II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija
HTTP://INTERSCIENCE.UZ/
53
Interfaol metodlar o‘quvchilarni bilim egallashda faol bo‘lishga, qo‘shimcha
adabiyotlarni o‘qish, internetdan foydali va kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni izlab toppish,
mustaqil o‘rganib, jamoa bo‘lib fikrlash va tahlil qilishga, birlashib jamoasini himoya himoya
qilishga yo‘naltirilgani bilan ahamiyatlidir. O‘qituvchi bu jarayonda o‘quvchilarning bilim
olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi, darsni boshqaradi hamda yo‘naltiradi.
“Ilmiy–tadqiqot va innovatsion faoliyatini rag‘batlantirish ilmiy va innovatsiya
yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish... ”6ham ijtimoiy
sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari qatoriga kiritilganligi ham umumiy o‘rta ta’lim
maktablari o‘qituvchilarining o‘qitish sifati va samaradorligini oshirishda innovatsiyalardan
yanada kengroq foydalanishlarini taqozo etmoqda.
Shunday ekan, har bir o‘qituvchi ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalardan unumli
foydalanishi o‘qitish sifati va samaradorligini yanada oshiradi.
INTEGRATSION YONDASHUV ASOSIDA BOSHLANG‘ICH SINF
O‘QITUVCHISINING KASBIY SIFATLARINI SHAKLLANTIRISH
Sharipova Madina Telmon qizi
G'ijduvon tumani 28-maktab. Boshlang'ich ta'lim va sport tarbiyaviy ishi yo'nalishi
o'qituvchisi
O`zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan tub islohatlar jamiyatda o`ziga xos
ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy rivojlanish yo`lining tanlab olinishi, jahon ta`limi standartlariga
muvofiq keluvchi uzliksiz ta`lim tizimini shakllantirish uchun qulay shart-sharoitni yaratadi.
Ta`lim sohasida olib borilayotgan hamda aniq maqsadga yo`naltirilgan davlat siyosati ijtimoiy
jamiyat taraqqiyotini taminlovchi ustuvor yo`nalishlardan biridir.
Bu yo`nalishda oshiriladigan muhim tadbirlar qatorida mutaxassislarning yangi avlodni
shakllantirish, ma`naviy-axloqiy jihatdan yetuk, mustaqil dunyoqarashga ega, ijodiy fikrlovchi,
boy milliy meros, umuminsoniy va milliy qadriyatlarga sadoqatli barkamol shaxsni tarbiyalab
voyaga yetkazish vazifalari belgilangan.
Zamonaviy fikrlovchi pedagogik kadrlar tayyorlashga, o`quvchilarning ijodiy
salohiyatining namoyon bo`lishi, individual is`tedodlarni va har bir o`quvchining qobiliyatini,
bilim egallash jarayonida mustaqil faoliyat ko`nikmalarini shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi
ta`lim muhitini yaratish.
Ilg`or mahalliy va xorijiy ta`lim muassasalarining tajribasini hisobga olgan holda ta`lim
jarayonini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etish.
Matematika, ona tili, o’qish, tabiat, o’qish, tasviriy san'at, musiqa, , mehnat, jismoniy
tarbiya,odobnoma darslari integratsiyasi.
Boshlang’ich sinflarda fanlarni integratsiyalash dars samaradorligini oshiradi, vaqtdan
unumli foydalanishga olib keladi, darsni chuqur o’zlashtirishga yordam beradi, bo’sh vaqt
orttiriladi va to’garaklarga jalb etiladi.
Boshlang’ich ta'limda matematika ona tili, o’qish, tabiat, matematika, tasviriy san'at
darslarini integratsiyalash mumkin. Masalan, O’zbekiston mening Vatanim mavzusini o’tishi
uchun mavzu tushuntiriladi, tabiiy boyliklari va ularni qadriga etish ko’rib chiqiladi va mavzu
asosida rasm ham chiziladi, Respublikamizdagi viloyatlar nomilari, ularning yer maydonlari,
aholisi haqifa ham qo`shib tushunchalar berib boriladi. Bu esa bolani mavzuni yaxshi tushunib
olishiga yordam beradi, kengroq va chuqurroq tushunishiga imkon ortadi, uzoq vaqt yodda
saqlab qolishiga yordam beradi. Bu esa dars samaradorligini oshiradi.
Ona tili, o’qish, matematika, tabiatshunoslik, mehnat darslari integratsiya qilinsa ham
yaxshi natijaga erishiladi. Bunda ham o’quvchi darsni yaxshi tushunadi. Masalan, “Maktab”
mavzusi o’tilsa, mavzu o’qiladi, tushuntiriladi, joylashgan o`rni haqida ma`lumot beriladi,
maktab qurilishiga olishga doir masalalar echiladi, mehnat darslarida maktabni har bir o`quvchi
Do'stlaringiz bilan baham: |