II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija
HTTP://INTERSCIENCE.UZ/
71
Ta’lim va ta’limga integratsion yondoshishni;
Ta’lim mazmunini loyihalashtirish;
Umumta’lim fanlarnining umumiylashuvini;
O‘quv dasturlari, metodlari, shakllari va vositalarining mazmun jihatidan o‘zaro
aloqalarini ta’minlash;
Fanlararo aloqadorlikni hisobga olgan holda alohida kasbiy fanlarni o‘qitish metodikasini
ishlab chiqish;
Fanlarning o‘zaro integratsiyasi; (masalan ijtimoiy fanlar; Tarix,jamiyatshunoslik, milliy
g‘oya, davlat va huquq asoslari);
Fanlararo aloqadorlikni amalga oshirish natijalarining xolis tarzda baholanishini
ta’minlovchi nazorat chora-tadbirlarini o‘tkazish;
Fanlararo aloqadorlikni amalga oshirish uchun seminar o‘tkazishning eng samarali shakli
- o‘rgatuvchi o‘yin o‘tkazish usuli hisoblanadi;
O‘quvchilarning bilishga doir faoliyatini boshqarish: majmuaviy darslar, seminarlar,
ekskursiyalar, konferensiyalar va h.k. shaklidagi o‘qitish jarayoniga nisbatan majmuaviy
yondashuv; fanlararo o‘quv muammolarini jamoa tarzida hal qilish uslublarining
o‘quvchilarning bilishga doir qiziqishlariga mos bo‘lgan individual vazifalar bilan moslashuvi;
o‘qitish vositalaridan ilgari olingan bilimlarni hisobga olgan holda foydalanish;
o‘quvchilarning bilishga doir qobiliyatlari, faolligi, qiziqishlari va aqliy faoliyatini
rivojlantirish, fanlararo aloqadorlik asosida bilimlar sifatini yaxshilash:
Bilimlarni o‘zlashtirish samarasini oshirish uchun fanlararo aloqadorlikni amalga
oshirishni ta’minlovchi quyidagi usullardan foydalaniladi:
o‘quvchilarning integral axloqiy fazilatlarini shakllantirish uchun pedagogik shart-
sharoitlar;
integratsiya - shaxsiy rivojlanish bosqichi (jamiyatning, guruhning manfaatlari va
ehtiyojlari asosida shaxsiylashtirishga bo‘lgan ehtiyojni keltirib chiqaradigan);
ta’lim vazifalarini birlashtirish;
ta’lim va ta’limga integratsion yondoshish va boshqalar.
Ta’limning maqsadi o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma, malaka va kompitensiyani
shakilantirib bolaning ta’lim olish jarayonining dastlabki bosqichlaridan butun dunyoni
ifodalashga o‘rgatish va barcha elementlarning bir-biriga bog‘liqligi haqida ma’lumot beradi.
Ta’limdagi integratsiya o‘quv fanlari mazmunini konstruksiyalashga tizimli yondoshish
orqali ko‘rib chiqiladi. Zamonaviy didaktika va metodikada ta’kidlanishicha, o‘quvchilarni
o‘qitish, rivojlanishi va tarbiyasining muvaffaqiyatlari ularda dunyo birligi haqida tushunchani
shakllanganligini, o‘z faoliyatlarini umumiy tabiat qonunlari asosida yo‘lga solish zaruriyatini
tushunishlari, tabiatshunoslik kursida fanlararo va fanlar ichidagi aloqalarni yecha olishlari
bilan bog‘liq. Ta’limdagi integratsiya o‘quv fanlari mazmunini konstruksiyalashga tizimli
yondoshish orqali ko‘rib chiqiladi.
Maktabda o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha integratsiyalashuv mavzusiga qaytib,
unutmasligimiz kerakki, darsni o‘rganib chiqadigan o‘qvchilar boshqa fanlarni o‘rganishda,
masalan, tarix va adabiyot, tarix va geografiya, geografiya va biologiya, iqtisodiyot va
ekologiya, iqtisodiyot va kompyuter fanlari, tarix va musiqa kabi mavzularda ma’ruzalar
o‘qiydi. Shunday qilib, fanlararo integratsiya o‘quvchilar kompetentligini yuksaltirishga xizmat
qiladi.
Shu nuqtai nazardan, o‘quvchilarning turli fan yo‘nalishlari bo‘yicha mavzularni o‘zaro
aloqodorlikda o‘zlashtirib olishlari va bir sohadagi bilimlarni boshqa sohalar bilan bog‘lagan
holda
o‘rganishlarini,
tushunishlarini
osonlashtiradi.
Darslar
jaryonida
fanlar
integratsiyalashuvi tabiiy va qiziqarli, interfaol ta’lim asosida bo‘lishi kerak.
Ijtimoiy fanlar integratsiyasi bugungi kunda tarix, geografiya, adabiyot, falsafa, mantiq,
huquq, siyosatshunoslik, mintaqaviy vakolat masalalari va boshqalar bilan bog‘liq mavzular
o‘zlarining aloqa nuqtalariga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |