Tarbiya: muammo, yechim


Ixtiyarova Iroda Mansurovna



Download 5,04 Kb.
Pdf ko'rish
bet108/317
Sana13.11.2022
Hajmi5,04 Kb.
#865403
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   317
Bog'liq
8-4-PB

Ixtiyarova Iroda Mansurovna
Buxoro shaxar 11-umumta’lim maktabi amaliyotchi psixologi 
Mamlakatimizda kadrlar tayyorlashning dolzarb va katta istiqbolli yo‘nalishlaridan biri 
o‘sib kelayotgan yosh avlod orasidan iste’dodli, qobiliyatli va zukko bolalarni saralash, ularni 
zamonaviy maktablarda boyitilgan, mazmunli dasturlar asosida o‘qitish, ularga keng 
imkoniyatlar yaratib berish va tez fursatda xalq ho‘jaligining turli sohalari uchun malakali 
mutaxassislarni yetishtirishdir. 
Insoniyat o‘zining ijtimoiy taraqqiyot jarayoni davomida tafakkur mahsuli bo‘lgan g‘oya 
ham mulk ekanligini aniq va ravshan anglab yetdi. Intellektual mulk deb ataladigan bu boylik, 
har qanday turli sohalarning turli ko‘rinishida o‘z ifodasini topmasin, bu jamiyat 
taraqqiyotining asosiy omili, ma’naviy va moddiy boyligidir. Shunday ekan, ta’lim 
muassasalari o‘quvchilar orasida asosli ravishda iqtidorlilarni tanlab, ularni layoqati, qobilyati 
va qiziqish yo‘nalishlariga qarab u yoki bu sohaga, kasb – hunarga to‘g‘ri yo‘naltirish ta’lim 
tizimi mutaxasisslarining oldida turgan eng asosiy vazifalaridan biridir. Bu ayniqsa 
umumta’lim maktablarida bolalardan o‘zining u yoki bu shaxsiy sifatlari bilan ishlash 


II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija
 
HTTP://INTERSCIENCE.UZ/ 
10

jarayonida yaqqol ko‘rinadi. Bulardan biri iqtidorli bolalarni saralash, ular bilan ishlash, 
qiziqishlari, qobilyatlarini o‘rganish, iqtidorlikni rivojlantirishdir. 
Ana shu masalalarni hisobga olib, pedagog va psixologlarimizga amaliy yordam berish 
maqsadida o‘quvchilarga turli xil kasb hunarlar haqida ma’lumotlar berish va kasbga 
yo‘naltirish ishlarini amalga oshirishga ko‘maklashish uchun quyidagi psixotrening 
mashg‘ulotlaridan foydalanishni tavsiya etamiz. 
1 mashq “Tanishuv” 
Maqsad: Treningda qatnashish uchun o‘quvchilarni ruhiy moslashtirish, kasblar bilan 
bog‘liq fikrlash tezligini rivojlantirish. 
O‘tkazish qoidasi: Qatnashchilar doira shaklida o‘tirishadi. Trenerning ko‘rsatmasi bilan 
har bir qatnashchi navbat bilan o‘z ismini aytishi va ismining bosh harfi bilan boshlanadigan 
biror bir kasbni qo‘shib aytishi kerak. Masalan Davron –doktor, Farida – farrosh, To‘lqin 
traktorchi va hokozo yoki biror kasbga tegishli bo‘lgan buyumlarni aytish mumkin: Botir – 
bolta, Anvar -avtomobil, Munira- mashina va hokozo. Bu qo‘shib aytilgan narsalar qaysi 
kasbga tegishli ekanligini bolalar birgalikda topadilar. 
2 mashq “Kasblar olami” 
Maqsad: O‘quvchilarga kasb turlari haqida ma’lumot berish. 
O‘tkazish qoidasi: Bu trening ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda trener 
kasblar olami yozilgan plakatni doskaga osib qo‘yadi. Endi har bir o‘quvchi o‘zi yoqtirgan 
kasbni qaysi kasb yo‘nalishiga kirishini va bu kasbning boshqa kasblardan afzal va o‘zi uchun 
qulay tomonlarini imkoni boricha aytib ko‘radi. Agar o‘quvchining bergan javoblari sayozroq 
bo‘lsa trener fikrlarni to‘ldirishga yordam beradi. 
3-mashq “Kasbiy sifatlar” 
Maqsad: O‘quvchilarda ma’lum bir kasbni egallash uchun qanday sifatlarga ega bo‘lish 
kerakligini tushuntirish. 
O‘tkazish qoidasi: Trener turli xil kasblar yozilgan kartochkalarni doira, to‘rtburchak, 
kvadrat, zigzak shaklida qirqib chiqadi va ularni aralashtirib, o‘quvchilarga tarqatadi. 
O‘quvchilar bu shakllarni birlashtirish orqali yana guruhlarga ajraydi. So‘ngra har bir guruh o‘z 
shakllarini birlashtirganda biror bir kasbning nomi paydo bo‘ladi masalan: o‘qituvchi, injiner, 
oshpaz vaxokozo. Endi har bir guruh o‘zlariga tushgan kasb egasi uchun zarur bo‘lgan sifatlarni 
birgalikda topib vatman qog‘ozga tushiradilar masalan: Oshpaz pazanda, ozoda, xushmuomila, 
mehnatkash, yaxshi didli, izlanuvchan vaxokozo. Bu mashqni bajarish davomida o‘quvchilarda 
nafaqat kasblar balki, shu kasblarga xos bo‘lgan fazilatlar haqida ham tushunchalari kengayadi. 
Guruhlar ishni yakunlaganlaridan keyin yana guruh ya’zolaridan bir kishi bajargan ishlarini 
boshqa guruhlarga namoish etadi. Bu mashqda ham boshqa guruh a’zolari tomonidan savollar 
berilishi va qo‘shimcha fikrlar bildirilishi mumkin. 
4-mashq “Havfli daryo ” 
Maqsad: O‘quvchilarga ma’lum bir kasbni egallashda uchrashi mumkin bo‘lgan 
muammolar va ularni yengib o‘tish uchun lozim bo‘lgan ruhiy va jismoniy sifatlarni 
tarbiyalash. 
O‘tkazish qoidasi: O‘quvchilarga besh xil kasbga tegishli bo‘lgan rasmlarni tarqatish 
orqali guruhlarga bo‘linadi. Masalan: oq xalat, shprits, dori yoki ketmon, paxta, qovun 
vaxokozo. Avvalgi guruhlar almashib ketadi. Trener avvaldan tayyorlab qo‘yilgan vatman 
qog‘ozga daryo va uning ikki tarafida yuqoridagi rasmlarga tegishli bo‘lgan kasb nomini 
daryoning bir tarafiga ikkinchi tarafiga bitiruvchi deb yozib qo‘yadi. Endi har bir guruh shu 
kasb egasi bo‘lish uchun o‘quvchiga nimalar halaqit berishi mumkinligini birgalikda topib 
daryoning o‘rtasiga (masalan yaxshi bilim olmaslik, kasbni to‘g‘ri tanlamaslik, shaxsiy 
sifatlarni tarbiyalanmaganligi, iqtisodiy masalalar vaxokozo) yozib chiqadilar. So‘ngra shu 
muammolarni hal qilish uchun nima qilish kerakligini to‘rtburchak shakldagi karchochkalarga 
(masalan: yaxshi o‘qish, izlanish, uz ustida ishlash vaxokozo) yozadilar va bu kartochkalarni 



Download 5,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   317




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish