II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija
http://interscience.uz/
154
Mamlakatimiz hududida juda ko‘p xilma-xil tabiiy boyliklar bor, bu boyliklarni
o‘quvchilarga tushuntirishda tabiiy xaritadan foydalaniladi. Shunday ekan, kimyodan o‘tiladigan
har bir darsda geografik xaritaga asoslanishga to‘g‘ri keladi.
Kimyo o‘qituvchilari darslarini geografik xaritadan foydalangan holda uyushtirsalar, kimyo
fani materialarini puxta tushuntirish bilan birga o‘quvchilarning geografiyadan olgan bilimlarini
ham mustahkamlaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
I.Ismatov, D.Azamatova. Kimyo fanini o‘qitish metodikasi. Toshkent.2018
I.Abdullayev, N.Safarova, I.Xurramov. Geografiya fanini o‘qitish metodikasi.
Toshkent.2018
SAVODXONLIK DARSLARIDA SHOIRA KAVSAR TURDIYEVA IJODIDAN
FOYDALANISH
Sharipova Aziza
Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim fakulteti, Boshlang'ich ta'lim va sport tarbiyaviy ishi
yónalishi, 14-6 BTU17 guruh talabasi
Bir necha yillardan buyon bolalar adabiyotiga o`z hissasini qo`shib kelayotgan 1958-yil 6-
avgustda Toshkent shahri ziyoli oilada tavallud topgan bolalar shoirasi Kavsar Turdiyevaning
ijodiga bir nazar tashlaydigan bo`lsak, uning she`rlari bolajonlarning qalbidan joy olgan. Uning
she`rlaridagi tushunarlilik, soddadillik, quvnoqlik, bolalar diqqatini o`ziga jalb qila olishligi bilan
alohida o`rin tutadi.Misol uchun uning bolalarga bag`ishlab yozgan she`riga e`tiborimizni
qaratsak,
Bolaligim – podsholigim
Eng baxtiyor sanalar
Bu zaminning egalari
Bolalardir, bolalar.
Ayting sizga tatigaymi
Ulkan shahar, dalalar
Bir soniya ko`rinmasak
Biz shirintoy bolalar.
She`rdagi har bir so`z tushunurli, bo`lib, undagi “sanalar”, “dalalar”, “bolalar” kabi so`zlar
she`rning jarangdorligini oshirgan. Shoira serqirra ijodkor bo`lib, u barcha mavzularda qalam
tebratgan.Hattoki u fan o`qituvchilariga atab ham she`rlar yozgan.
Mehnat ta`lim fani o`qituvchisiga
Sotib olib do`konda
Turli randa tasmalar
Ko`ylaklarga tikardik
Go`yo gular bosmalar.
Randalardik randada
Go`yo usta duradgor,
Mehnat darsi mehnatga
O`rgatuvchi madadkor.
Uning ijodidagi bu she`rlardan har bir darslarda samarali foydalanish mumkin. Ilk bor
maktabga qadam qo`ygan yosh bolajonlarga savodxonlik bilimlari berilar ekan, darslarning
qiziqarliligi, tilimizdagi rang-barangliklar o`quvchini diqqatini o`ziga qarata oladi.Alifbe
kitobidagi har bir harflarni bolajonlarga o`tayotganda darslarda shoira Kavsar Turdiyevaning ijodi
orqali ona tili, matematika, o`qish, mehnat fanlari bilan integratsiya qilish mumkin. Uning ijodida
har bir harflar uchun alohida she`rlar mavjud. Nafaqat she`rlari, bil`aks harflar uchun topishmoq
va tez aytishlari ham bor. Bulardan foydalanish esa darslarning jonli tarzda o`tishiga zamin yaratib
beradi. Misol uchun o`qituvchi pedagog darsga yangi mavzu o`tish oldidan o`tiladigan harfga oid
Do'stlaringiz bilan baham: |