II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija HTTP://INTERSCIENCE.UZ/
18
Глобализация во многом основывается на развитии средств коммуникации,
которые связывают разные части мира и позволяют ускоренно взаимодействовать
различным культурам между собой. Тем не менее, учёные полагают, что это не влечёт за
собой культурной глобализации в понимании ее как процесса формирования единой
глобальной культуры. В консолидации нации весомую роль играет коллективная
историческая память народа. Она является особенно актуальной, если в истории нации
были трагические катаклизмы. Но для восстановления и утверждения исторической
памяти народа требуется знать не только негативные факторы его исторической жизни,
но и способы преодоления и предотвращения кризисов.
Список литературы:
1. Саакян А. Г., Серкова В. А. Национальные культуры и проблемы национальной
идентичности в эпоху глобализма // научно-технические ведомости сПбГПу.
Гуманитарные и общественные науки. 2018. т. 9, № 1. с. 72–79. doi: 10.18721/Jhss.9108.
2. Шахин К. Глобализация и тенденции развития культуры в Турецкой республике:
социологический анализ: автореф. дис. к.соц.н. СПб. 2016, 14 с.
3. Globalization, Modernity, and Their discontents // 2002-3 carTss, ser. Bibliography /
сomp. by E. Brahm. urL: eric.brahm@colorado.edu
TA’LIM TIZIMIDA PSIXOLOGIK XIZMATNING MAQSADI VA VAZIFALARI Xolmuminova Sevara Abduxoliq qizi ToshPTI Oliy hamshiralik ishi 304- guruh talabasi, Toshkent Pediatriya Tibbiyot
instituti.
Ilmiy rahbar:
Mirzayeva Sayyora Rustamovna TDPU tayanch doktoranti
Bugungi kunda o‘quvchilarga ta’lim berish va ularni tarbiyalash mavjud ilmiy psixologik
bilimlarga tayangan holda olib borilishi uchun ta’lim tizimida psixologik xizmat tashkil
etilmoqda va u ishlab turibdi. Bu xizmatda "psixologiya" mutaxassisligiga ega bo‘lgan oliy
ma’lumotli mutaxassislar ishlashi kerak. Bu xodimlar bolaning chaqaloqlik davridan boshlab
to yuqori sinfgacha (ilk o‘spirinlik) bo‘lgan davrida uni o‘qitish va tarbiyalash, uning taqdiri
bilan bog‘liq bo‘lgan barcha savollarni yechishda ishtirok etadilar. Bola tug‘ilgandan to
maktabni tamomlagunga qadar butun hayoti davomida mutaxassis psixolog e’tiborida bo‘lishi
kerak.
Demak, 16-18 yil davomida bolaning psixologik rivojlanishi tizimli ravishda kuzatilib
borilishi kerak. Bu davr mobaynida doimiy psixodiagnostik o‘rganishlar amalga oshiriladi bola
psixik taraqqiyotining xarakteri va tezligi baholanadi, bolani o‘qitish va unga tarbiya berish
yuzasidan tavsiyalar beriladi, va ularni amalga oshirish nazorat qilinadi. Psixologik xizmat xalq
ta’limi tizimining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, Xalq ta’limi tizimidagi psixologik xizmat
respublikadagi yaxlit psixologik xizmatning eng muhim jabhasi hisoblanadi.
Psixologik xizmat. O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik
Respublika tashxis Markazining tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi. Bu xizmatning zaruriyligi
maktab ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Har bir o‘quvchida hayotga ijodiy munosabat va individual
xususiyatlarning taraqqiyoti ta’minlaganligini psixologik xizmat to‘g‘ri tashkil etilgan deyish
mumkin.
Psixolog o‘zining inson hulq-atvori va psixik faoliyati, psixik taraqqiyotning yosh
qonuniyatlari haqidagi kasbiy bilimlariga, ularning o‘quvchilar va kattalar, tengdoshlari bilan
o‘zaro munosabat xususiyatlariga, o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishga bog‘liqligiga
tayanib, bolaga individual yondashuv imkoniyatlarini ta’minlaydi, uning qobiliyatlarini
aniqlaydi, normadan og‘ishishlarning bo‘lishi mumkin bo‘lgan sabablarini psixologik-
pedagogik korreksiya qilish yo‘llarini aniqlaydi. Bundan psixologik xizmat maktabda o‘quv-
tarbiya ishining mahsuldorligini oshirishga, ijodiy faol shaxsni shakllantirishga imkon