Rasm-5.2. G‘ovak to‘ldiruvchilarni boyitish uchun ishlatiladigan separatorning sxemasi: 1-panjara; 2-filtr; 3-xavo uzatish; 4-qum; 5- to‘ldiruvchilarni yuklash; 6- engil maxsulotning chiqishi; 7-nisbatan og‘ir maxsulotning chiqishi. Ventilyatordan tushuvchi havo oqimi bir klapandan boshqa mashina klapaniga ketma-ket uzatiladi va panjarada material qavatida pulsatsiya sodir bo‘ladi. Natijada havo oqimi tasirida material ikkita engil va og‘ir qismlarga ajraladi. Bunda og‘ir donalar pastga va engillari yuqoriga chiqadi. To‘ldiruvchilar og‘ir va engiliga ajratiladi va shu bilan birga changdan tozalanadi. Og‘ir to‘ldiruvchilarni ajratish suvli suspenziyada bajarilsa, g‘ovak to‘ldiruvchilarni ajratish pnevmosuspenziyada bajariladi. Bu qurilma (rasm- 8.2) quyidagicha ishlaydi: filtr orqali havo qum qavatiga uzatiladi va natijada qum qaynaydi. Qumning zichligi va yirikligi bo‘yicha kerakli zichlikdagi suspenziyaga moslab tanlanadi, bu erda yirik g‘ovak to‘ldiruvchi bir qismi cho‘kadi, qolgani qumning yuzasiga chiqadi. Ikkita sinfga ajratilgan yirik to‘ldiruvchi qum bilan birga olinib, elak(groxot)dan o‘tkaziladi. Qum yana qurilmaga qaytariladi. To‘ldiruvchilarni sinflarga ajratish havo oqimi ta’sirida ham bajariladi (rasm-5.3).
Rasm-5.3. G‘ovak to‘ldiruvchilarni havo oqimi ta’sirida ajratish: 1-engil maxsulot; 2-nisbatan og‘ir maxsulot; 3-ventilyator; 4-ta’minlovchi Bunday usulda yirik to‘ldiruvchilarning zichligi bo‘yicha sinflarga ajratish mumkin. YUqorida sanalgan barcha usullarda g‘ovak to‘ldiruvchilarni ikki sinfga ajratish mumkin, ya’ni uni bir jinslilikka keltiriladi va og‘ir qo‘shimchalardan xalos etiladi. Masalan, pemzada og‘ir vulqon shishasi(obsidian) donalari mavjud bo‘lib, ularni olib tashlab to‘ldiruvchining sifatini oshirish mumkin. G‘ovak tog‘ jinslari asosidagi chaqiq tosh dona shakli bo‘yicha O‘zRST9758-96 “Qurilish ishlarida ishlatiladigan g‘ovak anorganik to‘ldiruvchilar. Sinash usullari” ga ko‘ra to‘rrtta guruxga bo‘linadi, ya’ni plastinkasimon shakldagi donalarning massa ulushi bo’yicha: oddiy-30% dan ko‘p emas; yaxshilangan - 20% gacha; kub shaklidagi - 15% gacha; qirrali - 10%gacha. G‘ovak chaqiq toshning donalarini shaklini yaxshilash, olinadigan tog‘ jinsini maxsus baraban turidagi maydalagichda maydalab erishiladi. O’z-o’zini tekshirish uchun savollar: G‘ovak to‘ldiruvchilar yirikligi bo‘yicha qanday fraksiyalanadi?
G‘ovak to‘ldiruvchilar qanday markalarga bo‘linadi?
Vulqon chiqindilari asosida qanday g‘ovak to‘ldiruvchilar olinadi?
G‘ovak to‘ldiruvchilarning mustaxkamligi qanday aniqlanadi?
Pemza qanday xosil bo‘ladi?
CHo‘kindi tog‘ jinslaridan qanday to‘ldiruvchilar olinadi?
CHo‘kindi kremnizem jinslar qanday betonlar olish uchun ishlatiladi?
G‘ovak cho‘kindi jinslarni pnevmatik usulda qanday boyitiladi?
To‘ldiruvchilarni havo oqimi ta’sirida ajratish qanday bajariladi?
G‘ovak jinslarni maydalashda g‘ovakligi qanday o‘zgaradi?