Tarash jarayoni haqida tushuncha
Tarashning maqsadi - tolalarning piltalash va boshqa mashinalar cho’zish asboblarida yakka xolda xarakatlanishini ta`minlab bir tekis, ravon maxsulot olishdir.
Tarashning moҳiyati - paxta tutamchani alohida tolalarga ajratish, ular tarkibidagi mayda yopishqoq xas cho’p, nuqsonlar va kalta tolalarni ajratish, tolalarni mahsulotda qisman orientatsiyalash.
Tarash usullari - karda tarash, qayta tarash.
Tarash mashinalari - shlyapkali, valikli va momiq tarash mashinalariga b’linadi.
Shlyapkali tarash mashinalari karda va qayta tarash tizimlarida paxta tolasini tarash uchun qo’llaniladi. Valikli tarash mashinalari jun, lub tolalarini tarashda va paxta tolasining apparat tizimida boshqa uzun tolalar bilan aralashmasini tarashda ishlatiladi.
Shlyapkali tarash mashinasi. Shlyapkali tarash mashinasining asosiy vazifasi tarash jarayonini amalga oshirishdir. Shlyapkali tarash mashinasi ta`minlash uslubi, ta`minlash, қabul barabani қismlari, asosiy tarash zonasi xsusiyatlari (barabanlar soni, shlyapkalarning xarakatlanish yўnalishi, barabanlar diametrlari, қўshimcha tarash қoplamalari), taramni ajratish usuli, avtorostlash usuli va shunga ўxshash tomonlari bilan bir-biridan farқlanadi.
Shlyapkali tarash mashinasining yangi avlodi bir қator xususiyatlarga egadir. Bular - ta`minlash bunkerining kўp қismliligi, ta`minlash stolchasining tsilindr ustida joylashishi, қabul barabanining uchtaligi va boshқa bir қator konstruktiv ҳamda texnologik afzalliklargaga egadir. Eng asosiysi yuқori unumdorlikda talab darajasidagi sifat kўrsatkichlarini ta`minlashdir. Shlyapkali tarash mashinasining texnologik sxemasi 10-rasmda kўrsatilgan. Paxta tolasi bўlakchalari yuқori bunkerga tushadi. Sўngra ўrta bunkerga ўtib, қuyi bunkerda ventilyator 1 yordamida zichlashib, қatlam ҳolida taminlovchi tsilindr 2 ga uzatiladi. Uning yonida ўrnatilgan sezgir element-sensofeddan, uruvchi pichoқ 4 dan ўtib, uchta қabul barabani 5 ning birinchisiga, ikkinchisiga va uchinchisiga ўtib, bosh baraban sirtiga ўtadi. Tola қabul barabanlarida taralib aloҳida tolalarga ajratiladi, xas-chўplar, kalta tolalardan tozalanadi. Bosh baraban 10 ga ўtgan tolalar қўzғalmas tarovchi segmentlardan ўtib shlyapka polotnosi 9 ga keladi.
3.18-rasm. Shlyapkali tarash mashinasining texnologik sxemasi
1-bunkerli ta`minlagich, 2-ta`minlovchi tsilindr, 3-sensofeed, 4-yўnaltiruvchilar, 5-webfeed, 6-dastlabki қўzғalmas segmentlar, 7-tola tozalash moslamasi, 8-baraban segmentlari, 9-shlyapka polotnosi, 10-baraban, 11-suruvchi moslamalar, 12-ajratuvchi,
13-tozalochi valik, 14-ajratuvchi valik, 15-ezuvchi vallar, 16-webspeed, 17-pilta uzatuvchi vallar, 18-taz
Tola tutamchalarining taralmagan mayda қoldiқlari bosh baraban bilan shlyapka polotnosi orasida taralib aloҳida tolalarga ajraladi. Shu zonada kalta tolalar va mayda yopishқoқ iflosliklar ajratilib, shlyapka garniturasiga yopishib tarandini tashkil etadi. U chiқindi sifatida shchyotka 7 bilan tozalanib olinadi. Аsosiy tarash zonasidan chiққan tolalar қўzғalmas segmentlar 11 dan ўtib, ajratuvchi baraban 12 sirtiga tushib tўplanadi. Undan tolalar ma`lum қalinlikdagi yupқa maҳsulot-taram ajratuvchi 14, uzatuvchi 15 valiklar yordamida echilib varonka 16 dan valiklar 17 yordamida ўtkaziladi. Ҳosil bўlgan maҳsulot pilta toz 18 ga gipotsikloida chiziғi bўylab taxlanadi.
Tarash mashinasining ishchi organlari garnitura deb ataluvchi maxsus sirt bilan қoplanadi.
Tarash mashinalari ishchi қismlarini қoplash uchun қattiқ, elastik va yarim қattiқ garniturlar ishlatiladi.
Potok liniyalarda paxta tolasi tarash mashinalariga maxsus қurilmalar yordamida taқsimlanadi. Ular ikki xil aylanma va bir tamonlama bўladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |