1-5-§§. 3-variant
1. Yilnoma - ...
A) tarjimayi hol B) qonunlar majmui
C) qadimiy davr tarixi
D) voqealarning yilma-yil qayd etib borilishi
2. Bobil qayerda joylashgan?
A) Hind vodiysida B) Dajla va Frot oralig`ida
C) Iordan vodiysida D) Tajan va Saraxs oralig`ida
3. Odamlar chopqir hayvonlar va qushlarni ovlash(a) va ov qilganda mo`l- ko`l(b) ov qilish imkoniyatini bergan omillarni anilqlang.
A) a-o`q yoyning kashf qilinishi; b - it bilan ov qilish
B) a - Buyuk muzlik davrining yakunlanishi; b - hayvonlarning qo`lga o`rgatilishi
C) a - itlar bilan ov qilish; b - o`q-yoyning kashf qilinishi
D) a - insonlarning temirdan foydalana boshlashi; b - o`troq turmush tarziga o`tish
4. “Tarix” asari muallifi kim?
A) Strabon B) Platon C) Gerodot D) Arrian
5. “Tarix” asari necha kitobdan iborat?
A) 6 ta B) 8 ta C) 9 ta D) 10 ta
6. Kvint Kurtsiy Ruf tegishli asar …
A) “Aleksandrning harbiy yurishlari” B)“Geografiya”
C) “Makedoniyalik Aleksandr tarixi”
D) “Tarixiy yilnomalar
7. Jahondagi barcha xalqlar tarixi qaysi davrdan boshlangan?
A) urug`chilik tuzumi B) quldorlik
C) feodalizm D) ibtidoiy jamoa tuzumi
8. Birgalikda yashagan va mehnat qilgan, umumiy mehnat qurollari va qurol-yaroglarga ega bo`lgan qarindoshlar jamoasi…
A) Urug` B) Urug` jamoasi tuzumi
C) Ibtidoiy to`da D) Qabila
9. Qarindoshlik munosabatlari ona tomonga qarab belgilangan, urug` va oila boshlig`i ayol kishi bo`lgan davr…
A) Matriarxat B) Patriarxat
C) Ibtidoiy to`da D) Qabila
10. Neolit…
A) lot. “yangi tosh asri” B) yunon. “o`rta tosh asri”
C) yunon. “yangi tosh asri”
D) lot. “mis- tosh asri”
11. Ilk paleolit davri …
A) M.avv. 3-2-mln yillik B) M.avv.1-mln – 500 mingyillik
C) M.avv.2-1- mln yillik D) M.avv.1-mln -100 mingyillik
12. Zinjantrop odam qoldiqlari qaerdan topilgan?
A) Janubiy Afrika B) Sharqiy Afrika
C) Janubi-Sharqiy Osiyo D) Xitoy
13. Neandertal odam qoldiqlari qaerdan topilgan?
A) Indoneziya B) Germaniya
C) Fransiya D) Xitoy
14. Buyuk muzlik davri qachon boshlandi?
A) Ilk paleolit boshlari B) Ilk paleolit oxirlari
C) Mezolit D) O`rta paleolit
15. Teshiktosh g`ori qayerda va qaysi davrga oid?
A) Boysunda m.avv.40-12-ming yillik
B) Surxondaryoda m.avv.100-40 ming yillik
C) Xorazmda m.avv.40-25 ming yillik
D) Farg`onada m.avv.300-100 ming yillik
16. Eng qadimgi qoyatosh tasvirlari qaysi davrga oid?
A) Ilk paleolit oxirlari B) So`nggi paleolit
C) Mezolit D) O`rta paleolit
17. Ko`lbuloq manzilgohi qayerda joylashgan?
A) Toshkent viloyatida B) Farg`ona vodiysida
C) Xorazm vohasida D) Samarqand viloyatida
18. So`nggi paleolit davrining muhim ixtirosi nima?
A) O`q-yoyning kashf qilinishi B) Sun’iy olov hosil qilish
C) Turarjoylar qurilishi
D) hayvonlar terisidan kiyim-kechak tayyorlash
19. Mezolit davri oxirida … xo`jalikning yangi tarmoqlari - ibtidoiy ziroatchilik va chorvachilik vujudga keldi.
A) Kichik Osiyoda B) Old Osiyoda
C) O`rta Osiyoda D) Janubiy Osiyoda
20. Quyidagilardan qaysi biri O`zbekistondagi mezolit davriga oid manzilgoh hisoblanadi?
1)Obishir 2)Qo`shilish 3)Machay 4)Zarautsoy
A) barchasi B) 2,3,4 C) 1,2,3 D) 1,2,4
21. Neolit davriga xos bo`lmagan xususiyatni ko`rsating.
A) Sopol buyumlarga naqshlar tushirilishi
B) qabilalar o`troq turmush tarziga o`tdi
C) odamlar doimiy turarjoylar qura boshlaganlar
D) paxsa imoratlar vujudga keldi
22. Quyidagi voqealardan qay biri eneolitga oid emas?
A) Mis kashf qilindi
B) idishlarni pishirish uchun kulolchilik xumdonlaridan foydalanishga kirishildi
C) xom g'ishtdan ko`p xonali uylar qurila boshlandi
D) O’rta Osiyo janubida sug’orma dehqonchilik vujudga keldi
23. Qaysi manzilgohdan bronza ko`zgular topilgan?
A) Sopollitepa B) Jarqo`ton
C) Zamonbobo D) Obishir
24. Bronza qachondan boshlab mehnat qurollari, qurol-yaroq`lar va zeb-ziynatlar tayyorlashda ishlatiluvchi asosiy ashyoga aylanib qoldi?
A) miloddan avvalgi 2-mingyillik boshlari
B) miloddan avvalgi 3-mingyillik o`rtalari
C) miloddan avvalgi 3-mingyillik boshlari
D) miloddan avvalgi 4-mingyillik oxirlari
25. Qachondan qarindoshchilik erkak nomi bilan belgilanadigan bo`ldi va patriarxat davri boshlandi?
A) Temir asri B) Bronza davri
C) Eneolit davri D) Neolit davri
26. O`zbekiston hududidan topilgan eng qadimgi qoyatosh rasmlari qaysi davrga oid?A) O`rta paleolit B) So`nggi paleolit
C) Mezolit D) Eneolit
27. Qachondan boshlab odamlar temirdan foydalana boshladi?
A) m.avv. I mingyillik boshlarida B) m.avv. XIV-XIII asrlarda
C) m.avv. I mingyillik oxirlarida D) m.avv. XII-IX asrlarda
28. O`rta Osiyodan topilgan eng qadimgi temirdan yasalgan qurollar qaysi asrlarga oid?
A) m.avv. XI-X asrlarda B) m.avv. IX-VIII asrlarda
C) m.avv. VII-VI asrlarda D) m.avv. VI-IV asrlarda
29. Ilon tasviri tushirilgan tosh tumor qayerdan topilgan?
A) Toshkent vohasi B) Farg`ona vodiysi
C) Xorazm vohasi D) Surxondaryo vohasi
30. Bronzadan yasalgan bilaguzuk qaysi asrlarga oid?
A) m.avv. XVIII asrlar B) m.avv. XVII asrlar C) m.avv. XV asrlar D) m.avv. XII asrlar
Do'stlaringiz bilan baham: |