II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija
HTTP://INTERSCIENCE.UZ/
30
So‘rash davrida alohida hayrixoxlik muhitini yaratish. So‘rash sur’atini pasaytirish, doska
oldida uzoqroq tayyorlanishga ruxsat berish.
O‘quvchiga javobning namunaviy rejasini taklif qilish, shunga asoslanib doska oldida
javob beradi. Baho, qo‘llab-quvvatlash, maqtov bilan rag‘batlantirish.
Yangi materialni bayon qilganda mavzuni o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqishni qo‘llab
quvvatlash choralarini ko‘rish. Past o‘zlashtiruvchilarga o‘quv materialini tushunganligi
darajasini aniqlash uchun savollar bilan tez-tez murojaat qilish.
Darsda mustaqil ishlarni tashkil qilishda past o‘zlashtiruvchi guruhlar uchun
mashqlarning sonini ko‘paytirish emas, balki ularning samarali tizimini tanlab olish.
Topshiriqni bajarish ketma-ketligini mufassalroq tushuntirish.
Kutilishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklar to‘g‘risida ogohlantirish, yo‘naltiruvchi harakat
rejasi bo‘lgan kartochkalardan foydalanish.
Topshiriqlarni bajarish bosqichlariga bo‘lib chiqish. Avvalroq bajarilgan o‘xshash
topshiriqlarni eslatish.
Topshiriqni bajarishning uslubi yoki amallarini eslatish. U yoki bu harakat, qoidani
aktuallashtirishning zaruratini ko‘rsatish. Ushbu masala yoki mashqni bajarish uchun zarur
bo‘lgan qoida yoki xususiyatni eslatish.
Topshiriqlarni bajarishning maqbul yo‘llari, ularni rasmiylashtirishga bo‘lgan talablar
to‘g‘risida yo‘riqnoma berish. Past o‘zlashtiruvchilarning mustaqil harakatlarini
rag‘batlantirish, ularning faoliyatlari ustidan yanada qattiqroq nazorat o‘rnatish, xatolarni
ko‘rsatib berish, xatolarni tekshirish va ularni tuzatishga yordam berish.
SHARQ RENESSANSI MUTAFAKKIRLARI ME’ROSI –SHAXS TARBIYASIDA
ASOSIY MANBAA
Tursunova Nigora Tashpulatovna
Buxoro shahar 11-umumiy ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Markaziy Osiyo mutafakkirlarining ijtimoiy munosabatlarga doir qarashlarini o’rganar
ekanmiz, ularning g’oyalari islom dinida ilgari surilgan insonni baholash mezonlariga
asoslanishini ta’kidlab o’tish lozim. Shu bilan birga, Markaziy Osiyo xalqlari o’zlarining ming
yillar mobaynida shakllangan madaniyati, ma’naviy barkamol jamiyat an’analari bilan jahon
xalqlari ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotiga katta ta’sir ko’rsatganini e’tirof etish lozim.
O’rta asr fan va madaniyatiga bebaho hissa qo’shgan ulug’ mutafakkir Abu Nasr Forobiy
shaxs kamoloti, shaxs va jamiyat o’rtasidagi o’zaro munosabatlar haqidagi ko’plab fikr-
mulohazalarini o’z asarlari orqali ifodalab berishga harakat qilgan
“Aholisi xushxulqqa ega bo’lmagan mamlakatda hokimiyatga ehtiyoj seziladi”, degan
fikri bilan Forobiy jamiyatning demokratlashuvi, inson erki va huquqlarining to’la ta’min
etilishi mamlakat aholisining xulq-atvoriga, ma’naviy-axloqiy kamolotiga bog’liqligini
ko’rsatgan . Mutafakkir agar aholi o’z huquq meyorlari doirasida amaldagi qonunlarga
bo’ysunib yashashni turmush tarziga aylantirsa, o’z xatti-harakatini ma’lum qonun-qoidalar
yo’nalishiga tushira bilsa, aql-idrok, odob-axloq kategoriyalarini hayotning har bir daqiqasida
namoyon qilib borsa, jamiyatning ma’naviy qiyofasi barkamol, shaxsning yashash tarzi yetuk,
erkinliklari esa cheksiz bo’ladi, deya e’tirof etadi.
Forobiy, ayniqsa, ideal shahar aholisining fazilatlariga, bunday shahar boshlig’ining
qanday fazilat va xislatlarga ega bo’lishga juda katta e’tibor beradi.
Uning fikricha, har qanday odam shahar boshlig’i bo’la olmaydi, u fazilatli, yetuk
shaharning boshlig’iga qator talablar qo’ydi: shahar boshlig’i har tomondan yetuk va namuna
bo’lishi zarur; ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan mukammal, qobiliyatli, barcha sezish
organlari, ruhi yaxshi taraqqiy qilgan, fikri sog’lom, so’zga boy va usta bo’lishi lozim
Forobiy insonning insonligini ifoda etuvchi yagona mezon aql-idrok, ong va tafakkur
darajasi bo’lsa, ularning mohiyatini ochib beruvchi, darajasi va ko’lamiga baho beruvchi bosh
Do'stlaringiz bilan baham: |