Tarbiya: muammo, yechim


BOSHLANG‘ICH TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA INTERFAOL



Download 5,04 Kb.
Pdf ko'rish
bet53/317
Sana13.11.2022
Hajmi5,04 Kb.
#865403
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   317
Bog'liq
8-4-PB

BOSHLANG‘ICH TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA INTERFAOL 
METODLARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI 
Ahadova Gulruh Mahmudjonovna 
Olot tumani 33 sonli maktabning boshlang‘ich sinf o'qituvchisi 
Shiddat bilan rivojlanib borayotgan bugungi jamiyatimizda ta’lim sohasida ham juda 
katta o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Bugungi o‘quvchi u kechanki o‘quvchi emas, balki har 
taraflama bilimga ega bo‘lgan kattalar bilan ham bemalol bahslasha oladigan, bilimga chanqoq, 
talabchan, ilg‘or dunyoqarashli shaxslardir. Endilikda o‘qituvchi eski qolipdagi an’anaviy 
darslar yoki uzundan- uzun ma’ruzalari bilan yoshlarimiz talabini qondira olmaydi. Hozirgi 
davr o‘qituvchi oldiga juda katta mas’uliyatli vazifa yuklamoqda. O‘qituvchi yangi darsga 


II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija
 
HTTP://INTERSCIENCE.UZ/ 
52 
tayyorlanar ekan, unga ijodiy yondashib, har bir darsini bitta ijod mahsuliga aylantirsagina 
ko‘zlagan maqsadiga erishadi. Buning uchun har kuni bir xillik darsdan qochib, har darsga bitta 
yangilik olib kirishi, yangi-yangi dars usullarini topishga harakat qilishi, tinmay izlanishi, ijod 
qilishi va o‘z ustida doimiy ishlamog‘i darkor. 
Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qo‘yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va 
jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt orasida 
muayyan nazariy bilimlarni o‘quvchilarga yetkazib berish, ularda ma’lum faoliyat yuzasidan 
bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarni hosil qilish, shuningdek, o‘quvchilar faoliyatini 
nazorat qilish, ular tomonidan egallangan bilim, ko‘nikma, malaka hamda kompetensiyalar 
darajasini baholash o‘qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda ta’lim jarayoniga nisbatan 
yangicha yondashuvni talab etmoqda. 
Pedagogik texnologiya o‘z mohiyatiga ko‘ra sub’ektiv xususiyatga ega, ya’ni, har bir 
pedagog ta’lim va tarbiya jarayonini o‘z imkoniyati, kasbiy kompetensiyadan kelib chiqqan 
holda ijodiy tashkil etishi lozim. Qanday shakl, metod va vositalar yordamida tashkil etilishidan 
qat’i nazar pedagogik texnologiyalar: pedagogik faoliyat (ta’lim -tarbiya jarayonining) 
samaradorligini oshirishi; o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni qaror 
toptirishi; o‘quvchilar tomonidan o‘quv predmetlari bo‘yicha puxta bilimlarning egallanishini 
ta’minlashi; ularda mustaqil, erkin va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishi; ularning 
o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqara olishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishi; 
pedagogik jarayonda demokratik va insonparvarlik g‘oyalarining ustuvorligiga erishishni 
kafolatlashi zarur. 
Pedagogik texnologiyalardan majburan foydalanish mumkin emas. Aksincha, tajribali 
pedagoglar 
tomonidan asoslangan yoki ular tomonidan qo‘llanilayotgan ilg‘or 
texnologiyalardan maqsadga muvofiq foydalanish bilan birga, ularni ijodiy rivojlantirish 
maqsadga muvofiqdir. 
Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda tahsil oluvchilarning o‘quv va ijodiy 
faolliklarini oshiruvchi hamda ta’limtarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi 
pedagogik texnologiyalarni qo‘llash borasida katta tajriba to‘plangan. Ushbu tajribalarga 
muvofiq o‘tilgan darslar bir necha bosqichga bo‘linadi: 
Chaqiriq bosqichi. Bu bosqichda tahsil oluvchilarni faollashtirish, mavzuning mazmun-
mohiyatiga kirib borish, uni anglab yetish jarayoniga tayyorlash maqsadi ko‘zda tutiladi. 
Fikriy hujum. Bu usul darsning boshlanishida yoki istalgan joyida qo‘llanilishi mumkin. 
Bu bosqichda muammo tahsil oluvchilarga fikriy hujum yo‘li bilan beriladi va ularning fikrlari 
orqali olinadi. 
Anglash bosqichi. Mavzuga oid xulosaviy fikrlar eshitiladi va o‘qituvchi tomonidan 
yangi fikrlar tomonidan to‘ldiriladi. 
Fikrlash bosqichi. Mavzu yuzasidan o‘zlashtirilgan bilim va tushunchalarni qisqa 
jumlalarda yozma ravishda bayon qilish topshiriladi. Bu topshiriqni bajarish uchun sinf 
guruhlarga bo‘linadi. Har bir guruh topshiriq bo‘yicha o‘z fikrini yozadi va har bir guruh vakili 
bajarilgan topshiriqni boshqalarga ma’lum qiladi. 
Guruhlar bilan ishlash faqat fikrlash bosqichida emas, balki birinchi bosqichdan boshlab 
yo‘lga qo‘yilishi mumkin. Tahsil oluvchilarni guruhlarga bo‘lib ishlash uchun quyidagi 
talablarga amal qilish zarur: 
Guruhlarga ajratish o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. 
Har bir guruhga rahbar-lider tayinlanadi. 
Guruh doira shaklida o‘tirishi lozim. 
Ish jarayonida har bir guruhning faoliyatiga, g‘oyalariga e’tibor beriladi. 
Bulardan tashqari guruhlarga aniq yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish, topshiriqlarni bajarish uchun 
yetarli vaqt ajratish, kuchli guruhlarni rag‘batlantirib borish, ishning natijasini baholash 
kabilarga ham ahamiyat berish muhim hisoblanadi. Dars jarayonida guruh a’zolarini 
almashtirib borish ham mumkin. 



Download 5,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   317




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish