10-umumiy o’rta ta’lim maktabi 10”B” sinf o’quvchisi Turdimuhammedova Durdona
So’nggi qo’ng’iroq jarangi
25-may mamlakatimizda o’quv yilining so’nggi kuni, ushbu sanada maktab bitiruvchilarining “So’nggi qo’ng’iroq” tadbirlari o’tkazilishi an’anaga aylanib ulgurgan.
Mazkur o’quv yilida maktabimizni 107 nafar 11-sinf, 123 nafar 9-sinf o’quvchilari tamomlamoqda. Ularning dil so’zlariga quloq tutamiz:
Irodaxon Ibrohimova. Maktabning 9 “D” sinf o’quvchisi:
Inson hayotining eng nurli nuqtalaridan biri bo’lgan bu jarayon har qaysi bitiruvchiga quvonch va allanechuk mas’uliyat yuklaydi. Orzular ijobati uchun amaliy qadamlar tashlashga qo’ng’iroq chalinadi go’yo.
Katta hayot ostonasida turar ekanmiz, vatanimiz va ustozlarimiz ishonchini oqlashga bor kuchimiz bilan intilishga va’da beramiz.
11”B” sinf o’quvchisi, matematika bo’yicha viloyat olimpiadasi ishtirokchisi:
Erishgan yutuqlarimda ustozlarimning mehnati katta albatta. Shaxsiy hayot, buyuk kelajak sari odimlar ekanmiz barcha ustozlarimizga o’z minnatdorchiligimni bildiraman. Tengdoshlarimga qaysi kasb egasi bo’lishlaridan qat’iy nazar o’z kasbining ustasi bo’lib, jamiyatda o’z o’rinlariga ega bo’lishlarini tilab qolaman.
Bugungi kunda barcha bitiruvchilarimiz yakuniy nazorat imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirib, mustaqil hayot sari qadam tashlamoqdalar.
Aziz bitiruvchilar!
Sunday yashangki, yillar o’tsa ham “bizni o’quvchimiz” degan faxr bilan eslaylik.
Maktab ma’muriyati nomidan barcha bitiruvchilarga mustaqil hayotda oq yo’l, baxt va saodat, Vatan ravnaqi, el tinchligi yo’lida kamarbastalik tilaymiz.
topmoq yo’li-doim topinmoqdir
Inson umri misoli bir musiqa asari. Uni ham boshi-oxiri, yuqori va past pardalardan bor. Faqat bu kuyning ohangi, ohangrabosi, jarangi qanday bo’lishi kishining o’ziga bog’liq. Bu olamda shunday insonlar yashab o’tgan-ki, ular boqiy dunyoga rihlat qilganlaridan keyin ham ularning alyorlari sadosi kelajak avlodlar qalbida jarang sochadi.
Anashunday unutulmas insonlar qatorida Buvaydaning Xonobodida tug’ilib, adabiyot olamiga ulkan ijodiy xazina me’ros qilib qoldirgan ustoz A’zam O’ktam ham bor.
2021-yilning 22-may kuni Buvayda tumanining “Nuroniylar va yoshlar” markazida A’zam O’ktam tavalludining 61 yilligiga bag’ishlab “Seni topmoq yo’li-doim topinmoqdir” deb nomlangan xotira kechasi o’tkazildi.Tadbirda tumanimiz hokimi B.Ibragimov, bir guruh tuman hokimligi vakillari, adabiyot ixlosmandlari bilan bir qatorda shoirning turmush o’rtog’I Hulkar Xamroyeva, farzandi To’maris A’zam, Farg’ona Davlat universiteti o’qituvchisi Siddiq Mo’min, Qo’qon Davlat Pedagogika instituti o’qituvchisi Mo’min Siddiq, tanilib kelayotgan shoirlarimizdan Shuhrat Orif, nasrda zabardast yozuvchiga aylanib borayotgan Javlon Jovliyevlar ishtirok etdilar. Tadbir davomida tuman hokimi B. Ibragimov, Hulkar Xamroyeva, To’maris A’zam, Siddiq Mo’min , Shuhrat Orif, faxriy jurnalist Sobirjon Otaboyevlar so’z olib shoirning ijodi, hayot yo’li haqida fikrlari bilan o’rtoqlashdilar.
Ushbu tadbirda maktabimizning 6-7-sinf o’quvchilari shoir ijodidan ifodali o’qilgan she’rlari bilan ishtirok etishdi.
Anjuman yig’ilganlarda katta taassurot qoldirdi.
|
Erta bitgan taraddud
Tug’ilmoq-sirlarning onasi, boshi,
Kimliging anglashga taraddudimiz.
Zamin-bizni ortgan bir uchoq asli,
Chiptaxona kabi, sir hududimiz.
Ustoz!
Sizni erta chaqirdi Jannat,
Juda erta bitdi taraddudingiz.
Jilmayib yotibsiz Farg’onangizda,
Nurlarga to’ldirib chor hududingiz.
Shohi jarir edi din yo’ldoshimiz,
Yanayam muqaddas siz la oq tuproq.
Iymon yulduzlarin dafinasi bor,
Bunda “A’zam O’ktam” tug’ilsin ko’proq!
O’tkir ko’z, o’tkir so’z, qalami bilan,
Puxta tadorikka chorlab tirikni.
Sizdaylar qutqarar najot sirlarin,
yecha olmay yotgan odam sho’rlikni.
Ustoz, sizni erta chaqirdi Jannat,
Juda erta bitdi taraddudingiz…
Dilso’z Azimova
|
qadrli odamlar
Mashaqqat chekib bo'lsada hayotda o'z o'rnini topishga uringan asl insonlarning harakatlari kelajak avlod uchun ko'zgu bo'lib xizmat qiladi. Muvaffaqiyatga erishish formulasini izlanish va mehnatda deb bilgan Abdullayev Odiljon domla ham bugun o'ttiz yetti yillik faoliyati haqidagi xotiralar bilan o'rtoqlashdi. Bolaligida uchuvchi bo'lishni orzu qilgan matematik bugungi kunda ko'plab yoshlarni OTMga kirishi uchun hissa qo'shgan. Hayotiy qiyinchiliklarni yengib o'tishda sabrga tayangan o'qituvchi barcha muvaffaqiyatlariga bosh sabab ota-onasi ekanligini faxr bilan ta'kidladi.
"Dadam mening eng katta o'qituvchim",- deydi suhbat mobaynida...
Nazarimda bir qarashda qattiqo'l, bir qarashda samimiy ko'ringan bu insonning vujudida hech narsa bilan qiyoslab bo'lmaydigan ochiq ko'ngillik bor Ustozning bu hislati bugun uni biz faxrlanadigan insonga aylantirdi.
Iroda Ibrohimova
9"D"sinf o'quvchisi
Tanlov uchun ilk maqola
1-iyun "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni
Bolalik!
Bu so'zning ta'rifi beqiyos. Hayotning boshlang'ich nuqtasi ham bolalikdan. Bolalik-dunyoga hayron boqib turgan go'dak. Pok, shaffof tuyg'ular jilvasi.Barcha beg'uborliklar, beozorliklar, olam shodliklari unda mujassam. Insoniyatni ko'p voqealar yodidan ko'tariladi, lekin bolalik xotiralari hayotida chuqur iz qoldiradi. Bu haqida shoirlarimiz va yozuvchilarimiz ko'plab adabiyot namunalarini yaratganlar. Bu asarlar orasida menga eng yoqqani xalqimizning sevimli adibi Oybekning bolalik xotiralari haqidagi "Bolalik" asaridir.
Oybekning bu asarini o'qir ekanman beixtiyor bolalik haqidagi o'rinlari diqqatimizni tortadi:
"Guzarga qovun tushibdi, biram shirinki, yuring buva, qovun chiqibdi!",-bobomning qo'llariga yopishib, tortqilayman.
"Shinni va shirachni olgan zamon, tura juftakni rostlayman. lekin hovliga chiqib olgach ustani:"Bo'rdoqi!" ,-deb so'kib qo'yaman.
"Yangi maktab, yangi hayot adabiyotga ishqimni kuchaytiradi. Havasim, ishtiyoqim she'rda. Sevikli shoirimizning she'rlarini qo'ldan qo'ymayman. Daftar-daftar she'rlar to'playman. Havasim kuchli, o'ylarim, xayollarim dunyo-dunyo...!",-kabi satrlari ham katta mahorat bilan yozilgan. Bu esdaliklardan ham ko'rinib turibdiki, bolalik bag'rimizga shirin iforli shamolni olib kiradi va bolalik hayolotiga cho'mdiradi. Albatta Oybek domlaning bolaligi o'tgan davr bilan bugunimizning farqi osmon bilan yer qadar. Bugun "Yangi O'zbekiston"da bolalar va yoshlarning sog'ligi, ta'lim-tarbiyasi, bir so'z bilan aytganda komil inson bo'lib yetishishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Ayniqsa ijodkor yoshlarga berilayotgan e'tibor kishini quvontiradi. Men yaqinda Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi haqida turkum lavhalarni ko'rdim. U yerda ta'lim olayotgan tengdoshlarimizning ijod namunalarini, ularga yaratilgan shart-sharoitlarni ko'rib ko'zim quvnadi. Shu o'rinda bolaligim shunday tinch va osmoni musaffo yurtda o'tayotganiga shukurlar qilaman. Bolalik-zavq-shavq ufurgan palla. Shu bilan birga kelajak poydevori qo'yiladigan umrning muhim nuqtasi. Bolalikda har qancha sho'xlik va o'yinqaroqlik yarashadi, faqat ilm olish, maqsad sari intilish bilan uyg'un bo'lsa. Barchamizning bolaligimiz buyuk kelajak poydevori va beqiyos shirin xotiralarga uyg'un o'tsin.
Bayramingiz bilan, bolalar!
Vasila Ibrohimova
10-umumiy o'rta ta'lim maktabi 9"D"sinf o'quvchisi
tanlov uchun
Bolalik ertagi.
Hayotda siz bilan uchrashishi mumkin bo'lgan eng omadli narsalardan biri bu baxtli bolalikdir.
Agata Kristi.
Ba'zan hayot beradigan vaqt baxtli onlarimiz uchun kamlik qiladi. Kunlar tobora yillarga aylangani sayin qisqa fursatlarga qadalgan unutilmas damlarning qaynoq hislari "bolalik" nomi bilan qalbimizga eshik qoqadi. Yana ko'ngilga chuqur o'rnashgan tuyg'ular avj olib, kishi qalbini yoshlik istaklari bilan to'ldiradi.
Meningcha bolalik yulduzlarga boy oydin oqshomlar va oxiri yo'q ertaklardadir. Shuning uchun bo'lsa kerak insonlarni hamisha g'ayritabiiy kuch bilan bolalikka intilishlari... Hayotni insoniy hislarsiz tasavvur etib bo'lmagani kabi yoshlik ham o'z xohishlari va aql bovar qilmas sarguzashtlari orqali ko'ngillar qolipidan mustahkam o'rin egallagan.
Ahamiyat bersangiz kimdir yoshlikni shirin xotiralar bilan yodga oladi, yana kimnidir xayolida esa mehrga to'ymagan siniq xotiralar ortida yoshlik yillari gavdalanadi. Sababi, azim tariximiz boshlab bergan urush beg'ubor bolalik onlarini g'uborlar bilan xiralashtirdi. Birgina misol yozuvchi G'afur G'ulomning "Sen yetim emassan" she'ri ham urush yillarida kechgan bolalikning qorong'u kunlari ta'sirida yozilgan. Qolaversa, ko'plab serqirra ijodkorlar bolalik yillarini o'z asarlariga singdirgan. Ayniqsa, Oybekning "Bolalik xotiralarim" , Toxir Malikning "Alvido, Bolalik" singari asarlari sizni yoshlikning teran hayoliy o'ylari bilan yashashga undaydi. Fikrimcha, inson o'z hayotining har jabhasini yorqin ranglar bilan boyitishga qancha urinsada, hech bir manzara bolalikning beg'ubor olamiga teng kelolmaydi. Chunki bolalik telbalikdir.
10-umumiy o'rta ta'lim maktabi 9"D" sinf o'quvchisi Irodaxon Ibrohimova
A’zam O’ktam qalamida charhlanganda:
O’zimni tanibman yashadim bekam,
Rizqimni but berdi oltin tuprog’ing.
Chinordek yuksalib boryapsan ildam,
Men sarxush erkingdan, erka yaprog’ing.
Qizingman, qalbingda yaralgan samar,
Ko’zimsan, jahonni yuzingda ko’rdim.
Izingman, bir kuni izlasa xurlar,
Ruhimni poyingdan toparlar, yurtim.
Do'stlaringiz bilan baham: |