin orqali bolalar nutqini o‘stirish, so‘z boyligini oshirish, kasbga muhabbatini oshirish.
Mashg‘ulotning metodi: didaktik o‘yin.
Mashg‘ulotning borish:
Tarbiyachi stol ustiga bir necha o‘yinchoqlarni terib qo‘yadi: to‘p, qo‘g‘irchoq, idish – tovoq, mebellar, mashina va h.
Bolalardan biri sotuvchi bo‘ladi, qolgan bolalar haridor bo‘lib, do‘kondan o‘yinchoqlarni sotib oladilar.
Xaridor: Assalomu alaykum menga ko‘k rangli mashinani ko‘rsatsangiz.
Sotuvchi: Marhamat, bu mashinani kaliti, uni burasangiz yuradi.
Xaridor: Yaxshi menga bu mashina yoqdi, uni sotib olaman.
Sotuvchi: Mana, mashina endi sizniki.
Xaridor: Menga qizil qo‘ylakli qo‘g‘irchoqni bersangiz.
Sotuvchi: Marhamat bu qo‘g‘irchoq kuladi, ovoz chiqaradi, mana bu kalitni burab qo‘ysangiz raqsga tushadi.
O‘yin shu tariqa davom etadi. Mashg‘ulotning ikkinchi qismida bolalar o‘yinchoqlarni tasvirlab beradilar.
Yuqorilardan ko‘rinib turibdiki, didaktik o‘yinlar bolalar lug‘atini boyitishi, bog‘lanishli nutqni o‘stirishi, nutqning gratik tomonini va tovush tomonini o‘rganishda eng qulay metod hisoblanadi. Shu bois metodikada didaktik o‘yinlar quyidagi turlarga bo‘linadi:
O‘yin – mashq, so‘z – mashq didaktik o‘yini maktabgacha ta’limda bolalar lug‘atini boyitishga yordam beradi. Masalan: “ Qo‘g‘irchoqning kiyimlarini ayting” , “Choy idishlari” , “O‘xshasha so‘zni top”, “So‘zni davom ettir” kabi didaktik o‘yinlar bolalar so‘z boyligini oshirishga yordam beradi, nutqini rivojlantiradi.
Nutqning grammatik qurilishini o‘rgatish kichik guruhdan boshlab o‘rgatiladi.
Buning uchun esa didaktik o‘yinlardan foydalanish muhimdir. Chunki nutqning tushunarli bo‘lishi, so‘zlarni nutqda shahs – sonda to‘g‘i qo‘llashga o‘rgatishnutqning ifodaliligini ta’minlaydi. Maktabgacha ta’limda ushbu grammatikjihatlarini bolalaaga didaktik o‘yinorqali tushuntirish muhimdir. SHuning uchun hamtarbiyachi nutqning grammatik qurilishini o‘rganishga doir didaktik o‘yindan foydalanadi. Maslanbiz tajriba – sinov ishlarini olib borishda quyidagi didaktik o‘yinlardan foydalandik :
Nutqiy namuna o‘yini. Tarbiyachi bolalar bilan nutqiy mutqotda, nutq o‘stirish mashg‘ulotlarida nutqiy namunabo‘lio‘da didaktik o‘yindan foydalanadi. Masalan, tarbiyachi bolalarga savatchanini ko‘rsatada. “ Bu savachada mevalar bor. Men savatchadan nokni oldim nokni yuvib, ukamga berdim. Ukam nokni edi.” Kabi hikoya tuzadi. Bolalarga savatchadagi mevalar yordamida gaplar tuzishni aytadi. Bolalar quyidagicha gaplarni tuzishlari mumkin. Men savtchadan olmani oldim. Olma qizil, dumaloq. Men olmani tarelkaga soldim kabilar.
Mashq – topshiriq metodi ushbu metodda tarbiyachi bolalarga biror so‘zni aytadi. Bolalar so‘z ishtirokida gap tuzadi, yoki birlikdagi so‘zni ko‘plikda aytish, kelishiklarda aytish kabi topshiriqlarni bajaradilar. Masalan, tarbiyachi o‘yinchoqni ko‘rsatib: bu to‘p, manabu olmaxon, mana bular ayiqchalar. So‘ng bolalarga uyinchoqlarni olish,stolga qo‘yish, to‘pni uynatishni aytadi.
So‘z –mashq o‘yini. Tarbiyachi bolalarga buyum, o‘yinchoq nomlarini aytadi,bolalar so‘zni davom ettiradi yoki kerakli so‘zni aytadi. Masalan, biz quyidagi so‘z – mashqdan foydalandik:
a) olma – qanday? Olma qizil, dumaloq, shirin.
Behi – sariq, nordon.
Sabzi – sariq, qizil, qattiq.
Tarvuz – shirin, qizil, dumaloq.
b) topishmoqli savol – javob o‘yini.
Qizil, dumaloq, shirin – olma
Qizil, chiroyli, hidli – gul
Qizil, yumaloq, mayda, nordon – olcha
v) so‘zni davom ettir.
-- oshpaz – idish – tovoq, oziq – ovqat, qozon – tovoq, kapgir, fartuk.
-- bog‘cha – bolalar, tarbiyachi, mashg‘ulot, o‘yin.
-- daryo – suv, baliq, qirg‘oq kabilar muhimdir.
Shuningdek maktabgacha ta’limda “Bu nimaga ishlatiladi?”, “Kimda nima bor?”, “Kim ko‘p so‘z aytadi?”, “Magazin”kabi o‘yinlar bolalar nutqini o‘stirishda muhim ahamiyatga egadir.
Ya’ni bolalar didaktik o‘yinda ishtirok etgan o‘rtoqlari nutqi, faoliyatini kuzatadi, uni tushunib oladi, ko‘rganlarini tasvirlash orqali ijodiy fikrlashga o‘rganadi.
Didaktik o‘yinlar so‘z va ko‘rgazmalar yordamida ifoda etiladi. Bolalar o‘yin ishtirokchilari harakatini kuzatdi, buyumlarni quradi, ular bilan bajarilgan harakatga doir nutqni eshitadi, tushunib oladi. O‘yinnni tasvirlashda uni ijodiy fikrlab mazmun va fikrni og‘zaki bayon qiladi, bayonda yangi so‘z va iboralarni gaplarni qo‘llashi mumkin.
O‘rta guruhda “Musiqali o‘yinchoqlar” mavzusidagi didaktik o‘yin—mashg‘ulot ko‘rinishi. Mashg‘ulot maqsadi: o‘yinchoqlar nomini bilish, uni tanish va tasvirlash, ijodiy matn tuzishga o‘rgatish, ko‘rganlarini tasvirlash orqali ijodiy fikrlash mashg‘ulot uchun materiallar, baraban, surnay, shaqildoq va h.
Mashg‘ulotning borishi: Tarbiyachi bolalarga musiqa asbobini tanlab olishni, uni chalishni aytadi. “ kim chiroyli chaladi? ” o‘yini o‘ynaladi. Bolalar ularni olib chaladilar qanday ovoz chiqqagigi aytadilar, o‘yinchoqlarni ko‘rib kuzatadilar. So‘ng tarbiyachi “surnayni kim chaldi?” , “ shaqildoqni kim shaqillatdi? ” kabi savollarga javob berishni aytadi.
Bolalar tarbiyachi savollariga javob beradi. Mashg‘ulotning ikkinchi qismida bolalar tasviriy hikoya tuzadilar.
Milliy musiqa asboblari haqida topishmoq, she’r aytish topshiriladi. Musiqali kuyga raqs tushish bilan mashg‘ulot yakunlanadi.
Biz ushbu BIshni tayyorlashda bolalar bog‘chasida olib borgan tajribalarimizda didaktik o‘yinlarning bolalar nutqini o‘stirishdagi ahamiyatiga ishonch hosil qildik. Chunki didaktik o‘yinda bolalar ortiqcha toliqmaydi, so‘z va gap tuzishga qiynalmaydi.
Bularning barchasi maktabgacha ta’limda bolalar nutqini o‘stirishda didaktik o‘yinlarning eng qulay va samarali metod ekanligini isbotlaydi. Didaktik o‘yinlar bolalarda nutqni egallashga qiziqish uyg‘otadi, ta’lim olish, nutqni egallashga intilish va qiziqishlarini oshiradigan eng qulay metoddir.
Maktabgacha ta’limda bolalar nutqini o‘stirish turli metod va usullardan tashqari o‘yinlar orqali ham olib boriladi. Chunki, O` yin bolalarning eng sevgan faoliyati bo‘lib, o‘yin ta’lim berish metodi vazifasini ham bajaradi. Shu bois maktabgacha ta’limda o‘yin bolalar faoliyatining asosiy turi hisoblanadi. O‘yin orqali bolalar shaxs sifatida shakllanadi, bolaning kelajakdagi o‘quv faoliyatini, shaxs sifatidagi faoliyatlarini, kishilarga munosabatini, ayniqsa nutqiy muomala madaniyatini belgilab beradi. Shuning uchun ham qadimiy davrlardan boshlab bolalar o‘yinlariga ahamiyat qaratilgan. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning asosiy faoliyati o‘yin bo‘lib, o‘yin dastlab bolalarning turli ehtiyojlari, narsalar, kishilarning xarakatlariga taqlid qilish orqali shakllangan bo‘lib bolalar faoliyatining asosiy turidir. Ayniqsa maktabgacha yoshdagi bolalar o‘yin orqali shahs sifatida shakllanadilar, o‘yin orqali o‘quv – mehnat faoliyati, kishilarga munosabati shakllanadi.
Shunin uchun ham buyuk pedagog K. D. Ushinskiy bolalar o‘yinlarini tasvirlab, ular o‘yinlarining mazmuni, hayotdan olgan taasurotlari bilan belgilanadi, ular shahsning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi deb yozgan.
O‘yin ijtimoiy voqea bo‘lib, bolalar o‘yinlarida tevarak – atrofdagi borliq, voqea – hodislar, insonlar hayoti, tajribalari aks etadi. O‘yin maktabgacha ta’limda nutq o‘stirish metodi sifatida barcha guruhlarda qo‘llanadi, o‘yinga tarbiyachi rahbarlik qiladi.
SHuningdek didaktik o‘yinlar bolalar nutqini qay jihatdan shakllantirishga ham diqqat qilishi lozim. Chunki maktabgacha ta’limda qo‘llanadigan har bir didaktik o‘yinning o‘z mazmuni, maqsadi, o‘ynash usuli bor.
Biz o‘z tajribalarimizda BIshda tavsiya etilgan metodlarni bolalar yoshiga, bilim malakalariga mos ekanligiga ishonch hosil qildik. Chunki yuqorida tvsiya etilgan o‘yinlarni bolalar qiziqish bilan o‘ynadilar, o‘yin orqali nutqni so‘zni egallash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. M. V. Klarin; B. I. Matirko; A. S. Prutchenko; o‘yin tehnologiyasining didaktik imkoniyatlarini quyidagicha tavfsiflaydilar:
- O‘yin bolalar uchun juda qiziqrli faoliyat hisoblanadi.
- O‘yin o‘quv muhitini ta’minlaydi, bolalar faoliyatiniboshqaradi.
- O‘yin bolalarni muammoga qiziqishlarini oshiradi.
- O‘yin bolalardan shahslararo va tarbiyachigiga nisbatan muloqotning yahshilanishiga olib keladi.
- O‘yin bolalarni o‘yin jarayonida o‘zini baholashga o‘rgatadi.
- Bolalarda aniq fikrlashni va o‘z qobiliyatlarini namoyon etishga olib keladi.
- O‘yin bolalarda ijtimoiy ko‘nikma - malakalarni mustahkamlaydi.
- O‘yin davomida bolalar faoliyatida tajribalari ortadi
- O‘yin bolalarga muammoni kuzatishni emas, balki qiyin muammolarni echishga o‘rgatadi.
- O‘yin o‘quv faoliyatida voqelikni bilim va tajriba asosida yuqori darajada o‘zlashtirish imkoniyatini beradi.
- O‘yin vaziyatni tahlil qilishga, muammoni aniq aniq yechishga o‘rgatadi.
- O‘yin bolalarga muhim hayotiy vaziyatlarni yechish ko‘nikmasini egallashga o‘rgatadi.
O‘yin quyidagi xususiyatlarga egadir:
O‘yin bolalar mustaqil faoliyatidir
O‘yin maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar xayotini tashkil etish shakli hisoblanadi.
O‘yin bolalarni har tomonlama, rivojlantirish, tarbiyalash asosi.
O‘yin bolalarning o‘quv tarbiya faoliyatiga tayyorlash omili hisoblanadi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’limiy didaktik o‘yinlarni tashkil etishda quyidagi turlardan foydalaniladi:
Bayram va tadbirlarga asoslangan o‘yin turlari.
Folklorga asoslangan o‘yin .
Teatr o‘yinlari.
O‘yinli mashqlar.
Intermediyalar.
Bellashuv.
Karnaval.
O‘yin quyidagi bosqichlarda olib boriladi:
Maqsad qo‘yish.
Rejalashtirish.
Maqsadni amalga oshirish.
Natijalar tahlili.
Shuningdek didaktik o‘yinlar bolalar nutqini qay jihatdan shakllantirishga ham diqqat qilishi lozim. Chunki maktabgacha ta’limda qo‘llanadigan har bir didaktik o‘yinning o‘z mazmuni, maqsadi, o‘ynash usuli bor.
Biz o‘z tajribalarimizda BIshda tavsiya etilgan metodlarni bolalar yoshiga, bilim malakalariga mos ekanligiga ishonch hosil qildik. Chunki yuqorida tvsiya etilgan o‘yinlarni bolalar qiziqish bilan o‘ynadilar, o‘yin orqali nutqni so‘zni egallash imkoniyatiga ega bo‘ladilar
Do'stlaringiz bilan baham: |