Tarbiya, 7-sinf
Asirlar och bo‘lsalar-da, nonga o‘zini otmadi. Ular orasidagi
eng yoshi borib nonni qo‘liga oldi. Peshonasiga surtib o‘pdi va
nonni yoshi katta asirga uzatdi. Qolgan asirlar chordona qurib
o‘tirishdi. Yoshi katta asir shoshmasdan nonni qo
shiq bilan 101
bo‘lakka bo‘lib uzatdi. Asirlar non bo‘laklarini eng orqa qator-
da o‘tirganlarga qo‘lma-qo‘l uzata boshladilar. 101 askar nonni
xotirjamlik bilan chaynab-chaynab yutishdi. Ularning og‘zidan
chiqqan «Xudoga shukr», degan so‘z bu voqeaning eng yuqori
nuqtasi bo‘ldi.
O‘zbek askarlari bilan sodir bo‘lgan voqea mamlakat bo‘ylab
tez tarqaladi. Uni eshitgan mahalliy aholining ruhi ko‘tarilib, va-
tanparvarligi jo‘shib ketadi. «Non voqeasi» sahnasi kutilgan na-
tijani bermagach, o‘zbek yigitlari qiynoqda saqlanadi, og‘ir ish-
larga jalb qilinadi. Ularga tibbiy yordam ko‘rsatish man qilinadi.
Oqibatda, 24 o‘zbek askari vafot etadi. 77 nafari esa qatl eti-
ladi. Ham ruhan, ham jismonan og‘ir qiynoqlarga solinsa-da,
mag‘rur boshini dushman poyiga qo‘ymagan, oxirgi nafasigacha
bir-birini suyagan o‘zbek askarlarining matonati golland xalqining
hurmat-ehtiromini qozondi. 101 nafar o‘zbekistonlik askarlarga
alohida hurmat ko‘rsatilib, 9-aprel kuni Xotira marosimi sifatida
belgilandi.
1. 101 nafar o‘zbek harbiy asirlari qanday qilib fashizm
ustidan qozo
nilgan g‘alabaga hissa qo‘shdi?
2. Nima deb o‘ylaysiz, nima uchun hech kim nonga
tashlanmadi?
3. O‘zbeklardagi qaysi insoniy fazilatlar mahalliy aho-
lining ruhini ko‘
tarib, vatanparvarligini mustahkam-
ladi?
Bilimingizni mustahkamlang

ustidan qozo nilgan g‘alabaga hissa qo‘shdi?
2. Nima deb o‘ylaysiz, nima uchun hech kim nonga
tashlanmadi?
3. O‘zbeklardagi qaysi insoniy fazilatlar mahalliy aho-
lining ruhini ko‘
tarib, vatanparvarligini mustahkam-
ladi?
Do'stlaringiz bilan baham: