yoshdagi bolalarda vujudga keladi. Garchi bu yoshda bola o‘zining shaxsiy
fazilatlarini hali tushuna olmasa-da, uning xatti-harakati kattalarning ijobiy va salbiy
munosabatlariga sabab bo‘lishi mumkinligini tushunadi.
Agar maktabgacha va boshlang‘ich maktab yoshida bola asosan kattalarni
ulaning xulq-atvoriga baholashiga e’tibor qaratsa, o‘smirlik yoshiga o‘tishlarida
tengdoshlar guruhining uning shaxsiy rivojiga ta’siri kuchayadi. O‘zini-o‘zi
tarbiyalashning qulay vositasi bu jamoada har bir bola o‘zining individual
xususiyatlari va moyilligiga qarab o‘z o‘rnini topishiga imkoniyati yaratilsa.
O‘smirlik yoshida bola hulq-atvorida ziga-o‘zi baxo berish ustuvorlik qila
boshlaganida o‘zini-o‘zi bilish, baxo berish, nazorat qilishga intilish yaqqol
namoyon bo‘ldi. Biroq, yetarli darajada ijtimoiy tajriba va psixologik tayyorgarlikka
ega emsligi sababli, o‘smirlar har doim ham o‘z xatti-harakatlari sabablarini to‘liq
tushuna olmaydilar va kattalarning pedagogik yordamiga muhtoj bo‘ladi. O‘z-o‘zini
tarbiyalash darajasi shaxs tarbiyasining natijasidir.
Shaxsni kamol topishga undaydigan omillarga biz ijtimoiy ideallar, axloqiy
andozalar va namunalarni kiritishimiz mumkin. Bu qadriyatlar asosan jamiyatda
shakllanadi. Shuning uchun insoniyat jamiyati tarixining har qanday bosqichida
ijtimoiy muhit kishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishiga erishish juda muhimdir.
• Har bir bolaning, keyinchalik esa yoshning o‘z ijobiy qaxramoni bo‘lishi,
uning hayoti va faoliyati shaxsiy rivojlanishi va doimiy o‘zini takomillashtirib
borishiga undashi kerak.
• O‘sib borayotgan kishiga uning yoshiga mos kladigan bolalar, maktab va
oliy o‘quv yurti jamoasi eng ko‘p ta’sir ko‘rsatadi.
• O‘yin, sport va ijodiy musobaqalarda shaxsni tan olish uchun kurash muhiti
yuzaga keladi.
• o‘qituvchilar, tengdoshlar va qarindoshlarning o‘rnagi va o‘z ustida ishlash
kabilar taqlid qilish va o‘zini-o‘zi takomillashtirishga intilishni rag‘batlantiradi.
• Dam olish joylarida, jamoat transportida, ko‘chalarda va hokazolarda
vujudga kelgan qulay muhit ham tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatadi.
Oila bolaga eng katta tarbiyaviy tasir ko‘rsatuvchi institutdir. Tarbiyaviy
ishning maqsadi va mazmunini tushunish oila hayoti bilan yonma-yon borishi kerak.
O‘quvchilar faolligini o‘z o‘rnida rag‘batlantirish maktab, oila va mahalla
tashkilotlarining hamkorlikdagi faoliyati bilan samarali hal etish mumkin.
Pedagogik o‘zaro ta’sir - bu tarbiyachi va tarbiyalanuvchining tarbiyaviy ish
jarayonida birgalikdagi faoliyati jarayoni va bolaning shaxsiyatini rivojlantirishga
qaratilgan. Bu pedagogikaning asosiy kategoriyalaridan biri, shuningdek, ta’lim
jarayonining ilmiy tamoyilidir.
Xulosa sifatida qayd etish mumkinki, taribyaning usullari, shakllari va
vositalari, agar ulardan to‘g‘ri foydalanilsa, o‘qituvchining natijaga erishish
imkoniyatlarini kengaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: