Sortirovkalash (groxotlash) Groxotlash (elash) - sochilma materiallarni groxotda zarralarini yirikligi bo‘yicha ajratish (sortirovkalash) jarayonidir. Texnologik vazifasiga ko‘ra groxotlash:
yordamchi, shuningdek dastlabki - mayda klasslarini ajratib maydalagichga yo‘naltirish (ochiq siklda maydalaganda);
nazorat va tekshiruv - maydalangan materialning mayda klasslarini ajratish (berk siklda maydalaganda);
birlashtirilgan - kompleks (dastlabki va nazorat) - ikkita jarayon bittaga birlashtirilgan (berk siklda maydalaganda);
tayyorlov - turli klass yiriklikdagi maxsulotni ajratib maydalash maqsadida ajratish;
mustaqil yoki mexanik sortirovkalash - tayyor maxsulot (sortlar bo‘yicha) olish va iste’molchiga yuborish.
Yiriklikni tartibga solish uchun, o‘z vaqtida, maydalashga yo‘naltirilayotgan materialning miqdorini to‘g‘ri ta’minlashda elash ishlari bajariladi.
Texnologik sharoitga bog‘liq holda quyidagi turdagi elash ishlari bajariladi: dastlabki, nazorat va yakuniy (tayyor mahsulot).
Dastlabki elash, maydalashga tushayotgan materialdan mayda sinfga mansub bo‘laklarni ajratish uchun bajariladi (rasm-4.3). Natijada maydalagichlarning ishlash sharoiti yaxshilanadi va mahsuldorligi ortadi.
Nazorat elash, yopiq siklda qayta maydalashga yo‘naltirilgan mahsulotdan alohida sinflarni ajratib olish uchun xizmat qiladi. YOpiq sikl maydalashning yakuniy bosqichida nazarda tutiladi (rasm-4.4). YOpiq siklda maydalashda kerakli fraksiyaning chiqishi ortadi va chaqiq tosh dona shakli yaxshilanadi.
YAkuniy elash, iste’molchiga tovar fraksiyali chaqiq toshni olish va jo‘natish (rasm-4.4) uchun bajariladi.
Barcha tog‘ konlari u yoki bu darajadagi mustahkamligi bo‘yicha bir jinsli bo‘lmagan toshlardan tashkil topgan.
Rasm-4.8. Har bir bosqich maydalash oldidan elash sxemasi: 1- g‘alvir; 2- maydalagichni chetlab o‘tish uchun transportyor; 3- maydalagich: “+” va “-” panjara usti va panjara ostidagi (mayda sinflar) mahsulotlarga mos keladi.
Rasm-4.9. Maydalashning yakuniy bosqichida yopiq sikl sxemasi: 1-nazorat elash; 2-yakuniy (tovar) elash.
CHaqiq toshni boyitish yuqorida keltirilgan kabi shag‘al singari amalga oshiriladi. CHaqiq tosh uchun saylanma maydalash prinsipi asosida boyitish maqsadga muvofiqdir. Bu usul quyidagilarga asoslangan. Maydalanayotgan toshning maydalik darajasi nafaqat maydalagich turi, ishlash rejimi va uni to‘g‘irlashga, balki toshning mustahkamligiga bog‘liq. Agar doimiy rejimda ishlayotgan maydalagichdan turli mustahkamlikdagi toshlarni o‘tkazsak, u holda tosh mustahkamligi qancha kichik bo‘lsa, maydalangan mahsulot ham mayda bo‘ladi. SHu sababli maydalagandan so‘ng mahsulotdan mayda fraksiyani elashda, panjara ostida qoladigan mahsulot nisbatan bir jinsli va mustahkam hisoblanadi. Bu erda qo‘shimcha elashning yana bir afzalligini ko‘rish mumkin, ya’ni mustahkamligi past fraksiyalarniajratib, yakuniy mahsulotni boyitish imkonini beradi ( rasm-4.10).