Tarbiya fanini o’qitishda xalq og’zaki ijodi na’munalari, tarixiy bitiklar, sharq allomalari merosi, diniy va badiiy adabiyotlardan foydalanish. Reja


Tarbiya fanini o’qitishda xalq og’zaki ijodi namunalaridan foydalanish



Download 107,5 Kb.
bet2/6
Sana01.07.2022
Hajmi107,5 Kb.
#726199
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Tarbiya fanini o’qitishda xalq og’zaki ijodi na’munalari, tarixiy

2. Tarbiya fanini o’qitishda xalq og’zaki ijodi namunalaridan foydalanish. Drama. Yunoncha “drama” so‘zidan olingan bo‘lib, harakat, tanglik, mushkullik ma’nolarini bildiradi. Badiiy adabiyotda “drama” so‘zidagi harakat ma’nosi asos qilib olingan va muayyan voqea-hodisani sahnada harakat orqali ifodalash tushunchasi nazarda tutiladi. Shubhasiz, mazkur harakat orqali so‘z vositasining yetakchiligini inkor qilish mumkin emas. Dramatik asarlarda vaqt, makon cheklangan bo‘ladi. Voqeaning mohiyati drama ishtirokchilarining nutqlari bilan ochiladi.
Xalq og'zaki ijodida dramatik janrlami, Bahodir Sarimsoqov fikricha, og‘zaki drama, kulki - hikoya, qo‘g‘irchoqbozlik, askiya janrlari tashkil etadi. Bu asarlarni ijro qiluvchilar faqat og‘zaki nutqlari bilangina emas, tovush tovlanishi - intonatsiya, yuz, ko‘z, bosh, qo‘l harakatlarini ishga solib ham obraz yaratadilar. Oqibatda, tomoshabin tinglovchilami o'ziga jalb qiladigan teatrlashgan tomosha ko‘rinishi vujudga keladi. Misol uchun Yo‘ldosh A’zamov rejissyorlik qilgan “O’tkan kunlar” badiiy filmidagi Xudoyorxon va Musulmonqul qiyofalari bilan o‘ynalgan qo‘g‘irchoqbozlikni eslashingiz mumkin. Xalq dramasi haqida yaxshiroq tushunchaga ega bolish uchun, Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” romanidagi “Xon ko‘ngil ochmoqchi” va “Qiziqlar”3 bobini o‘qib chiqishingizni maslahat beramiz.
Xalq dramasi qatnashchilari asar mazmunini o‘zlari o‘ylab topadilar. Tomoshaga yig‘ilgan odamlar o‘rtasida qallob qozi, jinoyatchi, jabrlanuvchi, sho‘rpeshona ona yoki xotin, baxtsiz ota, landovur farzand kabi rollarni bajaradilar. Uzoq o‘tmishdan tortib o‘tgan asming o‘rtalarigacha bozorlarda, guzarlarda qiziqchilarning sahna ko‘rinishlarini uyushtirishlari oddiy odat edi.
Askiya esa maxsus so‘z o'yini musobaqasi tarzida to‘ylarda, sayillarda, yig‘inlarda o‘tkazilgan. Askiyabozlar ikki, ba’zan uch-to‘rt guruhga bo'linib tanlangan mavzu doirasida so‘z asos bo'lgan bellashuvlarda kuch sinashganlar. Bunday anjumanlarda askiya ishtirokchilarining turgan joylari o‘z-o‘zidan sahnaga aylanib qolar edi. Tinglovchilar esa askiya jozibasiga mast bo‘lib, qayerda o‘tirganlarini ham bilmay qolar
edilar. Shuning uchun yuqorida qayd etilgan janrlar dramatik tur tarkibini tashkil etgan.
Shunday qilib, xalq og‘zaki ijodidagi asarlarning jins va turlari, ulardagi janrlar tarkibi haqida umumiy fikrga ega bo‘ldik. Endi mazkur janrlaming o‘zaro munosabati yuzasidan eng muhim tushunchalar haqida to‘xtab o‘tamiz. Avvalroq qayd etganimizdek, badiiy adabiyot yaratilish usuliga ko‘ra og‘zaki va yozma ijoddan iborat. Og'zaki ijod yozuv madaniyati shakllanishidan ancha oldin vujudga kelgan. Ammo og'zaki ijodning o'zi paydo bo'lishida qadimgi miflammg o'mi va ahamiyati beqiyosdir. Filologiya fanlari doktori, professor B.Sarimsoqovning chuqur ilmiy tadqiqotida mif xalq og'zaki ijodi asosini tashkil etadi4. Mif badiiy ijod turiga kirmaydi. Chunki unda badiiylik darajasi nihoyatda past bosqichda namoyon bo'ladi. Binobarin, mif xalq og'zaki ijodi tarkibidan o'rin ololmaydi. Lekin og'zaki ijod asarlarining shakllanishida diffusion jarayon amalga oshgan. Diffuziya - lotincha “diffusion” - so'zidan olingan bo'lib, singish, tarqalish ma’nolarini beradi. Molekulalar, atomlar, ionlar va kolloid zarralarining tartibsiz issiqlik harakati natijasida bir moddaning ikkinchi moddaga o'z-o'zidan o'tishi, birining ikkinchisiga “singib ketishi”. Qarangki, aniq fanlardagi diffuzion jarayon mifdan xalq og'zaki ijodi janrlarining paydo bo'lishida bosh omil bo'lgan ekan. Xususan, B.Sarimsoqov shunday yozadi: “Folkloristikada diffuziya termini biror janr, motiv yoki obrazning ikkinchi bir janr, motiv yoki obrazga kirib borishi, singishi natijasida ulaming tabiatida sodir bo'ladigan struktural, semantik hamda funksional o'zgarishlarga nisbatan qo'llaniladi”5. Soddaroq qilib aytganda, mifdan voqea tasviri, yaxshilik va yovuzlik o'rtasidagi murosasiz kurash, obrazning dastlabki elementlari tarkibida asta-sekin afsona; afsona tarkibida ertak; ertak rivoji natijasida doston janrlarining shakllanishi va alohida janr sifatida mustaqil taraqqiy etishini og'zaki ijoddagi diffuziya jarayoni bilan izohlash mumkin bo'ladi. Taniqli folklorshunos olimlar V.Ya.Propp, E.M.Meletinskiy, Z.P.Sokolova xalq ertaklari bevosita mifdan vujudga kelganligini to'liq tasdiqlaganlar.
Taxmin qilish mumkinki, diffuziya tizimi asosida xalq og'zaki ijodidagi yirik hajmdagi epik asarlar shakllangan. Lirik janr qo'shiq, maqol, matal, topishmoq va boshqa kichik janrlar og'zaki ijodning badiiy ijod sifatida shakllanishi jarayonida asta-sekinlik bilan paydo bo'lgan. Maqol va topishmoqlar janri yuzasidan ma’lumot berganimizda, ertak va dostonlardan parcha keltirish bejiz emas. Bugungi kunda har bir asar mustaqil janr namunasi sifatiga ega bo'lsa ham, umuman, og'zaki ijodimiz asarlari matni bilan tanishganimiz sari janrlar o'rtasidagi aloqalar qanchalar uzviy ekaniga ishonch hosil qilib boramiz.
Z.Husainova maqol va topishmoq o'rtasidagi yaqinlik haqida to‘xtab shunday deydi: ‘Topishmoq ma’no va aytilishi jihatdan maqol bo‘lib kelishi mumkin. Bunday maqollar dastlab topishmoq tarzida vujudga kelib, keyinchalik maqolga aylangan. Til haqidagi:
Birovni suydirar,
Birovni kuydirar.
Asaldan shirin,
Zahardan achchiq
topishmoqlari
Suydirgan ham til,
Kuydirgan ham til.

Shirin so‘z - shakar,


Achchiq so‘z - zahar
shaklida maqol sifatida qo‘laniladi”6. Olima bolalar qo‘shig‘i topishmoq bo‘lib kelishi mumkinligini aytib misol keltiradi:
Yomg‘ir yog‘aloq,
Tarvuz yumaloq,
Jaladan qo‘rqmas,
Laqqa baqaloq7.
Janrlar o‘rtasidagi yaqin aloqani bir asaming doston va ertak variant borligidan bilsa ham bo‘ladi. Jumladan, “Tohir va Zuhra”ning doston va ertak variantlari mashhur. Qizig'i shundaki, ertakdan Tohir va Zuhraning qo'shiq tarzidagi aytishuvi ham o‘rin olgan:

Download 107,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish