Test metodi -ijtimoiy fikrni o‘rganish, kichik vaqt ichida biron muammoga javob topish, tahsil oluvchilarning bilim darajasi va fanlami o‘zlashtirish darajasini o‘rganish uchun qo‘llaniladi. Test metodi qisqa vaqt ichida katta hajmdagi ma’lumotga ega bo‘lishga, ulkan auditoriya bilan ishlashga imkoniyat yaratadi. Test sinovlari orqali tahsil oluvchilarning bilimlari qisqa muddat ichida yoppasiga aniqlanadi va baholanadi. Masalan, XX asming o‘rtalarida abituriyent biron bir oliy o‘quv yurtiga kirishi uchun deyarli bir oy mobaynida bir necha fandan imtihon topshirar va ulaming javoblarini kutish uchun ancha vaqt sarflardi. Baholar ko‘p hollarda sub’ektiv qo‘yilar, imtihon qilinayotgan fanlar javoblari birin-ketin chiqarilar, natijada adabiyot shinavandasi birinchi imtihondan natijasi salbiy baholansa, keyingi imtihonga kirish huquqidan mahrum etilardi va shu bois yoshlaming talaygina qismi o‘z sevgan kasbini egallay olmasdi. Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq yoshlarning bilimiga xolisona yondashish, ular iqtidorini yuzaga chiqarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun 1993 yildan e’tiboran abituriyentlaming bilim darajasini baholash uchun bir kunda (1 avgust) va aynan bir xil vaqtda test sinovlari o‘tkaziladi. Test javoblari qisqa muddat ichida tahlil qilinib,ob’ektiv baholanadi. Test metodi orqali yoshlar bilimmi aniqlash ulaming fanlami o‘zlashtirganlik darajasini xolisona baholashga yordam beradi va iqtidorini yorqinroq ifodalashga zamin yaratadi. Test savollarining o‘rni va ulaming mazmunan rang-barang qilib tuzilishi, ko‘p variantda qo‘llanilishi tadqiq qilinayotganlaming mustaqil fikrlarini o‘stiradi, kelajakni real baholash qobiliyatini taraqqiy ettiradi. Ilmiy tadqiqotlarda test, so‘rovnomalar metodi etakchi bo‘lib hisoblanadi. So‘rovnoma - anketa metodi qo‘llanilganda yaratilgan ilmiy farazning yangiligini bilish, aniqlash, tadqiq qilinuvchilaming yakka yoki guruhli fikrlari, qarashlarini o‘rganishga imkon yaratiladi; qanday kasblarga qiziqishlarini, kelajak orzu-istaklarini bilish va tegishli xulosalar chiqarish, tavsiyalar berish maqsadida o‘tkaziladi. Test, anketa savollarini ishlab chiqish murakkab ilmiy jarayondir. Pirovard natijada tadqiqot natijalarining ishonchliligi anketalar mazmuniga, berilayotgan savollar shakliga, to‘ldirilgan anketalar soniga bog‘liq bo‘ladi. Odatda test savollarining ma’lumotlarini kompyuterda matematik- statistika metodlari bilan ishlov berishga imkon beradigan qilib tuziladi. Bolalar ijodini o‘rganish. Bolalar ijodini o‘rganish ko‘p qirrali jarayondir. Bunda ta’lim va tarbiya maskanlari tarbiyalanuvchilarining o‘ziga xos individual tartibdagi faoliyatlari tahlil qilinadi, muayyan xulosalarga kelinadi. Ularming turli yozma ishlari, daftarlari, tutgan kundaliklari, she’r va hikoyalari, hayotiy rejalari, insholari, turli yozma hisobotlari, chizgan rasmlari, haykaltaroshlik ishlari, bastalagan kuylari, yozgan va ijro etgan qo‘shiq va raqslari ulaming dunyoqarashi va ma’naviyatini o‘rganish uchun manba bo‘lib xizmat qiladi. Bu metod orqali yoshlar orasidan iqtidor egalari, noyob qobiliyatga ega bolalar ajratib olinadi. Ayniqsa, bizning respublikamizda mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq iqtidorli yoshlami aniqlash, ulaming qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida salmoqli ishlar amalga oshirilayapti. Bugungi kunda iqtidorli yoshlanmiz jahon mamlakatlarining fan olimpiadalarida, turli ko‘riklarda (sa’nat, musiqa va boshqa), sport maydonlarida o‘zlarining iqtidorini namoyish qilishmoqda, zehn va bilim, kuch va chaqqonlik, shijoat va g‘ayrat bobida dunyodagi boshqa millatlardan kam emasligini namoyish qilishmoqda, g‘olibliklarni qo‘lga kiritishmoqda. Ta’lim va tarbiya muassasalarida iste’dodli, iqtidorli yoshlar aniqlanib, ular bilan alohida ish olib borilmoqda. Bolalar ijodi fan olimpiadalari, mavzular bo‘yicha ko‘rgazmalar, qo‘shiq va raqs tanlovlari, maktablar bo‘yicha viktorinalar, musobaqalar, sayohatlar va boshqalarda namoyon bo‘ladi. Tajriba-sinov metodi - tajriba- («eksperiment» so‘zi lotincha «sinab ko‘rish», «tajriba qo‘yish» ma’nosini anglatadi) tajriba ishlari, asosan ta’lim -tarbiya jarayoniga aloqador ilmiy faraz yoki amaliy ishlaming tadbiqiy jarayonlarini tekshirish, aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Tajriba-sinov metodi sharoitga qarab 3 xilda o‘tkaziladi:
1.Tabiiy tajriba, 2. Laboratoriyaviy tajriba, 3. Amaliy tajriba.
Pedagogik diagnostikada tadkikotlarni tashkil qilish. Ilmiy-pedagogika tadkikotlarining tarkibi, unga ilmiy izlanishlaming u yoki bu elementini kiritish bilan bog‘lik ravishda har xil o‘zgarishlami boshdan kechirdi. Ilmiy-pedagogik tadqiqotlar tarkibini birmuncha umumlashgan ko‘rinishda tasvirlash mumkin. Ilmiy pedagogika tadqiqotlarini tashkil qilishda ma’lumotlami yig‘ish, xulosalarni jamlash, tadqiqot bo‘yicha miqdoriy tahlil o‘rtacha miqdoriy raqamlami aniqlash, ilmiy faraz, xulosalaming to‘g‘riligini ta’minlovchi ma’lumotlami yig‘ish: (buning uchun turli xil metodlar qo‘llaniladi); ta’lim -tarbiya jarayoniga oid ishchi farazni ilgari surish, uni nazariy va amaliy jihatdan sinovdan o‘tkazish maxsus metodikasini ishlab chiqarish va boshqalar muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotchi o‘zi tadqiq etayotgan predmet yoki hodisalami o‘rganishda ilmiy bilishning turli metodlaridan foydalanish asosida ma’lum yangi bilimlarni hosil qiladi. Bu yangi bilimlar o‘zlarining paydo bo‘lishidan, to insoniyatning nazariy bilimlari tizimlari - fanlarga kirib kelishgacha, har xil ko‘rinishlarda bir qancha taraqqiyot bosqichlarini bosib o‘tadi. Ilmiy tadqiqot asosida paydo bo‘lgan yangi bilimlaming rivojlanishidagi turli ko‘rinishdagi bu bosqichlar ilmiy bilishning shakllari deyiladi. Ilmiy bilish bunday shakllarining asosiylarini ilmiy g‘oya, muammo, faraz, nazariya va ilmiy oldindan ko‘rishlar tashkil qiladi. Ilmiy g‘oya ilmiy bilishning birinchi shaklidir. Diagnostikada so‘rov metodlari. Pedagogik diagnostikada turli og‘zaki so‘rov metodlari mavjuddir. Nostandart intervyu ko‘proq birinchi sinov qadamini eslatadi. Bunda muammoni aniqlash, axborot to‘rlash rejasining asosiy holatlarini yana bir bor tekshirib ko‘rish va tadqiqot ob’ektini aniqlash zarur. Intervyu o‘tkaziladigan mavzu tanlangach, uni olib boruvchi faqat oraliq savollar yordamida mavzuni kerakli yo‘nalishga buradi. Javob beruvchi o‘zining qarashlarini o‘ziga qulay shaklda bayon qilish uchun keng imkomyatga ega bo‘ladi. Bu erkin shakl intervyu oluvchiga katta talab yuklaydi. Savol-javob jarayoni savol beruvchi va intervyuchi orasida bir-biriga ishonch tariqasida o‘tkazilsa, savollarga olingan javoblar shunchalik to‘liq va samimiy bo‘lishi ta’minlanadi. Savollar javob beruvchida qiziqish uyg‘ota olishi kerak. Intervyu oluvchi iloji boricha neytral pozitsiyada bo‘lishi shart, chunki uning vazifasi pedagogika, psixologiya yoki axloq normalari nuqtayi-nazaridan ma’lumot berishdan emas, balki ko‘proq axborot olishdan iborat. Javob beruvchilar past yoki o‘rta ma’lumotga ega kishilar bo‘lishidan qat’i nazar, intervyuchi savollarni oqilona, savodli, nazokatli qilib tayyorlashi kerakki, bu tinglovchida ishonch tug‘dirishga asos bo‘ladi. Kamtarona va nazokatli tuzilgan savollardan samimiy javobni kutish mumkin, aksincha, demagoglarcha, safsatabozlikdan tashkil topgan savollardan quruq va hissiz javoblar olinadi. Ayrim hollarda tarbiyalash jarayoni haqida ota-onalar ko‘p gapirib yuborishlari mumkin, bu intervyuchidan sabr-toqatlilikni talab qiladi. U savollarni iloji boricha mohirona berib, ancha cho‘zilib ketgan javobni qisqartirishi va tadqiqot uchun zarur bo‘lgan axborotni eshitishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |