Taqrizchilar :
Z.Xolmatova –Qo’qon DPI PFNdots.
KIRISH
Respublikasi prezidenti 2016 – yil 29 – dekabr kuni “ 2017 – 2021 yillarda maktabgacha ta`lim tizimini yanada takomillashtirish chora – tadbirlari to`g`risida” gi PQ-2707-sonli qaror tasdiqlandi. Ilmiy kuzatish kuzatish va tadqiqotlarda inson o`z hayoti davomida olinadigan barchan ma`lumotning yetmish foizini besh yoshgacha bo`lgan davrda olib ulgurishi keltirilgan. Darhaqiqat, bu davrda inson bolasi dunyoni anglaydi, o`z ona tilini o`zlashtiradi, ota – ona, oila, mahalla, Vatanga mehri uyg`onadi, umr davomida olinadigan bilimlarga zamin hozirlaydi. Bunda eng avvalo oilla asosiy ro`l o`ynasa, maktabgacha ta`lim muassasasining hissasi ham bu borada muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois mamlakatimisda aynan maktabgacha ta`lim uzluksis ta`lim tizimining ajralmas bo`lagiga, ta`bir joiz bo`lsa, uning debochasiga aylangan. Shu ma`noda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 – yl 30- dekabr kuni matbuotda elon qilingan “ 2017 – 2021 “ yillarda maktabgacha ta`lim tizimini yanada takomillashtirish chora – tadbirlari to`g`risida” gi qarori ushbu tizim faoliyatini yangi bosqichga ko`tarish, sohani bugungu kun talablari darajasida modernizatsiya qilishga hizmat qilishi shubhasiz. Bu borada, ayniqsa, maktabgacha ta`lim muassalariga tizimni rivojlantirish, bolalarni maktabgacha ta`lim muassasalariga jalb etish, maktabga tayyorlash masalari ta`lim sohasidagi davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biri deb qaraladi. Mamlakatimizda barkamol avlodni tarbiyalash uchun, eng avvalo, qulay tashkiliy – huquqiy sharoitlar yaratildi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan mazkur sohadagi islohatlar ischil
davom ettirilib, maktabgacha ta`lim muassalari tarmog`ini hozir zamon talablari standartlari asosida rivojlantirish, ularni rekonstruksiya va modernizatsiya qilishga qaratilayotgan e`tibor zamirida ham kelajagimiz egalarining hech kimdan kam bo`lmay ulg`ayishlarimhamda buyuk ajdodlarga munosib voris bo`lib voyaga yetishtirishlarini ta`minlashdek ezgu maqsad mujassam.
Jumladan, davlatimiz rahbarining qarori tasdiqlangan Maktabgacha tizimini yanada takomillashtirish bo`yicha 2017 – 2021 yillarga mo`ljallangan dasturga keng ko`lamli strategik maqsadlar, muhim vazifalar belgilangani bilan ahamiyatlidir. Hususan, hujjatda bugungi kundagi hayotiy talab va ehtiyojlar,sohada yechimini kutayotgan masalalar hamda hali ishga solinmagan imkoniyatlar hisobga olinganligi barchamizni quvontiradi.
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida” gi qonuni ta’lim tizimining mazmunini takomillashtirish, ona tilini o‘qitishni yanada yaxshilash, ona tilida so‘zlarni nutqda to‘g‘ri qo‘llash kabi vazifalarni belgilab berdi.
Ma’lumki, ona-tili ta’limining maqsadi, vazifalari, avvalo, tilning jamiyatdagi vazifalari, inson hayotida tutgan o‘rni bilan belgilanadi. Chunki til jamiyat a’zolarining o‘zaro aloqa vositasi bo‘lib, insonning fikrlashi, o‘z ichki kechinmalarini ifodalash vositasidir.
Shuning uchun ham ta’limning barcha bosqichlarida ona tilidan ta’lim berish; ona tili ta’limiga qo‘yilgan davlat talablaridan kelib chiqgan xolda amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’limda ona tili ta`limiga qo‘yilgan talablardan biri bolalar nutqini o‘stirish, o‘z fikr, istagini aniq, tushunarli, mazmunli bayon etishga o‘rganishi, bolalar so‘z boyligini oshirish, maktabgacha ta’limning oxirida 3000 dan ortiq so‘zni bilish, tushunishi va nutqda qo‘llash malakalarini shakllantirishdan iboratdir. Chunki yoshlikdan boshlab bolalarni fikrlashi, tafakkuri; ona tilida o‘z fikrini bayon etishi ona tilini amaliy o‘rganishdan iborat bo‘lib, bola shaxsini shakillantirishda muhim ahamiyatga ega.
Shuning uchun xam “ Kadrlar tayyorlash millliy dasturi” ga ko‘ra maktabgacha ta’lim tizimida bolalarni ona tilida so‘zlash, o‘z fikrini aniq bayon etish, boshqalar fikrini tinglashga o‘rgatib boriladi, bolalarda ona – tiliga xurmat, tildan to‘g‘ri fodalanish , nutq odobiga rioya qilish kabi nutqiy malakalarni shakllantirib boriladi.
“ Demokratik jamiyatda bolalar, umuman, har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi. Agar bolalar erkin fikrlashni o‘rganmasa berilgan ta’lim samarasi passiv bo‘lishi muqarrardir. Albatta bilim kerak. Ammo bilim o‘z yo‘liga. Mustaqil fikrlash ham katta boylikdir” ( I.A.Karimov )
Yuqoridagi fikrdan ko‘rinib turibdiki maktabgacha yoshdan bolalarni erkin fikrlashi, nutqda so‘zni o‘rinli qo‘llay olishi, o‘z nutqining mazmunini to‘g‘ri tuzishi ona tilini o‘rganishi asosiy omil hisoblanadi.
Ma’lumki, maktabgacha ta’limda bolalar nutqini o‘stirish, o‘z fikrini mazmunli, tushunarli bayon etishga o‘rgatish, nutqda so‘zni to‘g‘ri qo‘llash, nutq odobini egallashni tarbiyalash kabi serqirra vazifani bajaradi. Ya’ni go‘zal ahloq, insonparvarlik kabi xislatlar ona tili orqali bolalarga singadi. I. A. Karimov “Ona tilining mohiyati unga muhabbat tuyg‘usining ahamiyati haqida fikr yuritib, jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi”.
Ona tili bu – millatning ruhidir. “O‘z tilini yo‘qotgan har qanday millat o‘zligidan judo bo‘lishi muqarrar.” – deb ta’kidlaganlar.
Yuqoridagi fikr shuni ifodalaydiki, ona- tili Respublikamizdagi uzliksiz ta’lim tizimining asosiy o‘quv predmeti hisoblaniladi.
Maktabgacha ta’limda ona- tilini o‘rgatish bolalar nutqini o‘stirish, tovush, so‘z, gapni farqlash, ularni aniq va to‘g‘ri talaffuz qilishga o‘rganishi bilan amalga oshiriladi, u quyidagi vazifalarni bajaradi:
Bolalar so‘z boyligini oshirish, lug‘atini boyitish.
Maktabgacha yoshdagi bolalar bog‘lanishli nutqini o‘stirish, nutqning aloqa vositasi ekanligini amaliy o‘rganish, diologik va monologik nutqni shakllantirish.
Nutqning grammatik jixatdan to‘g‘ri rivojlantirish, bolalar nutqidagi xatolarni bartaraf etish.
Nutqning tovush tomonini tarbiyalash, nutq tovushlari, so‘z, gapni to‘g‘ri aytishga o‘rgatish.
Maktabgacha ta’limda badiiy adabiyotlar bilan tanishtirish, ularda badiiy nutqni o‘stirish, ifodali, obrazli nutqni shakllantirish.
Maktabgacha ta’limda tevarak - atrof bilan tanishtirish, ularda tevarak – atrof, ona Vatanga muhabbatni, vatanparvarlikni tarbiyalash, milliy mafkura qirralarini yoshiga mos xolda singdirish.
Ushbu vazifalar maktabgacha ta’limda bolalar nutqini o‘stirish, aniq, ravon so‘zlashga o‘rgatish, ravon, to‘g‘ri, mazmunli so‘zlashishini tarbiyalaydi.
Chunki, nutq fikr, his- tuyg‘uning ifodasi bo‘lib, til birliklaridan tashkil topadi, nutq jarayonida, nutqiy munosabatda namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham qadimdan inson so‘zi, nutqiga bo‘lgan me’yoriy talablar yuqori bo‘lgan. “Qobusnoma” asarida: “Hamma xunardin so‘z hunari yaxshidir” deb nutqning mohiyatiga ta’rif berganlar.
Ey farzand, bilgilki hamma hunardin o‘z hunari yaxshi. Abduraxmon Jomiy:
Kimki so‘zni qadrlasa har qachon.
O‘z— o‘zini qadrlagay begumon,
deyishi bilan so‘z, nutqni egallash, nutq madaniyatining asosiy mezoni deb hisoblangan.
Mukammal shakllangan nutq so‘zlovchi va tinglovchining nutqiy barkamolligini, tafakkurini, fikrni ifodalash madaniyatini ifoda etgan.
Demak, insonning ma’naviy kamolotida til, nutq, so‘z, fikr muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun ham har bir fanda bo‘lgani kabi nutq o‘stirish metodikasi jamiyat taraqqiyotida til, nutq, so‘zning ahamiyati, undan foydalanish metodlarini ishlab boradi, nutqning komil inson tarbiyasidagi o‘rnini, ahamiyatini ifodalaydi. Chunki, nutq insongagina berilgan faoliyatdir. Shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida” gi qonunida o‘zbek tilini jamiyatdagi ahamiyati, o‘rni, inson hayotidagi vazifalarini ifoda etgan.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga ko‘ra maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’limning birinchi bosqichi hisoblanib, 3 yoshdan 6-7- yoshgacha davrni o‘z ichiga oladi. Maktabgacha ta’limda bolalar nutqini o‘stirish asosiy vazifa hisoblanadi.Chunki nutq – fikr, his - tuyog‘u ifodasi bo‘lib, til o‘z vazifasini nutq jarayonida bajaradi. Bu esa tilni o‘rgatish, bolala nutqini o‘stirish orqali ona—tilidi fikrlash, so‘zlash, o‘z fikrini erkin bayon etish imkoniyatini beradi. Ushbu imkoniyat esa O‘zbekiston Konstitutsiyasida 29 – modda bilan belgilangan: “ Har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligiga egadir” degan modda bilan kafolatlangan.
Demak maktabgacha ta’limda nutq o‘stirish bolalarga ona tilining o‘ziga xos joziba va go‘zallilarini bolalar qalbiga singdirish, ularni ona tilidi mustaqil, erkin fikrlashini rivojlantirish vazifasini bajaradi, bolalarni maktab t’limiga tayyorlaydi.
Natijada bolalar maktabgacha yoshdan boshlab ona tilini o‘rganish orqali Prezidentimiz so‘zlari bilan aytganda mustaqil fikrlaydigan, o‘z aqli, tafakkuri, o‘z mehnati, o‘z mas’uliyati bilan ongli tarzda ozod va xur fikrli inson bo‘lib yashaydigan kishilar bo‘lib etishadi. Ona – tilini hurmat qilishni o‘rganib boradi, bolalar o‘zligini anglab boradilar.
“ Ilk qadam” tayanch dasturiga ko‘ra nutq o‘stirish maktabgacha ta’limda bolalarning nutqiy rivojlanish, tafakkurini rivojlantirish talablari asosida olib boriladi, ularni maktab ta’limiga tayorlaniladi.
Maktabgacha ta’limda nutq o‘strish bolalar ta’lim—tarbiyasiga, nutqiy rivojlanishiga qo‘yilgan talablarga ko‘ra turli metod va usullardan foydalaniladi. Shuning uchun, bolalar nutqini o‘stirishda suhbat, o‘qib berish, hikoya qilib berish, so‘z metodlari bilan birga turli xil didaktik o‘yinlar orqalinutq o‘stirish ham muhimdir. Chunki, maktabgacha ta’limda bolalarning asosiy faoliyati o‘yindir.
Bolalar o‘yin jarayonida o‘zaro fikrlashadi, o‘zaro bahslashadi, turli ro‘llarni bajaradilar. Ushbu jarayonlar bolalarning o‘zaro muloqot, fikrlashish, birga bajarish, bir—birining fikrini tinglash va qo‘llab – quvvatlash, tushuntirish kabi faoliyatlarni bolalarning o‘zlari bajarishini ta’minlaydi. Demak, o‘yinda bola mazmunni ham, so‘zni, gapni, foliyatni ham o‘zi bajaradi. Ushbu faoliyatlar o‘zaro uyg‘unlashadi ya’ni bolada eshitish, so‘zlash, bajarish, tinglash, gap uchun so‘z tanlash, fikrni tuzish, uni boshqalarga etkazish kabi faoliyatlar rivojlandi, nutqni egallaydi. Shuning uchun ham maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar faoliyatini 60 – 80 foizi o‘yin faoliyatidir.
Biz BI mavzusining amaliy jihatlarini o‘rganish maqsadida maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar faoliyatini kuzatdik. Kuatishlar shuni ko‘rsatdiki bolalar o‘yin jarayonida ko‘proq narsalarni o‘rganadi, o‘rganganlarini eslab qoladi, nutqni egallash ishtiyoqi ortib boradi.
Maktabgacha ta’limda bolalarning asosiy faoliyati o‘yin bo‘lib, u orqali bolalarda shaxs sifatlari shakllanadi.
O‘yin qadimdan tarbiyaviy zarurat hisoblangan, ajdodlarimiz faoliyatidan biri bo‘lib, o‘yin orqali ovchilik, dehqonchilik ishlari aks ettirilgan, kattalar mehnatiga taqlid qilish o‘yin orqali amalga oshirilgan.
Tarixiy manbalarda aytilishicha nafaqat bolalar, kattalar, amaldorlar ham nard, shatranj o‘yinlarini bilishi lozimligi aytiladi.
Masalan Mahmud Qoshg‘ariyning “ Devoni lug‘atit –turk” asarida, Yusuf Xos Xojibning “ Qutadg‘u – bilig” asarida amaldorlar chovgon, nard, shatranj o‘yinlarini bilishlari lozimligi aytilgan.
Tarixiy manbalarning xabar berishicha miloddan 40—41 ming yilar ilgari mehnat o‘yinlari masalan, gul bayrami sada, mehrjon, Navro‘z bayramlarida “ Ashshadaroz” , “ Chiqon o‘yini” o‘ynalgan, folklor teatri tashkil etlgan. Xalq oqsoqollari tomonidan poyga, uloq, kurash, xo‘roz, echki, qo‘y o‘ynatuvchilar o‘yinlari, qo‘g‘irchoq o‘yinlari namoyish etilgan. ( Oysha Musurmonova “ Ma’naviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi” T. 1996y. 88-89 betlar.)
Demak o‘yin uzoq tarixga ega bo‘lib, jamiyat hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan, u ovchilik, dehqonchilik ishlarini aks ettirgan, kishilarning mehnat qilish istagi orqali yuzaga kelgan. Shuning uchun ham o‘yin faliyatida bola avval kattalarga taqlid qilishidan biror narsani, buyumni o‘ynashdan boshlanib ijtimoiy hodisa hisoblanadi.
K. D. Ushinskiy fikricha o‘yin bolalarni mehnatga tayyorlaydi. Ijtimoiy hayotning o‘zgarishi bilan o‘yin ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan ongli faoliyatga aylanadi, ya’ni bolalarda o‘quv—biluv faoliyati shakllana boradi, bolalarda bilimga intilish kuchayadi.
Demak, o‘yin maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsini shakllantirish, tevarak—atrof haqidagi tasavvurlarni rivojlantirish, jismonan sog‘lomligi aqliy jihatdan rivojlanishini ta’minlovchi omil bo‘lib hisoblanadi.
Shuning uchun ham o‘yin ilk yoshdan boshlab o‘rgatiladi. Bu yoshda bolalarning o‘yini narsa – buyum asosidagi faoliyat hisoblanadi. Bolalar turli o‘yinchoqlarni o‘ynash orqali uni idrok qiladi, o‘yinchoq nomini bilib oladi, buyumlarni nimaga ishlatilishini aks ettiradi. Masalan, qo‘g‘irchog‘iga piyolada choy beradi, unga ovqat egizadi, qo‘g‘irchoqni allalaydi uni kravotga yotqizadi.
O‘g‘il bolalar shofyor bo‘lib mashinani o‘tatadi uni yurgizadi, unda yuk tashiydi ya’ni qum o‘yinchoqlarni bir joydan ikkinchi joyga olib boradi. Bu xil faoliyatlar o‘yinning ta’lim beruvchi vazifasini belgilaydi, o‘yin orqali bolalar kattalar mehnatini, turli faoliyatlarni aks ettiradi. Demak o‘yin maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar hayotida, maktabgacha ta’limda bolalar tarbiyasini tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Biz “ Uchinchi ming yillikning bolasi” tayanch dasturi talablaridan kelib chiqgan holda o‘yinning maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim—tarbiyasida tutgan o‘rni, o‘yin orqali nutq o‘stirish, bolalarni rivojlantirish va tarbiyalash masalalarini yoritish, bolalar shaxsini rivojlantirishda o‘yinning mohiyati, ular nutqini o‘stirishning asosiy omili ekanligini bilish B Ish darajasida yoritishni maqsad qilib oldik. Ushbu vazifani amalga oshirishda o‘yinning qadimiy milliy qadriyat sifatida va zamonaviy o‘yin turlarini ta’limga joriy etishga ahamiyat qaratdik.
Buning uchun esa, avvalo, maaktabgacha ta’limda bolalar o‘yinlarini o‘rganish, o‘yinning turi, mazmuni, bolalarning o‘yinga qiziqishlarini aniqlashga, aynan ko‘proq qaysi o‘yinlarda bolalar faol ishtirok etishi, o‘yin orqali nimalarga erisha olishi kabilarni kuzatdik.
Kuzatish ishlari Qo‘qon shahar XTBga qarashli 21—bolalar bog‘chasida o‘tkazildi, unda quyidagilar belgilab olindi:
Maktabgacha ta’limda bolalar o‘yinlari ta’limning asosiy vositasi hisoblanadi, bolalar bilan ko‘plab didaktik o‘yinni tashkil etish orqali bolalar nutqini shakllantirish
O‘yin orqali bolalar kattalarning faoliyatlarini namoyon etadi, katta kishi obrazini yaratish.
O‘yin bolalarning aqliy, ahloqiy, jismoniy rivojlanishini, qiziqishlarini aniqlash imkonini beradi.
Bolalar o‘yinlari aqliy rivojlanishni, diqqat xotirasini faolashtiradi, ularda tafakkur rivojlanadi.
Yuqoridagilar asosida biz BI ishning maqsad vazifasini, maktabgacha ta’limda bolalar o‘yinlari orqali nutq o‘stirish muhimligiga ishonch hosil qildik.
Tanlangan mavzuning mazmun mohiyatini aniqlashda o‘yinning nutq o‘stirishdagi ahamiyatiga, uning qo‘llanish turlariga diqqqat qildik. Turli yosh guruhda nutq o‘stirishda eng quay metodlarni aniqlashga harakat qildik. Bu o‘rinda didaktik va rivojlantiruvchi o‘yinlar ahamiyati muhimligiga ishondik.
Chunki bola o‘yinda o‘z shaxsiy faoliyatini tashkil etadi, o‘yin jarayonida yuzaga yuzaga kelgan muammolarni mustaqil hal etadi. O‘yinda bola o‘z o‘rni, vazifasi, burchini aniqlab oladi.
Chunki buyuk pedagog Suxamlinskiy aytganidek “ Bolalarda ichki kuch va ruhiy kechinmalar rivojlanadi, boshqalarni tushunish, u bilan zavqlanish tarbiyalanadi.” Shuning uchun ham pedagogika va metodikada o‘yin bolalarni rmvojlantirish, tarbiyalash vositasi sifatida qaraladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |