II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija
HTTP://INTERSCIENCE.UZ/
91
og'zaki hikoya qilish, boshqalar nutqini eshitib idrok etish, ichki nutq bilan uzviy bog'liq holda
shakllanadi. Malakaning shakllanishi uchun ma'lum bir faoliyat ko'p marta takrorlanishi talab
etiladi. Shunday ekan, savod o'rgatish jarayonida bola juda ko'p o'qishi va yozishi zarur. O'qish
uchun ham, yozish uchun ham yangi matn olinadi, chunki bir matnni bir necha bor qayta o'qish
bilan maqsadga erishish qiyin, bu ko'pincha o'qilgan matnni yuzaki yodlashga olib keladi.
Bundan tashqari, takroriy faoliyatda vaziyat bilan mazmunning almashinishi malakani
mustahkamlashga yordam beradi, qobiliyatini o'stiradi.
Har bir- vazifani bajarishning aniq yo'li mavjud, ammo bir vazifa boshqalari bilan o'zaro
bog'liq holda o'qish darslari va sinfdan tashqari mashg'ulotlar jarayonida hal qilinadi. Yaxshi
o'qish malakasining sifatlari deganda malakasining to'g'ri, ongli, ifodali o'qish; o'qish sifatlari
va ularning malakasini takomillashtirish deganda esa takomillashtirish o'quvchilarda yaxshi
o'qish malakasini shakllantirish tushuniladi. O'qish sifatlari bir-biri bilan o'zaro uzviy bog'liq
bo'lib, ongli o'qish asosiy hisoblanadi; o'quvchi tez o'qisa-yu, anglab o'qimasa, o'zi ham,
boshqalar ham matn mazmunini tushunmaydi; to'g'ri o'qish ham ongli o'qishga xizmat qiladi;
to'g'ri, tez va ongli o'qish ifodali o'qishning asosi hisoblanadi.
Yaxshi o'qish malakasini egallash maktabda o'qitiladigan barcha predmetlardan
muvaffaqiyatli o'qishning muhim sharti hisoblanadi. O'qish faoliyatning asosiy turi bo'lib,
o'quvchilarni g'oyaviy-siyosiy, aqliy, estetik va nutq; jihatidan rivojlantirish uchun katta
imkoniyat yaratadi. Bular o'qish malakasini o'stirish va takomillashtirish ustida muntazam va
maqsadga muvofiq ishlash zarurligini ta'kidlaydi.
To'g'ri o'qish deganda xato qilmasdan, yanglishmasdan o'qish tushuniladi, ya'ni to'g'ri
o'qish so'zning tovush-harakat tarkibini, grammatik shakllarini bo'zmasdan, so'zdagi biror
tovush yoki bo'g'inni tushirib qoldirmay, ortiqcha tovush yo bo'g'in qo'shmay, harflar o'rnini
almashtirmay aniq talaffuz qilib, so'zga urg'uni to'g'ri qo'yib o'qishdir. Boshlang'ich sinf
o'quvchilarida so'zni talaffuz qilish va matnni tushunish o'rsatida puxta sintez bo'lmagani uchun
ular o'qishda xatoga yo'l qo'yadilar.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.Abdullayev Y. Eski maktabda xat-savod o'rgatish.- Toshkent, 1960.
2.Abdullayeva Q. Birinchi sinfda nutq o'stirish. - Toshkent, "O'qituvchi", 1980.
3.Abdullaeva Q. Savod o'rgatish. Toshkent, 1983.
4.Ashrapova T., Odilova M. Boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasi.
Toshkent,
1984.
5.Ashrapova T., Hotamov N. Uchinchi sinfda o'qitish darslari. Toshkent, 1983.
Do'stlaringiz bilan baham: |