50
III bob. Hushyorlik va ogohlik
Aqlni charxlash uchun savol va topshiriqlar
13-MAVZU: INSON UMRI ...
1. Inson hayoti va sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi
qanday omillar bor,
sanab be
ring.
2. Inson qanday yo‘llar bilan o‘z sog‘lig‘iga zarar yetkazib
qo‘yishi mumkin?
3. Giyohvand modda va tamaki mahsulotlarining inson
salomatligidagi salbiy oqibatlarini tasavvur eta olasiz-
mi?
4.
Ota-bobolarimiz tomo
nidan aytilgan tirik jonga ozor
bermaslik haqidagi maqol va hikmatlarni eslang.
Mulohaza uchun
Har bir din o‘z ta’limotida zo‘ravonlik, shafqatsizlik, o‘ziga va
o‘zgalar joniga qasd qilish, tinch aholiga
zulm yetkazish va qon
to‘kishni qat’iyan taqiqlaydi.
Buddaviylik
da o‘z joniga qasd qilish insonning ha
yotga nis-
batan qilgan noshukurligi sifatida baholanadi.
Xristianlik
dinining
pravoslav
yo‘nalishida o‘z joniga qasd
qilish og‘ir gunohlardan sanaladi. Mazkur ishga qo‘l urgan ki-
shining dafn marosimida marsiya (otpevaniye) o‘qilmaydi. Agar
o‘z
joniga qasd qiluv
chining aqli noraso bo‘lsa, bundan mustas-
no. Bu din vakillari
o‘z joniga qasd qilganlarni «nopoklar» deb
ataganlar. Bunday kishilarning ruhi tiriklarga ozor beradi, balo
keltiradi, azobga qo‘yadi, deb ishonganlar.
Islom dini ta’limotiga
ko‘ra, hayot ne’mati
insonga Alloh
tomonidan beriladi. Bu ne’matning qadriga yetish, har soat, har
daqiqada xayrli va savobli ishlarni qilish talab etiladi.
#HGXUWPBX]
51
Tarbiya, 7-sinf
Ijodiy faoliyat
1. Rasmlardagi narsalarga nima uchun taqiq belgisi qo‘yilgan?
2. Ularning inson salomatligiga qanday salbiy ta’siri bor?
3. Fikrni davom ettiring:
x
Tibbiy madaniyat bu – ...
x
Sog‘lig‘iga zarar bo‘ladigan ishlarni bajarish ...
x
Salomatlikka e’tibor bermaslik ...
x
Tibbiy madaniyatga rioya qilmaslik ...
4. Ichkilikbozlik,
giyohvandlik, kashandalikni o‘z joniga qasd
qilish deb atash mumkinmi?
5. Sizning gigiyena qoidalariga rioya qilishingiz atro
¿
ngizda-
gilarga qanday ta’sir ko‘rsatishi mumkin? Salbiy ta’sirlarni oldini
olish uchun qanday qoidalarga amal qilasiz?
Gigiyena qoidalari
ro‘yxatini tuzing.
6. Akmal qattiq tumov bo‘lib qoldi. Maktabga kelganida mak-
tab hamshirasi unga niqob taqish lozimligini aytib, tezda shifo-
korga ko‘rinishi zarurligini ta’kidladi. Akmal bu gapga e’tiborsizlik
qildi.
Natijada, hafta davomida isitmalab uydan chiqa olmadi.
Akmal qanday xatolarga yo‘l qo‘ydi va uning oqibati nimaga
olib keldi?
Ayni kunda sayyoramizda 1,1 milliard nafar kashanda bor.
Har yili ularning 6 million nafari kasalliklarga chalinib, hayot-
dan ko‘z yumadi. Tamaki tarkibidagi 400
turdagi zaharli unsurlar
o‘pka sili, og‘iz va tomoq bo‘shlig‘idagi hujayra to‘qimalarining
zararlanishi, tishlarning sarg‘ayishi, ko‘z nurining yo‘qolishi,
yurak-qon tomirlarining torayishi, oshqozon-ichak saratoniga sa-
bab bo‘ladi.
?
?
?
?
?
? ?
?
?
?
?
?
Do'stlaringiz bilan baham: