II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija
HTTP://INTERSCIENCE.UZ/
89
materiali" sifatida xilma-xil tuzilgan so'zdan foydalanadi. Gap uchun qator sintaktik
xususiyatlar, shuningdek, tugallangan ohang ham xarakterlidir.
Kommunikativ funksiya tilning muhim xususiyati, asosidir. Bu funksiyani tilning xar bir
komponentga boshqa komponentlar bilan o'zaro bog'lanishda bajaradi. Har bir so'zga xos
bo'lgan tovush shakli kishilarga aloqa uchun imkoniyat yaratadi. Tilning lug'at boyligi,
leksikasi fikr ifodalash uchun xizmat qiladigan o'ziga xos qurilish materialidir.
Boshlang'ich sinflarda ona tilini o'qitish grammatika, imlo va unga bog'liq holda nutq
o'stirish metodikasinigina emas, balki xat-savod o'rgatish, sinfda va sinfdan tashqari o'qish
metodikalarini ham o'z ichiga oladi.[5]
Shulardan kelib chiqib, boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasi fani quyidagi
vazifalarni bajaradi: a) boshlang'ich sinflarda ona tili kursining mazmuni, hajmi va mavjud
tizimini, ya'ni kursning (xat-savod o'rgatish, o'qish, grammatika, imlo, nutq o'stirish va h.k.)
dasturini belgilash va asoslash; b) o'qish va yozuvdan bilim va ko'nikmalarning shakllanishi
jarayonini ham da bu jarayonda o'quvchilar duch keladigan qiyinchiiiklarni o'rganish,
xatolarning sababini tahlil qilish, ularning oldini olish va to'g'rilashga yordam beradigan ish
turlarini ishlab chiqish; d) ona tilidan beriladigan o'quv materialini o'quvchilar aniq tushunishi
va puxta o'zlashtirishiga, ularda olgan bilimlarini amaliyotda tatbiq eta olishga va o'quvchilam
ing umumiy taraqqiyotiga, ya'ni ularning zehnini, xotirasini, kuzatuvchanligini, yodda
saqlashini, mantiqiy tafakkurini, ijodiy o'ylashini, nutqini o'stirishga yordam beradigan metod
va vositalarni ishlab chiqish; e) ona tilini o'rgatish bilan bog'liq holda maktablar oldiga
qo'yilgan tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirish, o'quvchilarda axloqiy va estetik sifatlarni
shakllantirish.
Tilning lug'at tarkibi qanchalik boy bo'lsa ham grammatikasiz u o'lik hisoblanadi. Tilning
lug'at tarkibi o'z-o'zicha kommunikativ funsiyani bajarmaydi. Aloqa maqsadida xizmat qilish
uchun lug'at tarkibidagi so'zlar bir-biri bilan grammatik jihatdan o'zaro bog'lanib, gap tuziladi.
Mana shu tuzilgan ran opqali fikr ifodalanadi. Tilning har bir tomonining xususiyati undagi til
birliklarining o'ziga xosligida namoyon bo'ladi.
Ona tili o'qitish metodikasi ta'limning turli bosqichlarida o'quvchilarning bilim, ko'nikma
va malakalarini aniqlaydi, o'qishning muvaffaqiyati va kamchiliklarini belgilaydi, sababini
izlaydi, xato va kamchiliklarni bartaraf etish usullarini topadi.
Ona tili metodikasi ta'lim tizimining barcha bosqichlirida ona tilini o'qitishning izchillik
va uzluksizligini ta'minlaydi. Maktabgacha tarbiya muassasasida, asosan, bolalarning nutqini
o'stirish nazarda tutiladi. Boshlang'ich sinfda o'quvchilar nutqini o'stirishdan tashqari, ona
tilidan elementar nazariy tushunchalarni amaliy o'zlashtirishlari ham nazarda tutiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.Yangi innovatsion usullardan foydalanish metodikasi.Jumayeva T-2017
3.O'qish darslarida yangi innovatsiyalar TDPU-2005
4. Pedagogik texnalogiyalar. Abduraxmonova D.T-2008
5.Goziev Yo.Yo. "Umumiy psixologiya" 1-2-tom. Toshkent-2002y. 5. Yo'ldoshev J.
Yangi pedagogik texnologiya: yunalishlari, muammolari, yechimlari. "Xalq ta'limi", 1999 yil,
4-son, 4-11 betlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |