Buvayda tumani 10-umumiy o’rta ta’lim maktabi 8”B” sinf o’quvchisi Ruxshona Umaraliyev
Shonli tarixdan buyuk kelajak sari
Tarix ortga qaytmas va oltinga teng o’tayotgan fursatlarimizdan qolgan jumboqlardir. Yillar asrlar bag’rini to’ldirib borar ekan, “kelajak poydevorining asoschisi” vazifasida qolaveradi. Vaqt silsilasida “Tarix” atalmish bu jarayon To’maris, Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi singari buyuk shaxslarni yaratdi. Bugun ajdodlarimizning bosib o’tgan hayot yo’llari olam ahliga rivojlanish andozasi bo’lib xizmat qilmoqda. Shuning uchun ham mamlakatimiz prezidenti Sh.M.Mirziyoyev: “mamlakatimizdagidek boy tarix, bobolarimizdek buyuk allomalar hech qayerda yo’q”,-deya takidlaydilar.
Borliqni ilm orqali obod qilib, bugunni buyuk kelajak sari safarbar qilgan ajdodlarimiz biz uchun nurli iqbolni va’da qiladi. Zero, Yevropa hali uhlab yotgan bir paytda, 11-asrdayoq Yusuf Xos Hojib o’z asarini “Qutadg’u bilig”(Saodatga eltuvchi bilim) deb atamagan. Baxtli kelajakka eltuvchi yo’lda ilm bizning mash’alamiz bo’lishini ta’kidlagan.
Ilmni qadr etish an’anasi bugungi kunda ham millatdoshlarimiz, ko’p millatli xalqimiz tomonidan davom ettirib kelinmoqda. Ilm karvoniga sarbonlik qilgan Farobiy, Naqshbandiy, Imom Buxoriy, Farg’oniy, Navoiy, Bobur,Mirzo Ulug’bek, Ali Qushchi,Nodira, Uvaysiylarning davomchilari sifatida Cho’lpon, Abdulla Qodiriy, Qori Niyoziy, Abdulla Avloniy, Behbudiylar XX asr boshlarini gullatib-yashnatdilar.
XX asrda sobiq tuzumning ijodkor va ilm kishilariga qo’ygan cheklovlariga qaramay o’zbeklar orasidan yetishib chiqqan olimlar, shoir va yozuvchilarni sanashga barmoqlarimiz yetmaydi.
Mustaqillik sabab ko’ksiga shabada tekkan ilm va ijod ahli uchun yanada e’tibor kuchaytirildi.
Vatan Mustaqilligining ilk kunlaridanoq ta’lim va tarbiya taraqqiyotiga ahamiyat qaratildi.
1997-yil 29-avgust kuni O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilingan bo’lsa, Islom Karimov boshlab bergan islohotlarning uzviy davomi sifatida Sh.M.Mirziyoyev boshchiligida 2020-yil 23-sentyabrda yangi tahrirdagi “Ta’lim to’g’risida” gi qonun qabul qilinganligi fikrimizning dalilidir. Ushbu Qonunlar asosida ta’lim-tarbiya sohasida qator islohotlar olib borilmoqda.
Bizning Buvayda tumanidagi 10-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi ham bu islohotlardan chetda qolmadi. Maktabimiz 2019-2020-o’quv yilini yangi umumiy ta’mirdan chiqqan binoda boshlagani bir faxr bo’lsa, 2020-yilda maktabimizga Koreya granti asosida Jooyong rusumli zamonaviy kompyuterlar keltirilganligi, 2021-yilda esa optik tolali , yuqori sifatli internet tarmog’I bilan ta’minlanganligi barchamizni quvontirdi.
Xozirgi kunda barcha o’qituvchi va o’quvchilar ushbu tarmoqdan foydalanayotganligi zamonaviy bilimlarni egallashimizga ko’mak bermoqda.
2020-2021-o’quv yilida maktabning 11-sinfini tamomlayotgan o’quvchilarning 60 foizi oliy ta’limga kirish istagini bildirganligi ham yaratilgan sharoitlar inikosidir.
Hududimizda yashab o’tgan Ozodlik harakati asoschisi katta va kichik Ergash qo’rboshilar, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Abdulatif Xoldorov, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan paxtakor Inomjon Azimov, taniqli injiner Xomidjon Mirzaliyev singari insonlarning davomichilari qatorimizda ta’lim olayotganlariga ishonamiz.
Chunki mening ustozlarim va maktabdoshlarimning asosiy maqsadi “Yangi O’zbekiston”ning buyuk kelajagiga munosib hissa qo’shishdir.
Iroda Ibrohimova
Buvayda tumani 10-umumiy o’rta ta’lim maktabining 9 “D” sinf o’quvchisi
Anglaganlarim…
Hayotda har kimning o’z hikoyasi bor. Biz qanday dunyoga keldik, ona qornida qanday istiqomat qildik? Buni eslay olmaymiz.
Aytishlaricha, inson bu dunyoga kelishidan oldin uni taqdirida bitilganlari o’ziga ko’rsatilar emish. U shu taqdirga rozi bo’lsagina bu olamga kelar ekan.
Demak, insonni boshiga qiyinchiliklar tushishi ham taqdirida yozilgan va inson o’zi rozi bo’lgan yozuqdir.
Demak, umrimiz davomida sodir bo’ladigan ko’ngilsizliklar, murakkabliklar, tasodiflar va yechimlar ham taqdirimizdan.
Biz bilib-bilmay, anglab-anglamay norozi yashayotganimiz, hayotimiz hikoyasi esa hali davom etmoqda. Anglaganim, o’zimiz rozi bo’lgan taqdir bitiklari uchun behisob shukurlar aytish joizdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |