II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija http://interscience.uz/ 275
oshirish, shu bilan birga ularni matematika to‘garaklariga ko‘proq jalb qilish maqsadida
o‘tkaziladi.
Matematikadan ertaliklarni bir sinf bilan yoki parallel sinflarni qo‘shib o‘tkazish mumkin.
Ertalik o‘rta hisobda bir soat davom etishi mumkin. Ertalikni o‘tkazish uchun puxta tayyorgarlik
ko‘rish kerak. Buning uchun eng kamida bir oy oldin o‘qituvchi chuqur o‘ylangan reja tuzib
chiqishi kerak. Shundan keyin o‘quvchilar bilan suhbatlashib, ularga qilinadigan ishlar taqsimlab
chiqiladi. Bu ishga ota-onalarni ham jalb qilish mumkin.
Ertalik dasturini kerakli materiallar (she’r, qo‘shiq, boshqotirma, qiziqarli masala,
matematik o‘yin, konkurs masalalari, viktorina savollari, ishtirokchi personajlar liboslari va
boshqa) tayyor bo‘lgandan so‘ng yana bir marotaba ko‘rib chiqish va muhokamadan o‘tkazish
kerak. Bu muhokamada ertalikni (kecha) o‘tkazish uchun yordam beradigan barchani taklif etish
shart.
Ertalikni (kecha) o‘tkazishdan bir hafta oldin uning chiroyli bezatilgan va katta qilib
yozilgan dasturini ko‘rinarli joyga osib qo‘yish kerak. Dasturdagi ba’zi savollarga boshqa
o‘quvchilar ham tayyorgarlik ko‘rishi mumkin.
Ertalik o‘tadigan xona (zal) iloji boricha ertalikka moslab bezatiladi. Ertalik (kecha)da
ishtirok etgan bolalar fantaziya qilish, mulohaza yuritish, to‘g‘ri fikrlash va gapirishga
o‘rganishadi. Demak, matematikadan ertalik uchun sarflangan vaqt faqat matematik qimmatga ega
bo‘lmay, balki o‘quvchilar uchun umummadaniy qimmatga va tarbiyaviy ahamiyatga ham egadir.
Yuqorida aytib o‘tilgan sinfdan tashqari ishlarda (10 minutlik, viktorina, ertalik va h.k.),
asosan, butun sinf o‘quvchilari ishtirok etsa, matematik musobaqalarda (konkurs, olimpiada)
ko‘pchilik ishtirok etib, g‘oliblar musobaqasi bilan yakunlanadi, ya’ni bu musobaqa bir necha kun
(ko‘pincha 3 yoki 4) davom etadi. 1-turda istagan hamma o‘quvchilar qatnashishi mumkin. Unda
muvaffaqiyatli qatnashgan o‘quvchilar 2-turda qatnashadilar. 2-turdan muvaffaqiyatli o‘tgan
o‘quvchilar 3-turda qatnashish huquqiga ega bo‘ladilar va h.k. 1-turni sinfdagi barcha o‘quvchilar
ishtirokidagi og‘zaki qiziqarli savollar orqali viktorina shaklida o‘tkazish mumkin. Shunda g‘olib
chiqqan o‘quvchilar bilan 2-tur musobaqalar o‘tkaziladi. Shundan keyin parallel sinflar
o‘quvchilari 3-turda kuch sinashadi. Natijada sinf yoki maktab bo‘yicha eng kuchli o‘quvchilar
aniqlanadi.
Matematika fani bo‘yicha devoriy gazetalar o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otadi.
Matematika fani bo‘yicha devoriy gazeta odatda matematika to‘garagi organi hisoblanadi, shu
sababli devoriy gazeta to‘garak a’zolarining kuchi bilan o‘qituvchining bevosita rahbarligida
tayyorlalanadi. O‘qituvchi, devoriy gazetani tayyorlashda mumkin qadar o‘quvchilarning shaxsiy
tashabbuskorligini oshirishga erishishi kerak. Devoriy gazetalar quyidagi bo‘limlardan tashkil
topishi mumkin:
Matematika tarixidan bir shingil;
Sinf o‘quvchilarining matematik hayoti;
O‘quvchilarga o‘qish uchun tavsiya qilinadigan adabiyotlar;
Masalalar (qiziqarli, mantiqiy, konkurs);
Matematik o‘yinlar;
Yumor;
O‘tgan sonlardagi konkurs masalalarining yechimlari va javoblarini redkollegiyaga
topshirgan o‘quvchilar haqida ma’lumot.
Devoriy gazetada matematika faniga hissa qo‘shgan buyuk allomalar haqida qisqa, lekin
maroqli hikoyalar berilishi kerak. Biror alloma haqida hikoya qilinadigan bo‘lsa, uning rasmi va
rasmning tagida bu olim haqidagi, uning ishlari to‘g‘risidagi ma’lumot yoki olim hayotidagi qiziq
voqealar to‘g‘risidagi kichikroq hikoya beriladi. Olim aytgan fikrlarni yoki u haqidagi boshqa
olimlar aytgan so‘zlarni ko‘chirib yozish ham foydali.
Gazetada beriladigan masalalarning shartlari qisqa, tez esda qoladigan bo‘lishi maqsadga
muvofiqdir.
Yuqoridagi fikr-mulohazalardan shuni xulosa qilish mumkinki, turli shakl va uslublardan