II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija http://interscience.uz/ 201
Zoologiyadan labaratoriya mashg‘ulotlarni kompyuter asosida tashkil etish natijasida
quyidagi imkoniyalar yaratiladi:
• Berilayotgan ma’lumot jonli, rangli, ovozli bo‘lishi;
• Tirik hayvonni kesib o‘rganish shart emasligi;
• Har-xil laboratoriya jihozlari talab etilmasligi;
Sinf honasida mashg‘ulot o‘tkazish imkonini paydo bo‘lishi;
• Jarayonni har bir o‘quvchi musrtaqil o‘ganishda o‘ziga hos sharoit yaratadi. Dasturiy-nazorat
vositalari test, topishmoq va boshqotirmalardan dasturlashtirilgan tarzda foydalanish barcha
o‘quv
predmetlarining
asosini
tashkil
etadi.
O‘quvchida
mavzularni
mustahkamlash,o‘zlashtirish sifatini ko‘tarish maqsadida ushbu vositalarni yaratish va tadbiq
etish mumkin. Ular test javoblarini topishi, ball yig‘ishlari va kompyuterning baholash mezoni
asosida baholanishlari ko‘zda tutiladi.
Qo‘shimcha tarzda topishmoq va boshqotirmalarning tavsiya etilishi o‘quvchining
to‘plagan ballarini yanada oshirish uchun xizmat qiladi. Mavjud topshiriqlar va o‘yinlar
o‘quvchining o‘tilgan va ma’lumotga ega bo‘lgan mavzulari yuzasidan tayyorlangan bo‘lib
ma’lum vaqt oralig‘ida javob berishi talab yetiladi.
Tadqiqot davomida o‘quvchilarning mavzuni o‘zlashtirish darajalarini aniqlash maqsadida
ko‘p javobli test topshiriqlari texnologiyasidan foydalanildi. Bu topshiriqlarda javoblar soni ko‘p
bo‘lib ko‘p bilimga ega bo‘lmagan o‘quvchi uchun ancha murakkablik tug‘diradi.
Demak bu dasturlar o‘quvchilarni darslik bilan uzviy bog‘lashga yangi malumotlar olishga
undashi bilan samaraliroqdir deb aytish mumkin. Bu kabi didaktik dasturiy vositalar o‘quvchining
o‘z-o‘zini nazorat qil;ish mustaqil talim olish balki, ularning taffakurini rivojlantirishga ham
alohida xizmat qiladi.
Elektron darslik va elektron o‘quv dasturlari barcha yuqorida ta’kidlangan kompyuter
vositalarining birgalikdagi dasturiy kompleksini tashkil etadi ayni bir mavzu to‘liq bayon etish
uchun ko‘rib chiqilgan kompyuter texnologiyasining tiplaridan dars davomida foydalanish tavsiya
etiladi. Masalan, o‘quvchiga zoologiya fanidan “Bir hujayralilar” sinfi , “Butli o‘rgimchakning
ichki tuzilishi”, “Qushlarning organ sistemasi”, “Qushlarning skelet tuzilishi”, “Suvda hamda
quruqlikda yashovchilarsinfi”, “Umurtqali hayvonlar yembrional taraqqiyoti bosqichlarining
o‘xshashligi”, “Sut yemizuvchilarning ichki tuzilishi” mavzulari haqida ilk tushunchalarni
yetkazib berish maqsadida hayvonning tashqi, ichki tuzilishini aks etiradigan namoishli tasvirlar
taqdimot qilinadi. So‘ngra virtual eksperement-nazariy ma’lumotlarni amaliy mashg‘ulotlarda
sinab ko‘rish imkonini beradi. Unda nafaqat oddiy tasvirlar, shuningdek hayvonning ichki
organlarining faoliyati va o‘rnini tasvirlovchi animatsion tarzdagi ko‘rinishlaridan iborat
materiallar beriladi. Ya’ni laboratoriya mashg‘ulotlarini bevosita kompyuter vositasida bajarish
amalgam oshadi. Chunki zoologiyadan laborotoriya mashg‘ulotlaridagi hayvonning o‘rganish
jarayoni ko‘pincha uning ichki organlari, ko‘payishi va rivojlanishi bog‘liq jarayonlarni kuzatish
imkonini beradi. O‘quvchi tushunmagan atamalar, tayanch ma’lumotlarni o‘rgatuvchi dasturiy
terenajorlar yordamida o‘rganadilar. O‘quvchi undan harflar yordamidagi atamalarni lug‘atiy
ma’nosini anglab olishda foydalanadi. O‘quvchi mavzuni o‘rganib bo‘lgandan so‘ng, nazorat
dasturi asosida uning bilimi ko‘nikmalari tekshiriladi. Bunda, o‘quvchi mavzu yuzasidan tavsiya
etilgan ko‘p javobli test topshiriqlarni yechishga kirishadi.
Yuqoridagi barcha jarayonlar elektron darslik va elektron o‘quv dasturlarining tarkibiy
qismini tashkil etadi va ular uzviy bog‘liq holda qo‘llaniladi.