II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija
http://interscience.uz/
287
Umumta’lim maktablari xususiyatlarni hisobga oluvchi va o‘qituvchiga matematika
o‘qitishni tashkil etishdagi qiyinchiliklarni muvaffaqiyatli bartaraf eta olishga imkon beruvchi
zamonaviy naщriyot texnikasi yordamida bajarilgan didaktik materiallar zarur. Ular yordamida
o‘qituvchi nazariy materialni o‘zlashirilishini ratsional tashkil eta olishi, uni mashg‘ulotlarda
mustaqil ishlar orqali mustahkamlay olishi, matematik masalalar yecha olish ko‘nikma va
malkalarini shakllantirishi, o‘quv ishining jamoaviy va shaxsiy shakllarini muvofiqlashtirilishi,
o‘qitish jarayonining boshqariluv darajasini oshishiga erishmog‘i lozim.
Shu paytgacha o‘qitish vositalariga ko‘pgina uslubchilar ko‘rgazmadilik yoki
«usulubiyatni rang-baranglashtirish» usuli sifatida qarab keldilar. Ularni oqilona,ustalik bilan
qo‘llash o‘qituvchiga matematika o‘qitish jarayonini har tomonlama takomillashtirish
imkoniyatini beradi.
Pedagogik ko‘rgazmalilikning zamonaviy «formulasi»: izomorfizm plyus oddiylikka
asoslanadi. O‘rganilayotgan hodisani tavsiflovchi model (bu formula, chizma, graf bo‘lishi
mumkin) bu hodisaning ma’lum jihatini izomorf tasvirlash bilan birga uning boshqa ikkinchi
darajali jihatlaridan abstraktlashtiriladi. Model bilan hodisani izomorf tasvirlash kabul qilish
oddiyligi tushunchasi bilan bog‘liq, chunki model ta’lim oluvchilarning diqqatini hodisaning
ma’lum tomonlariga qaratadi, qolganlari esa nazardan chetda qoladi. Mualliflar berilgan modelni
tashkil etuvchi barcha oddiy elementlar majmuasidan iborat axborot miqdori(bitlarda) bilan
xarakterlanuvchi modelni qabul qilish oddiyligining ana shunday matematik ta’rifini beradilar.
Masalan, to‘g‘ri burchakli parallelepipedning modeli uchun mualliflar fikricha bunday elementlar
bo‘lib, yoqlar soni, har bir yoqning to‘g‘ri to‘rtburchak shakli hamda stereometriyaning «jism»,
«chegaralangan» va h.k. kabi tushunchalarini kiradi.
Ko‘rgazmalilik boshqa xossalarga(psixofizilogik,estetik) ham ega, lekin ko‘rsatilgan ikki
xossa «izomorfizm» va «oddiylik» asosiylardan hisoblanadi[3,4,5]. Bizning bu borada olib borgan
nazariy-tajriba tadqiqotlarimiz jarayonida turli xil NADM turlari ishlab chiqildi[6,7,8,9]:
1. Faqat yechish talab etilgan masala, mashq yoki javob berish zarur bo‘lgan savol
shartlarini o‘z ichiga olgan topshiriqli varaqchalar. Bu varaqchalar mustaqil ish berish jarayonini
osonlashtirishga imkon beradi. Ularning samaradorligi shundaki, o‘qituvchi turli o`quvchilarga
turli mustaqil ishlarni taklif eta olishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: