Tarbiyachilar uchun uslubiy qo`llanma Qo`qon 2021


I – bob. Maktabgacha ta’lim muassasalarida didaktik va rivojlantiruvchi o‘yinlar orqali nutq o`stirishning nazariy asoslari



Download 360,71 Kb.
bet3/10
Sana06.01.2022
Hajmi360,71 Kb.
#325395
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Akbarova Yoqutxon

I – bob. Maktabgacha ta’lim muassasalarida didaktik va rivojlantiruvchi o‘yinlar orqali nutq o`stirishning nazariy asoslari .

I – 1. Adabiyotlar tahlili.

Nutq yaxlit faoliyat va nonutqiy harakatga qo‘shilgan nutqiy harakat kabi til orqali bog‘langan tarixan shakllangan muloqot shakli sifatida ko‘rib chiqiladi (L.S.Vigotskiy, A.N.Leontev, A.A.Leontev, I.A.Zimnyaya).

Nutqiy faoliyat ta’lim ob’ekti sifatida til vositasida shaklantirilgan va ifodalangan, muloqot jarayonida insonning kommunikativ-bilish ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan fikrlarni (irodani, hissiyotlar ifodasini) berish va (yoki) qabul qilishning faol, aniq maqsadga yo‘naltirilgan, motivatsiyalangan, predmetli (mazmunli) jarayonidir.

Maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqiy faollikni shakllantirish masalalarini nutqiy faoliyat nazariyasi asosida tadqiq etish maktabgacha ta’limning nazariyasi hamda amaliyoti uchun dolzarb va ahamiyatli hisoblanadi.

Nazariy va amaliy ishlar shundan dalolat bermoqdaki, nutqiy faoliyat motivatsiyasini boyitish bolalar nutqini rivojlantirish borasidagi ishlarning samaradorligini oshiradi (F.A.Soxin, E.M.Strunina, A.M.Borodich, M.R.Lvov va boshq.).

Linvistika, psixolingvistika, psixofiziologiyaga oid zamonaviy tadqiqotlarda nutq semantikasi masalalariga katta e’tibor qaratilmoqda (T.N.Ushakova, E.M.Strunina, A.M.SHaxnorovich va boshq.).

Nutqiy faoliyat mexanizmlarini o‘rganuvchi psixofiziologik tadqiqotlar fanning istiqbolli yo‘nalishi hisoblanadi (T.N.Ushakova, T.P.Xrizman va boshq.).

XX asrning so‘nggi o‘n yilligida lingvistlar, psixologlar tomonidan «til qobiliyatlari» muammosi faol muhokama qilindi (F. De Sossyura, L.V.Щerba, J.Grin, V.I.Makarova va boshq.). Til qobiliyati deganda til tizimini o‘zlashtirib olishda malaka va ko‘nikmalarni jadal shakllantirishga ko‘maklashadigan o‘ziga xos xususiyatlar tushuniladi.

Psixologik hodisa sifatida insonning nutqiy qobiliyatining to‘liq konseptual modelini qurishga nutqni psixologik tadqiq etishning istiqbolli vazifalaridan biri sifatida qaraladi (T.N.Ushakova). Modelda faxmlab etilgan axborotni nutq yordamida uzatish, ya’ni nutqiy semantika muammosi; bunda grammatik qoidalardan foydalanish, ya’ni tilni ishga solish; akustik kanalni ishga tushirish imkoniyati; nutqdan muloqot va ijtimoiy aloqa vositasi sifatida foydalanish; ushbu barcha hodisalarni miya harakatiga muvofiq holda tavsiflash kabi hodisalar o‘z izohini topishi lozim.

Nutqiy rivojlanish jarayonini A.N.Leontev quyidagicha tavsiflaydi: «Nutqni o‘stirish va rivojlantirish jarayoni bola lug‘atining va so‘zlarning assotsiatsiya asosida bog‘lanishining ortishida ifodalanadigan miqdoriy o‘zgarishlar jarayoni emas, balki sifat jihatdan o‘zgarish jarayonidir, zero u fikrlash va ong rivojlanishi bilan ichki bog‘langan holda so‘zning barcha funksiyalari, tomonlari va aloqalarini qamrab oladigan haqiqiy rivojlanish jarayonidir».

O`zbekiston Rеspublikаsining «Tа’lim to`g`risidа»gi Qоnunidа аlоhidа tа’kidlаb o`tilgаnidеk, o`qitish jаrаyonidа ilg`or pеdаgоgik tехnоlоgiyalаrning qo`llаnilishi tа’lim sаmаrаdоrligining оrtishidа muhim o`rin tutаdi.

Mа’lumki, tа’limiy o`yinlаr hаm o`zining mоhiyati, mаzmuni jihаtidаn o`qitishning ilg`or usul-shаkllаridаn bo`lib, ulаrdаn mashg`ulоtlаr jаrаyonidа fоydаlаnish, tаrbiyalаnuvchi-o`quvchilаrning fаоlligi, mustaqillik, tаshаbbuskorlik, tеz fikrlаy оlishlik, o`z bilimigа ishоnch, izlаnuvchаnlik vа tоpqirlik kаbi sifаtlаrning shаkllаnishi vа tаrbiyalаnishigа оlib kеladi. Muhimi, ulаrdа o`qish-bilish mоtivlаrining rivоjlаnishigа imkоn bеrаdi. Shungа ko`rа, tа’limiy o`yinlаrni pеdаgоgik nuqtai-nаzаridаn shаrtli rаvishdа: tа’lim bеruvchi, mashq qildiruvchi vа umumlаshtiruvchi; bilishgа оid, tаrbiyaviy, rivоjlаntiruvchi; ijоdiy shаkllаrdа guruhlаsh mumkin.

Bu o`rindа shuni hаm аytib o`tish jоizki, hаr qanday usul, shаkl, vоsitаning shu jumlаdаn tа’limiy o`yinlаrning mashg`ulоtlаr jаrаyonidаgi sаmаrаsi ulаrdаn maqsadli hоldа o`z o`rnidа fоydаlаnishni taqozо etаdi.

Bizningchа, mashg`ulоtlаrdа tа’limiy o`yinlаrni qo`llаshdа quyidagi bosqichlаrgа аmаl qilinishi maqsadgа muvоfiq bo`ladi:

I. Tаyyorgаrlik bosqichi – bu bosqichdа tаrbiyachi, o`qituvchi mashg`ulоt mаtеriyаlining mаzmunidаn kеlib chiqilgаn hоldа mоs bo`lgan tа’limiy o`yinlаrni tаnlаshi, ulаrdаn fоydаlаnish tаrtibini bеlgilаshi lоzim.

II. Tаshkillаshtirish bosqichi – mаzkur bosqichdа tа’limiy o`yinni qo`llаshgа dоir vаziyatni yarаtish, tаrbiyalаnuvchi vа o`quvchilаrni tа’limiy o`yinning maqsadi, mаzmuni, shаrtlаri bilаn mukаmmаl dаrаjаdа tаnishtirish zаrur.

III. Ijrо bosqichi – so`zlаngаn maqsadgа muvоfiq tаrzdа tа’limiy o`yin tаshkil etilаdi. O`yin dаvоmidа tаrbiyachi-o`qituvchi boshqaruvchi vа nаzоrаt qiluvchi, tаrbiyalаnuvchi-o`quvchilаr esа fаоl ishtirоkchi sifаtidа qatnashаdilаr.

IV. Yakuniy bosqich – ushbu bosqichdа o`yin nаtijаlаri umumlаshtirilаdi, fаоllik ko`rsatgаn tаrbiyalаnuvchi o`quvchilаr rag`batlаntirilаdi.

Mаzkur uslubiy qo`llanmаdа bоlаlаr bоg`chаsining mаktаbgа tаyyorlоv guruhlаri hаmdа boshlang`ich sinflаrdаn nutq o`stirish, mаtеmаtik tаsаvvurlаrni shаkllаntirish, tаbiаt, аtrоf - olam bilаn tаnishtirish, jismоniy hаrаkаt kаbilаrgа dоir bir nеchtа tа’limiy o`yinlаr (maqsadi, mаzmuni vа o`tkazilish tаrtibi) o`z ifоdаsini tоpgаn.

O`ylаymizki, ulаrdаn mashg`ulоtlаr jаrаyonidа fоydаlаnish tа’lim-tаrbiyaviy аhаmiyatgа mоlik bo`ladi.

O`zbekistonda amalga oshirilayotgan siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy islohotlar mamlakatni rivojlantirishning asosiy maqsadi – mamlakatimizda ta’lim tizimini takomillashtirish va uni hozirgi zamon talablariga moslashtirish, zamonaviy informatsion texnologiyalarga asoslangan, jahon andozalari darajasidagi tizimni yaratish davlat siyosatining muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi.

“Ta’lim to`g`risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning hayotiyligini ta’minlash, ta’lim tizimini tubdan isloh etishni taqozo etuvchi muhim hujjat hisoblanib, milliy dastur ta’lim tizimida o`ziga xos, o`ziga mos yangicha yondashuvni, yangicha uslubni va yangi kasb mahoratini talab etadi.

“Agar bolalar erkin fikrlashga o`rgansalar berilgan ta’lim samarasi sifatli bo`lishi muqarrar. (I.A. Karimov) Buning uchun tarbiyachilarning bosh vazifasi: maktabgacha yoshdagi bolalarni Davlat talablari, Nizom, “Ilk qadam” dasturi asosida rejalashtirilgan dastur asosida ta’lim-tarbiya berishdir”.

Ta’lim-tarbiyaning bugungi kundagi asosiy vazifasi – o`sib kelayotgan bolalarni vatanparvar, zamonaviy bilim, ko`nikma va malakalarni o`zlashtirgan hamda jamiyatda o`z munosib o`rnini egallashga qodir bo’lgan – komillikga intiladigan barkamol avoldni voyaga yetkazishdir.

Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’limning alohida turi sifatida rivojlanib bormoqda.

Globallashuv va jamiyatni isloh etish sharoitida yangicha fikrlovchi shaxslarni tarbiyalash ta’lim tizimida ham jiddiy o`zgarishlar kiritishni talab etadi.

“Mamlakatimizning istiqlol yo`lidagi birinchi qadamlaridanoq, buyuk ma’naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon talablari bilan uyg`unlashtirish asosida jahon andozalari va ko`nikmalari darajasiga chiqarish maqsadiga katta ahamiyat berib kelinmoqda”.(

A. Karimov)Bolalarning o`sib-ulg`ayishiga maktabgacha bo`lgan davrni shular sirasiga kiritish mumkin. Bolalar ohangraboli olam hisoblanib, juda tez o`sish, rivojlanish va o`zgarishlar ichida yashaydilar. Bu farzand tarbiyasida aynan shu palla qanchalik ahamiyatli ekanini yana bir isbotidir.

Bolaning rivojlanishi, ruhiyati va ta’lim-tarbiyasidagi o`ziga xos davrlar, davrlarga monand o`zgarishlar, muammolar haqida hikoya qiladigan ushbu “Ilk qadam” dasturi nafaqat tarbiyachilar, balki, oilalar va ota-onalar uchun eng yaqin maslahatchi va sirdosh bo`la oladi.

Maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog`lom va yetuk, shu bilan birga maktabga tayyorlagan holda shakllantirish maqsadini ko`zlaydi.

“O`zbekiston Respublikasi “Ta’lim to`g`risida”gi Qonunning 11-moddasida: “Bu ta’lim 6-7 yoshgacha oilada, bolalar bog`chasida va mulk shaklidan qat’iy nazar boshqa ta’lim muassasalarida olib boriladi” – deb ta’kidlangan. Darhaqiqat, ta’lim-tarbiya qanchalik erta boshlansa, uning samarasi shunchalik erta namoyon bo`ladi va insonning butun hayot tarziga ijobiy ta’sir qiladi”.

Maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayonini tarbiyachilar tomonidan to`g`ri tashkil etilishi, mas’ul shaxslar tomonidan uni nazorat qilishning afzalligini ta’minlash, maktabgacha yoshdagi bolalar ota-onalarining oilada bola tarbiyasi bilan shug`ullanishi uchun qulaylik yaratish maqsadida “Ta’lim to`g`risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Maktabgacha ta’lim konsepsiyasi” hamda “Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo`yiladigan Davlat talablari”, “Ilk qadam” tayanch dasturi, “Tomchivoy” dasturi asosida ishlab chiqildi.

Dasturlar mazmun-mohiyati bilan bolalarning psixofiziologik kamol topish tamoyilidan kelib chiqib, ularning atrof-olamdagi voqea-hodisa, narsalarga munosabati hamda turli sohalar bilan aloqa qilishlarini nazarda tutadi.

“Ilk qadam” tayanch dasturi maktabgacha ta’lim tizimidagi barcha muassasalar uchun bajarilishi zarur bo`lgan dastur hisoblanadi.

Dasturning maqsadi: “Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo`yiladigan Davlat talablari” ning bajarilishiga erishishdan, ya’ni maktabga jismonan sog`lom, aqlan va ma’nan yetuk, jamiyatning turli a’zolari bilan muloqotda bo`la oladigan, borliqni aniq idrok etadigan, hayotga ijtimoiy jihatdan moslashuvchi, umummilliy qadryatlarimizni, mustaqil va ongli yashaydigan bolani tayyorlashdan iborat.

Dasturning vazifasi: bolalarni jismoniy, aqliy hamda ijtimoiy-hissiy jihatdan kamol toptirish va ularning sog`ligini muhofaza qilish, bolalarning erkin fikrlash, ijodiy qobilyatlarini rivojlantirish, axloqiy va ma’naviy jihatdan barkamol, shuningdek kelajakda mustaqil va ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish uchun shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir.

Maktabgacha ta’lim muassasasi dasturni amalga oshirishda har bir bolaga quyidagi sifatlarni rivojlantirishni maqsad qilib qo`ymog`i lozim:


  • ijodkorlik, tasavvur, zukkolik;

  • mustaqil fikrlash layoqatiga ega bo`lish;

  • muammolarni aniqlash va ularni hal etish yo`llarini topish;

  • jamiyat, mamlakatlar, atrof-muhit muammolariga befarq qaramaslik.

Ushbu dastur bolani shaxs sifatida shakllantirishda maktabgacha ta’lim tizimi muassasalari va mutaxassislari hamda oilalar, maktabgacha yoshdagi bolalar ota-onalari uchun xizmat qiladi degan umiddamiz.

Nutq genezisini bunday tushunish psixologik, pedagogik va linvistik tadqiqotlarda nutqiy rivojlanish jihatlarini o‘rganish uchun asos bo‘lib xizmat qildi.

XIX asrning o‘rtalaridan boshlab, nutq ontogenezi olimlarni qiziqtirib qoldi. K.D.Ushinskiy bolalarni ona tilida o‘qitishning zarurligini asoslab, bolalarga ona tilini dastlabki o‘qitish metodikasini ishlab chiqar ekan, bolalar tilni o‘zlashtirishlarining til bilan tafakkurning o‘zaro munosabatlarini falsafiy jihatdan chuqur anglash, o‘z-o‘zini rivojlantirish va o‘qitishga asoslangan xususiyatlari va qonuniyatlari borasida o‘z fikrlarini bildirdi.

Natijada bolalar nutqining paydo bo‘lishi va rivojlanishi ularning atrofdagi odamlar bilan muloqot jarayonlarida ro‘y beradi, degan qarashlar tizimi shakllandi. Bunda bola kattalarning nutq namunalarini sust ravishda qabul qilib olmaydi, balki u nutqni umuminsoniy tajribaning bir qismi sifatida faol o‘zlashtiradi.

A.A.Leontev L.S.Vigotskiy va A.N.Leontevning qoidalariga tayangan holda, asosiy faoliyat turi sifatida qaraydigan nutqiy faoliyat shakllanishi konsepsiyasini ishlab chiqdi. Uning qayd etishicha, bola nutqini rivojlantirish – bu eng avvalo, muloqot usullarini rivojlantirish bo‘lib, ularni o‘zlashtirish til qobiliyatini shakllantirishni talab qiladi.


Download 360,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish