Tarbiyachilar uchun uslubiy qo`llanma Qo`qon 2021


II – 2. Maktabgacha ta`limda rivojlantiruvchi o‘yinlarni tashkil etish metodlari



Download 360,71 Kb.
bet7/10
Sana06.01.2022
Hajmi360,71 Kb.
#325395
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Akbarova Yoqutxon

II – 2. Maktabgacha ta`limda rivojlantiruvchi o‘yinlarni tashkil etish metodlari
Maktabgacha ta’limda bolalarning sog‘lom, baquvvat bo‘lishi, bolaning aqliy, ahloqiy va nutqiy jihatdan rivojlanishi muhimdir. Ya’ni bolalarning jismonan sog‘lom, baquvvat bo‘lishi, eshitish, ko‘rish a’zolaring sog‘lom bo‘lishi bolaning aqliy jihatdan rivojlantirish muhim vazifa hisoblanadi. Chunki bolalarning aqliy rivojlanishi ularning so‘z boyligidan foydalanishi, eshitganlari, ko‘rganlarini gapirib berish, narsa va buyum, o‘yinchoqlarni kuzatish, rivojlantiruvchi o‘yinlar yordamida amalga oshiriladi.

Bolalar aqliy intelektini rivojlantiruvchi o‘yinlarning asosiy maqsadi bolalar so‘z boyliklaridan faol foydalanish, eshitgan, ko‘rganlarini xotirlash, o‘zaro o‘yinda bolalarning ishtirokchilik mahoratini oshirish, bolada tasviriy – ijodiy faoliyatini o‘stirishni talab etvdi. Ya’ni o‘yin bolalarda xotirani rivojlantirishi muhimdir.

Intellektual o‘yinlar bolalarning eng sevgan o‘yini bo‘lib, bolalarning diqqatini, xotira va ijodiy tafakkurini rivojlantiradi.

Ayniqsa, “O‘xshashini top”, “So‘zlar juftini top”, “Uy quramiz”, “Suratni tasvirla”, “Qo‘g‘irchoqni sayrga olib boramiz” kabilar muhimdir. Bunday o‘yinlarda bolalarning ko‘rganlarini xotirlash, so‘zlar yordamida gap tuzishga o‘rgatishga ahamiyat beradi. Masalan, tarbiyachi yakka rasmlarni doskada pastga qaratib teradi ,bolalar rasmdagi birinchi so‘zga mos rasmlarni topib teradi, ular nomini aytadi. Masalan, birinchi rasma mushuk rasmi turgan bo‘lsa, bolalar unga mos uy hayvonlari rasmini doskaga tartib bilan terish yoki rasm ifodalagan so‘ga mos keladigan so‘zlarni aytishi lozim bo‘ladi.



    1. – bolalar anor, shaftoli, behi, uzum rasmlarini teradilar, ular nomini aytadilar, so‘zlar ishtirokida gap tuzadilar.

-- qo‘y, --sigir, buzoq, echki, ot kabi so‘zlarni aytadi.

-- avtobus – yuk mashinaengilmashina

-- do‘ppi – ro‘mol, ko‘ylak, kastyum

* -- mushuk – it, kuchuk

-- ot – qo‘y, mol, sigir, echki, buzoq

-- kitob – daftar, qalam, ruchka

2. Ortiqcha so‘zlarni aniqlang: olma, uzum, nok, behi, olcha, gilos, tarelka, qoshiq.

-- daftar, qalam, ruchka, qovun, sabzi

3. Mazmunni yodda saqlab qoling va ayting:

-- Qizil shapkacha: bolalar ertak mazmunini eslab aytib beradi.

-- Yozda – yozdagi o‘yinlarni bolalar mehnat haqida xotirlab so‘zlaydi.

-- Bu nima? – savoliga javob beradilar.

4. O‘yinni qanday o‘ynaymiz? Topchi bu nima? Kimga nima kerak? – Qushchalarga don kerak kabi javob beradilar.

Ma’lumki, “ma’rifatga intilish xalqimizning azaliy fazilatidir” -- deb ta’kidlay Prezident I. A. Karimov. Mustaqillik yillarida ushbu fazilat yanada yorqin namoyon bo‘lmoqda, yoshlarimiz o‘z huquqi, burchini anglagan holda o‘z qiziqishi, xohishiga ko‘ra bilim va hunar egallash imkoniyatiga ega bo‘ldi, o‘z fikri, bilimini erkin ifodalash, aql—tafakkuri, qobiliyati va iqtidoriga ko‘ra aniq maqsad sari intilmoqdalar.

Maktabgacha ta’limda nutq o‘stirish bolalarning kattalar bilan o‘zaro nutqiy muloqoti, nutq o‘stirish mashg‘ulotlari, bolalarning turli faoliyatlari jarayonida amalga oshiriladi, ularni maktabga tayyorlashga doir rivojlantiruvchi o‘yinlar ham tavsiya etiladiki, ular bolalarning tafakkuri, mantiqiy fikrlashini rivojlantiradi, bolalarni maktabga tayyorlaydi. Shuning uchun hamtarbiyachi ayniqsa, katta tayyorlov guruhlarida mantiqiy rivojlantiruvchi mashqlardan, o‘yinlardan foydalanish muhimdir

Biz BI shni jarayonida bog‘chaning katta va tayyorlov guruhlarida quyidagi rivojlantiruvchi o‘yinlardan foydalandik.



  1. Qo‘g‘irchoqlarni kiyintiramiz. Katta guruhda stol ustiga bir nechta qo‘g‘irchoqlarni qo‘yib, ularni fasllarga qarab kiyintirishni topshirdik. Bolalarga qo‘g‘irchoqlarga ism qo‘yishni aytdik. Ular o‘zi tanlagan o‘yinchoqqa ism qo‘ydilar, o‘z qo‘g‘irchog‘ini qanday kiyintirishni aytdilar. Masalan, men Ra’no qo‘g‘irchog‘imga qishki kiyim kiydirmoqchiman.

Men Botirga kuzgi kiyim kiydirmoqchiman, chaqirilgan to‘rtala bola qo‘g‘irchoqlarni kiyintirdi. Bolalar ularni kuzatdilar bajarilgan ishlarni tasvirladilar.

Masalan, Ra’no qo‘g‘irchog‘iga qishki kiyim kiydirdi. Bunda paltodan oldin ro‘molni o‘ratdi , oldin paltoni kiydirish keyin oyoq kiyimini kiydirish kerak. Oxiri ro‘molni o‘ratish kerak kabi o‘yinlar bolalar tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etuvchi qadimiy o‘yinlar bo‘lib, bolalar o‘yin orqali narsa – buyum uning belgilarini nimadan ishlangani, nimaga ishlatilishi kabi xususiyatlarni o‘yin orqali egallaydi, bolalarda mantiqiy fikrlash, tafakkur rivojlanadi. Shuning uchun ham rivojlantiruvchi o‘yinlar maktabgacha ta’limda muhim o‘rin egallaydi. Ayniqsa, biz yuqorida keltirgan intellektual o‘yinlar, tafakkurni rivojlantiruvchi o‘yinlar, xotirlash, eslash, o‘xshatish kabi o‘yinlarning ahamiyati kattadir. Masalan, “avval nima edi”, “So‘zga mos so‘zni ayt”, “mazmunni yodda saqlab qol”, “ kimga nima kerak?” kabi o‘yinlar bolalarning xotirlashi, tafakkuri bilan bog‘liq bo‘lib, ularda eslash, xotirlash, esga tushurish kabi aqliy faoliyatini shakllantiradi.

O‘yin qiziqarli va bolalarning kuzatish, fikrlash va ifodalash malakalarini mustahkamlashga, mazmunli, tartibli so‘zlashga o‘rgatdi, bog‘lanishli nutqini o‘stirishga yordam berdi.

Shuningdek biz 6 – 7 yoshli bolalarni maktabga tayyorlashga yordam beruvchi quyidagi o‘yin – mashqlardan ham foydalandik.



  1. Masalan, ma’noni birligi so‘zga yaqin so‘zlarni aniqlang: oshpaz – oshxona, idish tovoq, kapgir tesha.

Bog‘cha – bola, tarbiyachi, o‘yin o‘qish, yozish.

  1. So‘zni davom ettir: doskaga olma rasmi ilib qo‘yiladi..tarbiyachi olmaga yaqin so‘zlarni aytishni talab etadi.

Olma – anor, behi, uzum,...

  1. Shaklidan nima yasash mumkin?



Shaklidan nimalar yasay olasan?

Rivojlantiruvchi o‘yinlar maktabgacha ta’limda keng qo‘llanadi, ayniqsa, bolalarni maktabga tayyorlashda muhim ahamiyatga egadir.

Biz BIshni tayyorlash jarayonida bolalar bilan olib borgan tajribalarimizda didaktik va rivojlantiruvchi o‘yinlardan foydalandik va o‘yin bolalar hayotining eng mazmunli jarayoni ekanligiga ishonch hosil qildik.

Chunki o‘yinda bolalarning qiziqishi, ijro etish, bajarishga intilishi ortadi. Bu xususiyat bilimga intilishni kuchaytirish bilan birga, o‘zaro inoq tartibli bajarish, nutqni egallash, nutq uchun so‘z tanlash malakalarini shakllantiradi.

Bolalar o‘yinda faol ishtirok etishga intiladi, bir – birini qo‘llab –quvvatlaydi.


Mavzu: Nutqning grammatik tuzilishini shakllantirish “Rasmni tasvirla” didaktik o`yini.

Maqsad: Bolalarni gapda kelishik qo‘shimchalarini to‘g‘ri ishlatishga o‘rgatish. So‘zlarda tovushlarni to‘g‘ri talaffuz etishni mustahkamlash.

Mashg‘ulot uchun material: Ranli rasmlar: olma, nok, shaftoli, uzum, ko‘ylak, shashka, sochiq, piyoz, chelak, choynak, deraza, eshik, uy, g‘ildirak, velosiped, sabzi, karam, tarvuz va hokazo.

Mashg‘ulotning borishi: Tarbiyachi rasmlarni teskari tomoni bilan stol ustiga terib chiqadi va bolalarga shunday deydi: Bolalar mening stolim ustida rasmlar bor. Ular teskari tomoni bilan terib qo‘yilgan. Men kimni chaqirsam, u stolim yoniga kelib bitta rasmni oladiva uning nomini, rangini, qaerda etishtirilishini, tayyorlanishini, u nima uchun kerakligini aytib beradi. Tarbiyachining o‘zi namuna tariqasida stol ustidan bitta rasmni olib uni tasvirlaydi. Bu olma. Uning rangi qizil. U bog‘larda etishtiriladi. Biz uni eymiz. Sungra tarbiyachi bolalarni navbat bilan chaqiradi.

Tarbiyachi: Axmad sen chiqib stol ustidan bitta rasmni ol. Sen nimaning rasmini olding.

Axmad: Nokning.

Tarbiyachi: U qanday rangda?

Axmad: Nok sariq rangda.

Tarbiyachi: Uni biz nima qilamiz?

Axmad: Uni biz eymiz.

Tarbiyachi: U qaerlarda etishtiriladi?

Axmad: Bog‘da.

Shu tariqa bolalarni navbatma – navbat chiqarib, o‘yinni davom ettiradi.

Mashg‘ulotni meva va sabzavotlar haqidagi topishmoqlarni aytish va uni topish bilan tugallaydi.

Tarbiyachi: Bu rasmlarning ichida shaftoli, uzum, sabzi, piyoz, karam, tarvuz, chelakrasmlari bor. Siz bu rasmlarni rasmlarni juda to‘g‘ri tasvirlab berdingiz. Sizlar ular haqida topishmoqlar ham bilasiz. Hozir birgalikda shu meva va sabzavotlar xaqidagi topishmoqlarni aytamiz va uni topamiz. Xozir men bitta topishmoq aytaman:

O‘zi shirin, tukligina

Mazali ham totligina (shaftoli)

Endi sizlar topishmoqlar aytasiz, deb tarbiyachi topishmoq aytishni istagan boladan so‘raydi, boshqalarga esa bu topishmoqning javobini topishni taklif etadi.




Download 360,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish