Tarbiya ijtimoiy-tarixiy zarurat sifatida


O`zbekiston Respublikasida ta`lim sohasidagi islohotlar



Download 95,5 Kb.
bet3/4
Sana10.06.2022
Hajmi95,5 Kb.
#652862
1   2   3   4
Bog'liq
1 - Лекция.Тарбия фани Замира К.К

O`zbekiston Respublikasida ta`lim sohasidagi islohotlar
Mustaqil O`zbekistonda komil inson tarbiyasi davlat siyosatining ustuvor sohasi deb e`lon qilingan. YOsh avlodni tarbiyalash masalasi doimo mustaqil O`zbekiston davlatining diqqat markazida turadi. YAngilanayotgan jamiyatimizning barcha bosqichlarida: g`oyaviy-siyosiy, ahloqiy-tarbiya nuqtai-nazaridan yosh avlodni tarbiyalab voyaga etkazish bilan mustaqil O`zbekistonga lozim bo`lgan kadrlarni tayyorlash va tarbiyalash olib borayotgan ishimizning majmuasidir. Yurtimizda amalga oshirilayotgan ezgu islohotlarning barchasi xalqimiz kelajagini, manfaatlarini ko’zlab amalga oshirilmoqda. Ayniqsa maktab ta`limini rivojlantirish bo`yicha qator ishlar amalga oshirilgan. Prezidentimiz “Farzandlarimiz maktabdan qanchalik bilimli bo`lib etishsa, yuqori texnologiyalarga asoslangan iqtisodiy tarmoqlari shuncha tez rivojlanadi, ko`plab ijtimoiy muammolarni echish imkoni tug`iladi. SHunday ekan, YAngi O`zbekiston ostonasi maktabdan boshlanadi desam, o`ylaymanki, butun xalqimiz bu fikrni qo`llab-quvvatlaydi”, - deya ta'kidlaganidi. Bu borada O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to`g`risida”gi 2019 yil 29 apreldagi PF-5712-son Farmoni muhim ahamiyat kasb etadi.
Uzluksiz ta`lim tizimida “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” tamoyiliga asoslangan milliy qadriyatlarni singdirish zaruriyati

O`zbekiston Respublikasida 1997 yili qabul qilingan “Ta`lim tug`risida”gi Qonun, “Kadarlar tayyorlash milliy dasturi” asosida yurtimizda uzluksiz ta`lim tizimi joriy etildi. 2020 yilil qabul qilingan “Ta`lim tug`risida”gi Qonun asosida uzluksiz ta`limning mazmuni takomillashib bormoqda. Bu tizim asosan “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” tamoyiliga asoslangandir. Yuksalish – harakatni talab qiladi. Demak, milliy g’oyamiz harakatlar mafkurasi bo’ladi. Milliy g’oya odamlarga islohotlar kim uchun, nima uchunligini, ahamiyatini tushuntiradi. Mustaqillik yillarida milliy istiqlol g’oyasi xalqimizning milliy tiklanishiga xizmat qildi. Uzluksiz ta`tim tizimida yoshlarimizni milliy qadriyatlarimiz ruhida har tomonlama rivojlangan komil shaxs sifatida tarbiyalash ustuvor vazifa bo`lib kelmoqda. Bu ishlarni amalga oshirishga doir “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” tamoyili asosida yurtimizni rivojlantirishga doir ikkita strategiya qabul qilindi. Bular:



  1. 2017-yil 7-fevraldagi  2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi. Bu strategiya yurtimizda olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shartsharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida tasdiqlandi.

  2. 2022-yil 28-yanvardagi  2022–2026-yillarga mo`ljallangan YAngi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi.

Strategiya - bu ta’limotni izlash, ifodalash va rivojlantirish tizimi bo’lib, u izchillik bilan va to’liq amalga oshirilganda uzoq muddatli muvaffaqiyatni ta’minlaydi.
XXI asrga kelib strategiya tushunchasi ancha kengaydi. Strategiya deb, dunyo miqyosida va davlat ichki hayotidagi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hamda boshqa sohalarda vujudga kelgan inqiroziy vaziyatlarni prognozlashtirish va bartaraf etishga qaratilgan boshqaruvni tashkil etish masalalariga doir tushunchalarni qamrab oladi. Shundan kelib chiqib, davlat strategiyasi bir biri bilan o’zaro bog’liq, lekin alohida xususiyat kasb etuvchi ko’plab tushunchalarda ifodalanadi. Ushbu strategiyalar asosida yoshlarimizni ma`nan etuk, jismonan bakuvvat va komil shaxs sifatida tarbiyalashning huquqiy poydevori bo`lib xizmat qiladi.


Adabiyotlar

Download 95,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish