Tarbiya: muammo, yechim


II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija



Download 5,04 Kb.
Pdf ko'rish
bet27/317
Sana13.11.2022
Hajmi5,04 Kb.
#865403
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   317
Bog'liq
8-4-PB

II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija
 
HTTP://INTERSCIENCE.UZ/ 
27 
davlatimiz gerbi qayerlarda akks etganidan xabardor bo`lsalar, maqsadga muvofiq hisoblanadi. 
Chunonchi, Davlat gerbida davlatning milliy-siyosiy, iqtisodiy xususiyatlari, ijtimoiy va davlat 
tuzumi, geografik va boshqa belgilari o`z ifodasini topadi. Gerb davlat bayroqlarida, muhhrda, 
rasmiy blankalarda, muhim hujjat, pul va davlat zayomlarida, ba’zi binolarda tasvirlanadi.
Davlat gerbining mazmuni konstitutsiya yoki maxsus qonun bilan belgilanadi. Boshlang`ich 
sinf o`quvchilariga bu mavzuni mukammalroq o`tishda Erkin Malikning “Buyuk musavvir” 
hikoyasini eslash mumkin. Garchi bu ertak 1-sinfda o`tilgan esa-da, yuqoridagi 
ma]lumotlardan so`ng, uning badiiy ifodasi shaklida mavzuni qiziqarli o`tish mumkin. Bolalar 
yozuvchisi Erkin Malik gerbning tuzilishi va undagi rasmlar mohiyatini ancha sodda, maroqli 
hikoya qila olgan. Uning ertak uslubida yozilishi ham bolalar diqqatini tortadi. “Bir musavvir 
bor ekan”,–deb boshlanadi hikoya. U rasm chizish uchun dala-yu dashtlarga chiqarkan. 
Shunda: “Meni chizing, meni chizing”,–deb osmonda qushlar chuldirar ekan. Uloqchalar, 
toychoqlar atrofida dikir-dikir sakrashar ekan. Bu gal ham shunday bo`libdi. Musavvir ularga 
jilmayib qarab qo`yibdi-da, bir nimalarni chiza boshlabdi. Uni kuzatib turgan jonivorlar savolga 
tutishibdi. 
–Bog`larda shuncha mevalar pishib yotganda, nimaga bug`doy rasmini 
chizyapsiz? 

Bu dunyoda nonsiz yashab bo`lmaydi. Non taomlarning podshosi. Non bug`doydan 
tayyorlanadi, – javob beribdi musavvir.

Nimaga paxta rasmini chizdingiz? 

Paxtasiz ham yashab bo`lmaydi. U kiyim-kechak degani. 

Nimaga humo qushini chizyapsiz? Bulbul yoki kabutarni emas? 

Humo – baxt qushi. Humosi bor yurt tinch va badavlat bo`ladi. 

Quyosh-chi? 

Yurtimiz – quyoshli yurt. Uni bir kun ko`rmasa hamma sog`inadi. 

Daryo rasmini nimaga chizdingiz? 

Vatanimizda ikkita katta daryo bor. Biri Sirdaryo, ikkinchisi amudaryo. Butun 
O`zbekistonni suv bilan serob etishadi.

Tushundik. Oy va yulduzlar-chi? 

Hayot kun va tundan iboratdir. Kunduzi Quyosh yoritsa, kechasi Oy va yulduzlar butun 
olamni yoritadi.
Musavvir oddiy, ammo buyuk narsalardan chiroyli rasm yaratibdi. U O`zbekiston 
Respublikasining Davlat gerbi ekan.
2
Anglashiladiki, bolalar adibi ertak mohiyatida katta ijtimoiy voqelikni singdirgan. 
Endigina maktabga qadam qo`ygan o`quvchi, yoki, umuman boshlang`ich sinf o`quvchilari 
chindan ham gerbdagi rasmlardan ma’no izlaydilar: nega aynan shunday tasvirda ekanligi 
haqida qiziqadilar. Qolaversa, Humo qushi ular uchun mavhum. Uni faqat ertaklarda uchrashi, 
afsonaviyligi haqida eshitmagan bo`lishlari mumkin. 1-sinfda ular ertak mazmunini teran 
ilg`amasliklari mumkin, ammo xotiralarida cyujeti saqlanib qolgan bo`ladi. 3-sinfga kelib 
Davlat ramzlarini o`tishda ushbu ertakni yuqoridagi holatda qayta eslanishi, yoki, rollarga 
bo`lib o`qilishi, gerb haqidagi ma’lumotlarini teranlashtiradi. Ana shu hikoya asosida, 
haqiqatan yurtimizda juda ko`p narsalar serob bo`lgani holda, aynan zikr etilgan rasmlar 
chizilganini fahmlaydilar. Bunda o`qituvchi “BBB”, “Tarmoqlash”, “FSMU” “Kvalimetriya” 
yoki “Idrok xaritasi” mashqlaridan unumli foydalanishi mumkin.
2
T.G`afforova, E.Shodmonov, G.Eshturdiyeva. O`qish kitobi. Toshkent, 2010. –B.115. 



Download 5,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   317




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish