Tarbiya diagnostikasi va korreksiyasi


Bola rivojlanishidagi nuqsonlarni diagnostika qilishda korreksion ishlar tamoyillari va metodlari



Download 142,97 Kb.
bet12/35
Sana22.03.2022
Hajmi142,97 Kb.
#505408
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   35
Bog'liq
Magistr Maftunaga

2.Bola rivojlanishidagi nuqsonlarni diagnostika qilishda korreksion ishlar tamoyillari va metodlari.

Rivojlanishida kamchiliklar bo‘lgan bolalar maxsus, korreksion-rivojlantiruvchi ta’lim va tarbiyaga muhtoj bo‘ladilar. Anomal bolalarga yondashishda u yoki bu nuqsonni aniqlash emas, balki uning xususiyati, tuzilishi, bolani tegishli muassasaga joylashtirish, korreksion ishlarni amalga oshirishda alohida ahamiyatga ega bo‘lgan sonli va sifatli ko‘rsatkichlarini aniqlash muhimdir. Anomal bolalarni maxsus muassasalarda o‘qitish va tarbiyalash, shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida korreksion – rivojlantiruvchi sinflarni tashkil etish masalasi bilan psixologik-tibbiy pedagogik komissiyalar (PMPK) shug‘ullanadilar. Bu borada mutaxassislarning quyidagi tamovillarga amal qilishlari maqsadga muvofiqdir:


1. Insonparvarlik tamoyili har bir bola uchun o‘z qobilyatlarini maksimal darajada rivojlantira oladigan zarur sharoitlarni o‘z vaqtida yaratib berishdan iborat bo‘lib, u bolani izchil va batafsil o‘rganish, uning yo‘lida uchraydigan qiyinchiliklarni yo‘qotish yo‘llari va vositalarini izlashni talab etadi.
2. Bolalarni kompleks o‘rganish tamovili bolaga tashhis qo‘yishda zarur mutaxassisliklar (tibbiy, defektologik, psixologik va pedagogik) bo‘yicha olingan ma’lumotlarga tanishni nazarda tutadi. Agar shifokor, defektolog, psixolog va pedagoglarning fikrlari turlicha bo‘lsa, bola qayta tekshiruvdan o‘tkaziladi.
3. Bolani har tomonlama va yaxlit o‘rganish tamovili bolaning idrok etish, emotsional-irodaviy sifatlari va xulqini tekshirishni ko‘zda tutadi. Unga ko‘ra bolaning rivojlanishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan jismoniy holati ham hisobga olinadi. Bolani har tomonlama va yaxlit o‘rganish uning o‘quv, mehnat va o‘yin kabi faoliyati jarayonidagi harakatlarini kuzatishga asoslanadi.
4. Bolani dinamik o‘rganish tamoviliga binoan tekshirish davomida ular biladigan va bajara oladigan ishlarni emas, balki ularning o‘qitishdagi imkoniyatlarini ham hisobga olish muhim ekanligini nazarda tutadi. L.S.Vigotskiyning “yaqin rivojlanish zonasi” — bolalarning o‘qishdagi mavjud imkoniyatlari haqidagi ta’limoti mazkur tamoyilning asosini tashkil qiladi.
5. Sifativ-miqdoriv vondashuv tamovili bola bajargan topshiriqni baholashda yakuniy natijanigina emas, balki usuli, masalani yechish uchun tanlangan yo‘lning ratsionalligi, harakatlarning mantiqiy ketma ketligi, maqsadga erishishdagi qat’iylik va tirishqoqlikni ham hisobga olish zarurligini asoslaydi.
6. Ma’lum turdagi patologivali bolalarni boshqa bolalar guruhlaridan ajratish tamovili har bir maxsus ta’lim muassasasi o‘zi qoidalariga egaligini tavsiflaydi.
7. Rivojlanishida mavjud bo‘lgan chetlanishlar darajasiga ko‘ra differensatsivalashtirilgan ta’limni tashkil etish tamovili rivojlanishida bir xil, lekin darajasiga ko‘ra turli chetlanishga ega bolalarni ajratgan holda o‘qishlarini nazarda tutadi, binobarin, ulami o‘qitish metodikasida sezilarli farqlar mavjud (masalan, ko‘zi ojiz bolalar taktil asosda (Brayn tizimi bo‘yicha), yomon ko‘ruvchilar esa ko‘rish asosida o‘qitiladi).
8. Yoshi tamovili har bir guruh yoki sinfga ma’lum yoshdagi bolalarning qabul qilinishini ifodalaydi. Turli yoshdagi rivojlanishida nuqsonlar bo‘lgan bolalarni tekshirish va ularga korreksion yordam ko‘rsatish malakali mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. PMPKning tarkibida quyidagi mutaxassislar faoliyat ko‘rsatadilar: pedagog, psixolog, shifokor, psixiatr, nevropatolog, otolaringolog, ortoped, oftalmologlar, oligofrenopedagog, surdopedagog, tiflopedagog hamda logoped. PMPK ishlariga defektologik ta’lim va anomal bolalar bilan ishlashda amaliy tajribaga ega mutaxassis rahbarlik qiladi.
Psixologik-pedagogik tekshirishlar quyidagi metodlari yordamida tashkil etiladi:
1. Suhbat metodi. Suhbat bola bilan aloqa o‘rnatish vositasi bo‘lib, anomal bolaning shaxsi, emotsional-irodaviy sifatlari, xulqi, shuningdek, rivojlanishidagi chetlanishlarning sabablari haqidagi ma’lumotni to‘plashga imkon beradi. Agarda bolaning nutqida, eshitish qobiliyatida nuqsonlari bo‘lsa, yoki munosabatga qiyin kirishsa suhbatni tashkil qilish tavsiya etilmaydi. Bunday hollarda bolani qiziqtiradigan ko‘rgazmali materialdan foydalanish mumkin.
2. Kuzatish metodi. Kuzatish bolaning konsultatsiyaga kelishidan avval boshlanadi va yaxlit tekshirishlarni o‘tkazish jarayonida davom ettiriladi. Kuzatish har doim aniq maqsad asosida o‘tkaziladi. Bolani o‘yin faoliyatini tashkil etish jarayonida kuzatish alohida ahamiyatga ega, ular bola bilan aloqa o‘rnatishga imkon beradi. Ayrim hollarda o‘yinchoqlar yordamida maxsus tekshirishlar o ‘tkaziladi.
3. Rasmlarini o‘rganish metodi. Rasmlar bolani o‘rganishda muhim differensial-diagnostik vosita hisoblanadi. Bolada pedagog tomonidan tavsiya etilgan rasmlar xavotir uyg‘otsa, bolaga erkin rasm chizishni taklif etish maqsadga muvofiqdir. Uning mavzu tanlay olishi, tasvirlash xususiyatlari, rasm chizish jarayoni yakuniy tashhis uchun qimmatli ma’lumot hisoblanadi. Aqli zaif bolalar odatda mavzuni tanlashga qiynaladilar, ular sujetlar yaratmay, alohida odatiy predmetlarni tasvirlashga harakat qiladilar.
4. Tajriba-psixologik tadqiqotlar metodlari. Ular maxsus o‘rganilishi kerak bo‘lgan psixik jarayonni qo‘zg‘atuvchi malum vaziyatlarni yaratishni ko‘zda tutadi. Tajriba metodikalari yordamida u yoki bu holatlarning sabablari va mexanizmlarini ochib ko‘rsatish mumkin bo‘ladi.
5. Testlar metodi. Bu metod bollarning psixodiagnostik maqsadlarda tekshirishda qo‘llaniladi. D.Veksler tomonidan asoslangan moslashtirilgan test ommaviylashgandir. Undan foydalanish individual psixologik tekshirishlarni o‘tkazishda bola haqida zarur qo‘shimcha ma’lumotlarni olishga imkon beradi.
O‘smirlik davrida o‘quv fanlarini turli o‘qituvchilar tomonidan o‘qitish munosabati yuzaga keladi. Bu orqali ularda kattalar shaxsi va faoliyatini baholashning yangi mezonlari shakllana boshlaydi. Masalan, bilimli, talabchan, haqqoniy, o‘quv materialini qiziqarli va tushunarli yo‘l bilan yetkaza oladigan o‘qituvchilarni ajratmaydilar, balki ularni ko‘proq hurmat qiladilar, yaxshi ko‘radilar va ular bilan bo‘ladigan munosabatlariga ham katta e’tibor beradilar. 10-15 yoshli bolalaming faoliyat motivlarida ham o‘zgarishlar amalga oshadi.
Ilk o‘smirlik davrida ko‘pchilik yoshlar o‘zlariga shaxsiy xarakteristika beradilar. Katta bo‘lgan sari ularning o‘z-o‘ziga bergan bahosi differensial xarakterda (xulqatvor, ijtimoiy vaziyatlarda o‘zini tutishi va ayrim xatti-harakatlar) namoyon bo‘la boshlaydi. Pedagogika oliy o‘quv yurtida bo‘lajak o‘qituvchilami psixologik-pedagogik jihatdan tayyorlashni takomillashtirish talabalardagi o‘z kasbiga boigan psixologik qarashni qayta qurish hamda “ideal o‘qituvchi” obraziga tayangan holda olib borilishi zarur. Kasbiy faoliyat bo‘lajak o‘qituvchi shaxsini rivojlantirishning asosiy vositasi ekanligi sababli talabalaming uzluksiz amaliyotda qatnashish jarayonim sifat va miqdor jihatdan kuchaytirish lozim. Talabalar bilan ta’lim-tarbiya ishlarini rejalashtirishda ularning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish zarur. Ayrim hollarda ichki va tashqi vositalar, omillar ta’siri ostida uning ruhiy dunyosiga umidsizlik, ruhiy parokandalik kayfiyati, istiqbolga ishonmaslik, ikkilanish, hadiksirash kabi salbiy his-tuyg‘ular namoyon bo‘ladi. О‘z shaxsiyatiga nisbatan ichki ishonmaslik, o‘qishga nisbatan esa salbiy munosabatning kelib chiqishi talaba ruhiyatida keskin tushkunlikni keltirib chiqarishi mumkin. Buning oqibatida ayrim yoshlar o‘ta zararli oqimlarga – aqidaparastlik, terrorchilik illatlariga qo‘shilib qolishi, giyohvandlik, ichkilik, qimorbozlik, turli jinoyat ishlari kabi jirkanch yo‘llarga kirib qolishlari mumkin.

Download 142,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish