Rasm-7.7. Keramzit xom granulalarini plastik usulda tayyorlash va SMS-197 qurilmasida kuydirishning texnologik sxemasi: gil ombori, greyferli ko‘prik krani bilan jixozlangan; 2- qabul bunkeri;
3- gilaralashtirgich; 4-yashikli ta’minlanich; 5-osma beton to‘siq; 6-lentali konveyr; 7- teshikli valslar; 8-qo‘pol tuyish valslari; 9-lentali shnekli press; 10- mayin tuyish valslari; 11-lentali shnekli press; 12- granulalarni quritish barabani; 13-gil quritish barabani; 14-elevator; 15-qavat tayyorlovchi; 16-aylanma pech 2,8*20m; 17-qavat sovitgich; 18-maydalash uskunasi Keramzit donasi tashqi yuzasining qizil - qo‘ng‘ir rangi oksidlanish reaksiyasini (Fe2O3) ifodalasa, bo‘linganda qora - kulrang yoki qora rangi tiklanish (FeO) muhitini ifodalaydi. Keramzitni sovitishning tezligi uning mustahkamlik xususiyatlarini belgilaydi. Keramzitni juda tez sovitish, uning donalarini darz ketishiga yoki ularda qo‘shimcha zo‘riqishiga olib keladi, bu esa betonda o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Boshqa tarafdan, keramzitni ko‘pchishidan so‘ng juda sekin sovitish xam uning sifatini pasaytiradi, bu esa oksidlanish jarayonida FeO ning Fe2O3 ga o‘tishi bilan tushuntiriladi, natijada mustahkamlik pasayadi.
Rasm - 7.8. Qavat sovitgich:1- issiqlik almashunivi korpusi; 2- qiya panjara; 3-buriluvchi shibber; 4-bo‘shatish borti SHu sababli keramzitni ko‘pchigandan so‘ng 800-9000S haroratgacha juda tez sovitish kerak, natijada granulalar strukturasi mustahkamlanadi va temir oksidlarining qaytarilish reaksiyasi kuzatiladi. So‘ngra 600-700 0S haroratgacha 20 minut davomida sekin sovitish tavsiya etiladi, bu o‘z navbatida shisha fazalarning katta bo‘lmagan termik zo‘riqishlarsiz qotishini ta’minlaydi, unda krisstalsimon minerallar shakllanadi va keramzitning mustahkamligi ortadi. Keyingi bosqichda keramzitni bir necha minut davomida nisbatan tezroq sovitish zarurdir. Keramzitni sovitishning birinchi bosqichi aylanma pechda unga tushuvchi xavo tasirida bajariladi. So‘ngra keramzit xavo yordamida baraban tipidagi sovitgich, qatlam sovitgichlarda, aerojelob sovitgichlarda sovitiladi (rasm 7.8 va 7.9).
Rasm. 7.10. Keramzit shag‘alini navlarga ajratish qurilmasi:1- ortish borti; 2- aspiratsion lyuk; 3- qobig‘; 4- xizmat ko‘rsatish lyuki; 5- reduktor; 6- elektrdvigatel; 7- rama; 8,9 -bo’shatish borti; 10- ostona; 11- baraban tipidagi elaklar Keramzitni korxona ichida uzatish konveyr (lentali transporterlar) yoki pnevmatik (truba bo‘ylab havo oqimi orqali) amalga oshiriladi. Keramzitni pnevmouzatishda granulaning sirti buzilishi mumkin. SHu sababli keramzit ishlab chiqarishda pnevmauzatish kam qo‘llaniladi. Fraksiyalangan keramzit bunker yoki silos tipidagi tayyor mahsulotlar omboriga jo‘natiladi.