1-5-§§. 1-variant
1. Qadimgi bitiklarni o`rganish bilan … degan maxsus fan shug`ullanadi.
A) arxeologiya B) numizmatika
C) epigrafika D) lingvistika
2. Yer yuzida odam paydo bo`lganidan to milodiy 476-yilda G`arbiy Rim imperiyasi qulaguniga qadar kechgan voqealar, tarix fanida … deb ataladi.
A) Ibtidoiy jamoa tuzumi B) Urug` jamoasi davri
C) Qadimgi dunyo tarixi D) Ilk sivilizatsiyalar davri
3. O`rta Osiyoliklar tarixi haqida kitob – bu ...
A) “Rigveda” B) “Avesto”
C) “Bibliya” D) Barchasi to`g`ri
4.Behistun qoya yozuvlarida O`zbekistondagi qaysi viloyatlari haqida yozilgan?
A) Xorazm, Farg`ona va Baqtriya
B) Xorazm, Sog`diyona va Baqtriya
C) Toshkent, Sog`diyona va Baqtriya
D) Farg`ona, Sog`diyona va Baqtriya
5. Qadimgi odamlarning qoldiqlari (skelet va boshchanoq)ni sinchiklab tekshirib, ularning tashqi ko`rinishini tiklaydilar, ming yillar avvalgi kishilarning tashqi qiyofasida ro’y bergan o`zgarishlarni o`rganadigan olimlar…
A) Antropologlar B) Arxeologlar
C) Etnograflar D) Xronologlar
6. Quyidagi shaxslardan qaysi birining asarlarida O`rta Osiyo aholisi madaniyati haqida ma’lumotlar keltiriladi?
A) Platon B) Arrian
C) Strabon D) Kvint Kursiy Ruf
7. Quyidagilardan qaysi biri yunon emas?
A) Strabon B) Kvint Kursiy Ruf
C) Gerodot D) Arrian
8. “Aleksandrning harbiy yurishlari” asari muallifi…
A) Strabon B) Arrian
C) Gerodot D) Kvint Kurtsiy Ruf
9. Vaqtni anglatuvchi atamani toping.
A) Xronologiya B) Urug` jamoasi
C) Ibtidoiy to`da D) Ibtidoiy jamoa tuzumi
10. Paleolit…
A) yunon. “qadimgi tosh asri”
B) lot. “o`rta tosh asri”
C) yunon. “yangi tosh asri”
D) lot. “mis- tosh asri”
11. Paleolit davri nechaga bo`linadi va qaysilar?
A) 3, ilk-o`rta-so`nggi B) 4, ilk-o`rta-so`nggi-muste C) 4, Oldivoy-ilk-o`rta-so`nggi D) 3, Oldivoy-o`rta-so`nggi
12. Ilk paleolit davri odamlari…
A) Avstrolopitek, zinjantrop, kromaniyon
B) Avstrolopitek, zinjantrop, pitekantrop, sinantrop
C) Avstrolopitek, neandertal, kromaniyon
D) Sinantrop, zinjantrop, kromaniyon, pitekantrop
13. So`nggi paleolit davri …
A) M.avv. 100-40-mingyillik B) M.avv.12-7-mingyillik
C) M.avv.40-12-mingyillik D) M.avv. 1-mln-100 mingyillik
14. Kromaniyon odam qoldiqlari qaerdan topilgan?
A) Indoneziya B) Germaniya C) Fransiya D) Xitoy
15. Bir tomoni o`tkirlashtirilgan qo`pol tosh qurollar arxeologiya fanida …
A) Chopper B) mikrolit
C) Cho`qmor D) Kenotaf
16. Diny e`tiqod kurtaklari va dafn tartiblari qachon paydo bo`lgan? A) Ilk paleolit B) Ilk paleolit oxirlari
C) Mezolit D) O`rta paleolit
17. Odamlar guruhi jamoasining biror hayvon
yoki o`simlik turi bilan qarindoshlik aloqasiga
ishonish … deb ataladi.
A) fetishizm B) totemizm
C) animism D) magiya
18. So`nggi paleolit davri odami…
A) Avstrolopitek B) Sinantrop
C) Neandertal D) Kromaniyon
19. Bir joyda yashab turgan bir qancha urug`lar …ni tashkil etgan.
A) urug` jamoasi B) katta patriarxal oila
C) qabila D) hududiy qo`shnichilik jamoasi
20. Quyidagi qaysi hududda mezolit davriga oid manzilgohlar ochib o`rganilmagan?
A) Farg`ona vodiysining tog`oldi va tog`li tumanlarida
B) Samarqand viloyatida C) Toshkent vohasida
D) Surxondaryo viloyatida
21. Mezolit davri …
A) M.avv. 3-mingyillik o`rtalari - 2-mingyillik B) M.avv.12-7-mingyillik C) M.avv.6-4-mingyillik D) M.avv. 4-3- mingyillik o`rtalari
22. Odamlar mikrolitlar qachondan yasay boshladi?
A) Neolit davri B) Mezolit davri
C) Eneolit davri D) Bronza davri
23. Neolit davriga oid kashfiyotlarni aniqlang.
A) ziroatchilik va chorvachilik
B) mis va kulolchilik xumdoni
C) kulolchilik va to`quvchilik
D) kulolchilik charxi va g`ildirak
24. Bronza nimalarni qo`shish orqali yaratildi?
A) Mis, simob, qo`rg`oshin yoki rux
B) Mis, qalayi, rux yoki temir
C) Mis, qalayi, qo`rg`oshin yoki rux
D) Mis, qalayi, simob yoki rux
25. O`zbekistonda bronza davri …
A) M.avv. 3-mingyillik o`rtalari - 2-mingyillik
B) M.avv.12-7-mingyillik
C) M.avv.6-4-mingyillik
D) M.avv. 4-3- mingyillik o`rtalari
26. … qurilishi tarixida ilk shahar alomatlari ko`zga tashlanadi.
A) Zamonbobo B) Sarazm
C) Sopollitepa D) Jarqo’ton
27. Qaysi manzilgohdan qazishmalar davomida uy-joylar, maishiy va xo`jalik xonalardan tarkib topgan paxsa imoratlar, sopol buyumlar topilgan?A) Sopollitepa B) Jarqo`ton
C) Zamonbobo D) Obishir
28. “Avesto”da qabila nima deb atalgan?
A) Varzana B) Zantu C) Dah’ya D) Vis
29. Urug` jamoasi o`rnini ... egallay boshladi?
A) Qabilalar ittifoqi B) hududiy qo`shnichilik jamoasi
C) harbiy demokratiya D) davlat
30. Ilonlar tasviri tushirilgan tosh tumor qaysi davrga oid?
A) Mil.avv. 3-mingyillik B) Mil.avv. 2-mingyillik
C) Mil.avv. 1-mingyillik D) Mil. 1-mingyillik
Do'stlaringiz bilan baham: |