Tarbiya insonni komillikka eltuvchi ilm sifatida



Download 366,68 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana03.07.2022
Hajmi366,68 Kb.
#735012
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-мавзу.(1-машғулот)

Axloqiy tarbiya. 
Insonning axloqiy hayoti uning axloqiy tarbiyasi bilan 
chambarchas bog‘liq. Zero, axloqiy tarbiya insonning shaxs bo‘lib yetishuvini 
ta’minlaydigan uzluksiz jarayonlardan biri. Unda individ axloqiy qadriyatlarni 
anglab yetadi, o‘zida axloqiy fazilatlarni barqarorligini ta’minlaydi, axloqiy 
tamoyillar va me’yorlar asosida yashashga o‘rganadi. 
Axloqiy tarbiya insoniyat tarixi mobaynida ikki muhim masalaga javob 
izlaydi: bulardan biri – qanday yashamoq kerak, ikkinchisi – nima qilmog‘-u, nima 
qilmaslik lozim. Ana shu savollarga javob izlash jarayoni axloqiy tarbiyaning amaliy 
ko‘rinishidir. Axloqiy tarbiya - bu yosh avlodda insonparvarlik axloqi g‘oyalari va 
tamoyillariga muvofiq qadriyat munosabatlari, yuksak o‘z-o‘zini anglash, axloqiy 
tuyg‘ular va xulq-atvorni shakllantirishning maqsadli jarayonidir. Axloqiy tarbiya 
umuminsoniy tamoyillarni vujudga kelayotgan ongda takror ishlab chiqarishga 
qaratilgan. Inson egallagan har qanday bilim, qobiliyat, ko‘nikma uning uchun 
ahamiyatli bo‘lishi, uning dunyoqarashining bir qismiga aylanishi kerak. Bilimning 
jamiyat manfaati uchun qo‘llashdan iborat ijtimoiy maqsadi axloqiy tarbiya orqali 
amalga oshiriladi
2

Mehnat tarbiyasi
. Bamani inson hayotiy orzularini samarali va matonatli 
mehnat orqali ro‘yobga chiqarishga intiladi. Mehnat tarbiyasi kishiga ishlab 
chiqarish, ishlab chiqarish munosababatlari, jarayonlari va qo‘llaniladigan mehnat 
2
Қаранг: Abdulla Sher Axloqshunoslik. Darslik. – T., – B 312.


qurollari to‘g‘risida bilim beradi, ko‘nikma va malaka xosil qilishiga ko‘maklashadi. 
Mehnat tarbiyasi har tomonlama va yuksak rivojlangan shaxsni tarbiyalashning 
asrlar davomida sinalgan va ishonchli vositasidir.
Mehnat tarbiyasi tarbiya jarayonining mehnatni yuzaga keltiradigan, ishlab 
chiqarish munosabatlari shakllanadigan, mehnat qurollari va ulardan foydalanish 
usullari o‘rganiladigan sohalarni qamrab oladi.
Tarbiya jarayonida mehnat shaxsni shakllantirishining yetakchi omili, 
dunyoni ijodiy o‘zlashtirish usuli, mehnat sohalarida tajriba to‘plash vositasi, 
umumta’lim o‘quv materialini tashkil qiluvchi manba, jismoniy va estetik 
tarbiyaning ajralmas qismi kabi sohalarda chiqishi mumkin.
Tarbiyaga ishlab chiqarish bilan bog‘liq mehnat, ya’ni moddiy boyliklar 
yaratiladigan turi barakali ta’sir ko‘rsatadi. Zero har qanday ishlab chiqarish moddiy 
boyliklar yaratilishi bilalan birga ijodiy mazmunga ega jarayondir. 
Samarali mehnat quyidagilar bilan tavsiflanadi: 
• moddiy natija; 
• tashkilot; 
• mehnat munosabatlari tizimiga jamiyatning kiritilishi; 
• moddiy rag‘batlantirish. 
Aqliy tarbiya 
- deganda tarbiyachilarning o‘quvchilarni aqliy kuchi va 
tafakkurini rivojlantirishga qaratilgan maqsadli faoliyati tushuniladi. 
Tafakkurni rivojlantirish deganda, kshining ob’ektiv borliqdagi predmet va 
voqeliklarni o‘zaro aloqalari va munosababtalrini bavosita va umumlashtirilgan 
xolatda bilish jarayoni, miya faoliyati mahsuli tushuniladi. 
Quyidagi fikrlash turlari mavjud: 
1) mantiqiy; 
2) mavhum; 
3) umumlashtirilgan; 
4) nazariy; 
5) texnik; 
6) reproduktiv; 
7) ijodiy. 
Mantiqiy fikrlash quyidagi xususiyatlar bilan tavsiflanadi: 
1) bilimlarni mantiqiy qayta ishlash usullarini o‘zlashtirish, ya’ni yangi 
ma’lumotlar va ilgari o‘rganilgan material o‘rtasida umumlashtirilgan aloqalarni 
o‘rnatish, ularni ma’lum bir tartibli tizimga keltirish; 
2) tushunchalarni aniqlash qobiliyati; 
3) mulohaza yuritish, isbotlash, rad etish, xulosalar chiqarish, taxminlar 
(gipotezalar, bashoratlar) qilish usullarini o‘zlashtirish. 
Mavhum fikrlash - bu odamning ahamiyatsiz, ikkilamchi, belgilardan 
chalg‘itishi, umumiy va muhimni ajratib ko‘rsatish va shu asosda mavhum 
tushunchalarni shakllantirish qobiliyatidir. 
Umumlashtirilgan fikrlash ma’lum bir hodisalar guruxiga taalluqli umumiy 
tamoyillar yoki harakat usullarini topish qobiliyati bilan tavsiflanadi. 
Nazariy fikrlash quyidagilar bilan tavsiflanadi: 
1) umumlashtirishning yuqori darajasidagi bilimlarni o‘zlashtirish qobiliyati; 


2) u yoki boshqa bilimlar sohalarining rivojlanishining ilmiy asoslari va 
tamoyillarini tushunish. 
Texnik tafakkur ishlab chiqarish jarayonlarining ilmiy asoslari va umumiy 
tamoyillarini, insonning texnologiya bilan ishlashga psixologik tayyorgarligini 
tushunishidir. 
Reproduktiv fikrlash ma’lum turdagi muammoni hal qilish yoki tanish 
sharoitlarda harakatlarni bajarishda bilim va imkoniyatlaridan foydalanish. 
Ijodiy fikrlash - bu shaxsning o‘ziga malum bo‘lgan bilimlar asosida, ularni 
hal qilish uchun zarur bo‘lgan yangi ma’lumotlar, usullar va vositalarni jalb qilgan 
holda amalga oshiriladigan yangi, ilgari noma’lum vazifalarni mustaqil ravishda hal 
qilishdir. 
Aqliy kuchlar degenda ongning rivojlanganligi darajasi tushuniladi, uning 
asosida odam bilimini oshirib boradi, aqliy harakatlarni bajaradi va ma’lum 
intellektual vazifalarni o‘zlashtirishga qodirlik tushuniladi. 
Aqliy tarbiyaning vazifalari quyidagilardan iboraort: 
1) aqliy faoliyatning sharti sifatida bilim zahirasini yaratish; 
2) asosiy aqliy hatti-harakatlarni o‘zlashtirish; 
3) intellektual faoliyatni keltirib chiqaruvchi intellektual qobiliyatlarni o‘zida 
shakllantirish; 
4) dialektik-materialistik dunyoqarashga ega bo‘lish. 
Kishining bilimlar zaxirasini o‘zlashtirishda quyidagilar muhim ahamiyatga 
ega: 
1) kishining maqsadga intiluvchanligi; 
2) uning oldiga qo‘ygan maqsadlari, faolligiga undaydigan sabablar; 
3) umum o‘quv qobiliyatlari; 
4) uzoq muddatli intellektual faoliyatni belgilash. 
Odamning aqliy rivojlanishi va fikrlash qobiliyati quyidagi asosiy aqliy 
harakatlarni o‘zlashtirishinitalab qiladi: 
1) tahlil qilish; 
2) sintez; 
3) taqqoslash; 
4) tasniflash. 

Download 366,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish