Tarbiya: muammo, yechim


Babayeva Inobat Otaxonovna



Download 5,04 Kb.
Pdf ko'rish
bet71/317
Sana13.11.2022
Hajmi5,04 Kb.
#865403
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   317
Bog'liq
8-4-PB

Babayeva Inobat Otaxonovna
Buxoro shahar 11-maktab biologiyafani o'qituvchisi 
Zamonaviy ta’lim tizimi o‘quvchi dunyoqarashi, tasavvurni kengaytirib, yuksak bilimli, 
intellektual rivojlangan shaxsni shakllantirishga qaratilgan bo‘lib, ertangi kunda jamiyatda 
farzandlarimizning munosib o‘rnini belgilab beradi. 
O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, umumta’lim fanlarini o‘qitishning 
uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, zamonaviy metodologiyasini yaratish, umumiy o‘rta va 
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat ta’lim standartlarini kompetensiyaviy yondashuv 
asosida takomillashtirish, o‘quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish va 
amaliyotga joriy etishni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 aprel,187-
son qarori qabu qilindi. 
Yangi davlat standartlari ta’lim sohasidagi keng doiradagi yondashuvni va maktab 
subektlarini integratsiyalashuvini talab qilishni ta’minlaydi. 
Muammoning dolzarbligi, o‘quv jarayonidagi barcha o‘quvchilar umumta’lim 
maktablarida o‘qitiladigan fanlarning o‘zaro uzviy aloqasini ko‘radilar, va ularsiz tabiat va 
jamiyatning ko‘plab hodisalari mohiyatini tushunish va to‘liq o‘rganish mumkin emasliklarini 
anglab yetadilar. 
Bugungi kunda respublikamiz ijtimoiy hayotining barcha sohalarida amalga 
oshirilayotgan tub o‘zgarishlar, xalqimiz oldida turgan ijtimoiy-itisodiy, g‘oyaviy-siyosiy, 
ta’limiy-tarbiyaviy muammolarning yechimini topish, aniq va tabiiy, amliy va texnik, ijtimoiy 
va iqtisodiy, fanlarni o‘zaro aloqadorligi va o‘zaro munosabatlariga bog‘liq. Chunki, ularning 


II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija
 
HTTP://INTERSCIENCE.UZ/ 
70 
barchasi mohiyati, mazmuni, tabiati, shakli va ko‘lamiga ko‘ra tizimlilik xarakteriga ega bo‘lib, 
ularga aynan mos yondashuv yordamida tadqiq etilib, yechimi topiladi. Bu o‘z navbatida ta’lim-
tarbiya ishida ham tizimli yondashuvdan foydalanishni ko‘zda tutadi. 
Fanlararo aloqadorlikning har qaysi quyi darajasi, o‘rganilayotgan o‘quv predmetlari 
doirasida ma’lum didaktik birliklar o‘rnatilib, ularni o‘rganish mazmunini va muddatlarini 
muvofiqlashtirishni ko‘zda tutadi, bundan farqli o‘laroq integratsion aloqadorlik asosida tashkil 
etilgan o‘quv predmeti yoki integratsion o‘rganilayotgan fanlar hodisa yoki jarayonlar yaxlit 
tizim shaklida har tomonlama aloqadorlik va munosabatlar nuqtai nazaridan talqin etishni talab 
etadi. Bu o‘z navbatida hozirgi va istiqbol talablariga javob beradigan, mustaqil fikr yurituvchi 
va kreativ faoliyat ko‘rsatuvchi, malakali mutaxassis shaxsini shakllantirishga imkon beradi. 
Chunki u tahsil oluvchilardan faqatgina tahlil qilish va sintezlashni talab qilish bilan 
chegaralanib qolmasdan, balki mavhumlashtirish, algoritmlashtirish, turkumlash, shartli 
belgilar yordamida ifodalash, sabab oqibatli aloqadorlikni aniklash, tahlil etish, tizimlashtirish, 
modellashtirish kabi yuksak darajadagi tafakkurni shakillantiradi. 
Bunday o‘zgarishlar shak-shubhasiz, barkamol shaxsni tarkib toptirish bilan chambarchas 
bog‘liq. 
Integratsiya umumiy ilmiy toifalarga kiradi va pedagogika falsafasidan olinadi. 
Lotinchada "integratsiya" (Integration) - to‘ldirish, tiklash, integer-butun so‘zidan kelib 
chiqqib so‘zma-so‘z ma’nosi - ittifoq, muayyan jarayonlarning sintezlab bir butun qilib 
birlashtirmoq, mantiqiy yaxlit holga keltirmoq ma’nosida tushuniladi. Ta’lim mazmunini 
integratsiyalash deganda o‘zaro uzviy aloqador, bir-birini to‘ldirishni taqozo etadigan, 
kengaytiradigan, chuqurlashtirilgan o‘quv predmetlari mazmunini sintezlash, ya’ni mantiqiy 
birlashtirib bir butun (yaxlit) holga keltirishni tushunamiz. "Integratsiya" tushunchasi fan va 
amaliyotning turli sohalarida tez-tez ishlatiladi. Shu bilan birga zamonaviy jamiyatni 
rivojlantirishda keng qo‘llaniladi. 
Bu so‘z keng ma’noda integratsiyalashuv tizimi, konsepsiyasi, bilim ob’ekti, haqiqatning 
yaxlitliligi jarayonini anglatadi. Ta’limning integratsiyalashish muammolarining turli 
jihatlarini zamonaviy olimlar, o‘qituvchi va pedagoglarning ko‘plab ilmiy ishlarida ko‘rib va 
o‘rganilib chiqilgan jumladan V.V. Davo‘dov, A.V. Zaporojets, Yu.A. Samarin, D.B. 
Yelkonin, B.P. Yusov, D.B. Kabalevskiy, Ye.B. Abdullin, Ye.V. Nikolayeva, N.A 
Menchinskaya, Q. Yo‘ldoshov, Q. Xusanboyeva, R. Mavlonova va boshqalarning ilmiy 
ishlarida fanlaroro integratsiya mavzusiga ko‘p bora to‘xtab o‘tishgan. 
Birinchi marta, integratsiya muammosiga bo‘lgan qiziqish Ya.A. Komenskiyning 
asarlarida: "Barchasi - eng katta, eng kichigi bir-biriga juda bog‘langan bo‘lishi kerak va bir 
butun bo‘lish uchun bog‘langan bo‘lishi kerak"diya takidlanadi. 
Dastlab, integratsiya nazariyasi falsafiy nazariya sifatida paydo bo‘ldi. Biroq, nazariya 
bo‘lishdan oldin, ya’ni, umumlashtirilgan bilimlar tizimi, qiyin yo‘ldan o‘tdi. Insoniyat tarixida 
tabiatni kuzatishdan va jamiyat hayotidan olingan dastlabki ma’lumot empirik edi. Bu kuzatish, 
tajriba, taqqoslash, o‘lchashdir. 
Biroq, ko‘p asrlardan buyon to‘plangan barcha bilimlarni tizimlashtirish vaqti keldi. 
Shunday qilib, tabiat, jamiyat va inson haqidagi hamma bilimlarni unga mos darajadagi 
birlashtiradigan falsafa paydo bo‘ldi. Jamlangan ilmiy ma’lumotlarning hajmi odatiy doiradan 
tashqariga chiqa boshlaganda, falsafa fanidan shaxsiy fanlarni "o‘stirish" jarayoni boshlandi, 
ya’ni. fanlarni farqlash jarayoni boshlandi. 
Umumta’lim maktablarida fanlararo aloqadorlikni amalga oshirishga quyidagi pedagogik 
shart-sharoitlar orqali erishiladi: 
Umumta’lim maktablarida fanlararo aloqadorlikni amalga oshirishda texnologik ketma- 
ketlikdan foydalanish (maqsadlilik, loyihalashtirish, amalga oshirish, nazorat); 
O‘quvning yakuniy natijasini belgilovchi maqsadning qo‘yilishi, fanlararo aloqadorlikni 
hisobga olgan holda (boshqa fanlar bo‘yicha olib boriladigan darslarda shakllantirilgan 
tushunchalar jalb etilgan holda). 



Download 5,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   317




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish