Rasm-2.7. Gidravlik klassifikatorning sxemasi: a-pastdan suvli aralashmani uzatish (GKD tipida); b-yuqoridan suvli aralashmani uzatish (GKX tipida); 1- yo‘naltiruvchi truba; 2-yirik fraksiyalar uchun bo‘shatish trubasi; 3-mayda fraksiyali qumli suvli aralashmaning chiqishi; 4-klassifikatsion kamera; 5-quyish trubasi; 6-shitok; 7-klassifikator qabul kamerasining korpusi; 8-diffuzor; 9-tayanch; 10-suvni uzatish trubasi; 11- klassifikatsion kamerada suvni uzatish uchun xalqa; 12- voronka; 13-poplavka; 14-qabul qilish-tushirish kamerasi; 15-so‘ndiruvchi silindrlar; 16-klassifikatsion truba; 17-yopqich; 18-toza suvni tangensial uzatuvchi. Gidravlik klassifikatorlar suvli aralashmani pastdan yoki tepadan uzatish orqali ishlaydi. Birinchi holatda (rasm-2.7, a) suvli aralashma tuproq so‘ruvchi qurilma orqali truba-1ga uzatiladi, undan esa diffuzor-8 orqali klassifikatsion kamera-4ga etkaziladi. Toza suv oqimida aralashgan mayda qum kamera yuqorisidan o‘tib, truba-5 orqali chiqadi. Yirik fraksiyalar voronka- 12 ga cho‘kadi va patrubka-2 orqali uzatiladi. Ikkinchi holatda (rasm-2,7. b) suvli aralashma truba-1 yordamida yuqoridan uzatiluvchi yukni qabul qiluvchi kamera-14da bo‘linadi, chunonchi mayda donadorli qumlarning suvda cho‘kish tezligi keluvchi toza suv oqimining tezligidan kichik, shu sababli diffuzor-8 orqali trubaga tushadi, nisbatan yirik donalarning suvda cho‘kish tezligi yuqori bo‘lib, keluvchi suv oqimida bo‘lmaydi, shu sababli klassifikatsion truba-16 orqali voronka-12ga tushadi va truba-2 orqali tashqariga chiqariladi. Gidravlik klassifikatorga tushuvchi toza suv oqimining tezligini nazorat qilish orqali qumni talab etilgan dona yirikligida ajratishga erishish mumkin. Mayda qumni qisman suvsizlantirish markazdan qochma klassifikator gidrotsiklonda (rasm-2.8.) amalga oshiriladi. Suvli aralashma tangensial ravishda siklonga yo‘naltiriladi va devor atrofida aylanadi.
Rasm-2.8. Gidrotsiklonning sxemasi: 1-chiqish patrubkasi; 2-quyish patrubkasi; 3-po‘lat korpus, ichi ishqalani- shga bardoshli material bilan qoplangan; 4- qumni bo‘shatish uchun teshik; 5- qoplash. Bu holatda qumlar oqimdan chiqadi va devorda ushlab qolingan holatda pastga tushadi, suv esa chang va gillar bilan birga yuqori patrubka bo‘ylab chiqariladi. O’z-o’zini tekshirish uchun savollar: Otqindi tog‘ jinslariga qanday minerallar kiradi?
CHo‘kindi tog‘ jinslari qanday hosil bo‘ladi?
Metomorfik tog‘ jinslariga qanday minerallar kiradi?
Beton uchun ishlatiladigan tabiiy qumlar asosan qaysi tog‘ jinslaridan
olinadi? Qumning donador tarkibi qanday aniqlanadi?
Yiriklik moduli bo‘yicha qumlar qanday guruxlarga bo‘linadi?
Qum tarkibidagi keraksiz aralashmaar miqdori qanday aniqlanadi?
Tabiy qum qanday usullarda qazib olinadi?
Tabiiy qumni qazib olishni tushuntiring?
Maydalash chiqindilari asosidagi qumni keltiring?
Qumni boyitish va fraksiyalarga ajratishda qanday uskunalardan foydalaniladi?
Tabiiy zich tog‘ jinslari asosidagi qum qanday ishlab chiqariladi?
Qanday qumlar beton uchun ishlatiladi?
Yiriklik moduli deganda nimani tushunasiz?
Yiriklik moduli bo‘yicha qumning qanday turlari mavjud?
Qumlarda qanday aralashmalar uchraydi?
Qumning zarrachalar tarkibini keltiring?
Qum tarkibida qanday gil, gilsimon qo‘shimchalar uchraydi?
Qum tarkibidagi sulfid va sulfat qo‘shimchalarning miqdori qanday chegarada bo‘lishi kerak?
Qumning namligi necha foizdan oshmasligi kerak?
Tabiiy qumni tayyorlashda qanday mashina va uskunalardan
klassifikatorlar. Qum ishlab chiqarish texnologik sxemasiga izoh bering.
3-§. Shag‘al ishlab chiqarish texnologiyasi Shag‘al Shag‘al deb, yirikligi 5mm dan (ba’zida 3 mm) 70mm (ba’zida undan ham yuqori) gacha tog‘ jinsi tosh bo‘laklariga aytiladi. Dengiz qirg‘oqlarida va daryo havzalarida mavjud shag‘al donalari o‘ta silliq yuzali bo‘lib, tuxumsimon yoki oval disk shaklida bo‘ladi, betonda sement toshi bilan yomon bog‘lanadi. SHu sababli, shag‘al tosh mustahkamlik chegarasi 30MPa dan ortiq bo‘lmagan betonlarda qo‘llanadi. SHag‘alning yirik fraksiyalari chaqiq tosh olish uchun maydalashda ishlatiladi. Beton tayyorlashda alohida miqdorlangan holda shag‘alning quyidagi fraksiyalari ishlatiladi: 5-10; 10-20; 20-40 va 40-70 mm. Bundan tashqari shag‘al fraksiyasi 3-10 mm, gidrotexnik betonlar uchun esa 40 - 80 va 80 - 120mm qo‘llash standart bo‘yicha ruxsat etiladi.
Rasm-3.1. SHag‘al(chaqiq tosh)ning donadorlik tarkibining grafigi: tekis chiziqlar bitta fraksiyali to Idiiuivchllar uchun; uzuq-yuluq chiziq - 5(3)-20 mm fraksiyali aralashma uchun. Shag‘al fraksiyasining donadorlik tarkibi rasm-4.1 da ko‘rsatilgan chegarada bo‘lishi kerak. Ba’zi holatlarda shag‘alga o‘ta muhim talab qo‘yiladi. Masalan, shag‘al fraksiyasi tarkibida 5(3) mm eng kichik donalar miqdori 5% dan oshmasligi kerak yoki yupqa devorli konstruksiyalar qo‘llaniladigan beton tarkibida eng katta ruxsat etilgan shag‘al donalari miqdori umumiy fraksiya massasi bo‘yicha 5% dan oshmasligi kerak. Standartga ko‘ra maydalanish ko‘rsatkichi bo‘yicha shag‘alning tog‘ jinslarini siqilishdagi mustahkamligi intervaliga mos keluvchi (jadval-3.1) taxminiy quyidagi markalari nazarda tutiladi. SHag‘alning maydalanish bo‘yicha mustahkamligiga ko‘ra markasi 3.1-jadval
SHag‘al tosh standart talabiga ko‘ra quyidagilarga javob berishi kerak: Dr8 - siqilishdagi mustaxkamligi 40MPa va yuqori betonlarda ishlatiladi; Dr12 - siqilishdagi mustaxkamligi 30 MPa dan 40MPa gacha betonlarda; Dr16 - siqilishdagi mustaxkamligi 30MPa gacha betonlarda qullaniladi. SHag‘al tarkibidagi bo‘sh jins donalari o‘rtacha namunani vizual baholash va donalar mustahkamligini bolg‘a bilan engil urib yoki donalar qattiqligi po‘lat nina (otqindi va metamorfik tog‘ jinslari) yoki alyumin (cho‘kindi karbonat jinslar) nina yordamida tirnash orqali aniqlanadi. Nina bo‘sh donalar sirtida chiziq qoldiradi, mustahkamining sirtida esa chiziq qoldirmaydi. SHag‘al namunasidan olingan bo‘sh jinslar donalari ajratiladi va umumiy massadagi ulushi aniqlanadi (%): Xbo’sh = (m-boWm )*100% bu erda: mbo‘sh- bo‘sh jinslar donalarining massasi, kg m- shag‘al namunasining umumiy massasi, kg Yirik to‘ldiruvchi tarkibida bo‘sh jinslarni aniqlashda mexanik indikator qo‘llash mumkin, u esa har bir dona bo‘lagi zo‘riqishini belgilab beradi. SHag‘alda bo‘sh jins donalari miqdori Dr8, Dr12 va Dr16 markalar uchun 10% gacha va Dr24 markali shag‘al uchun 15% gacha ruxsat etiladi. O‘zRST 8267-93 “Qurilish ishlari uchun zich tog‘ jinsli chaqiq tosh va shag‘al” bo‘yicha shag‘alning markalari quyidagilardan kam bo‘lmasligi kerak: Dr8-siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 40 MPa va undan yuqori betonlar uchun; Dr12-siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 30 MPa dan 40 MPa gacha betonlar uchun; Dr16-siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 30 MPa dan kichik betonlar uchun qo‘llaniladi. Og‘ir beton uchun Dr12 markali shag‘alni qo‘llash tavsiya etilmaydi. Shag‘al tarkibida plastinkasimon va ninasimon shakldagi (qachonki donaning bir o‘lchami ikkinchidan 3 marta va undan katta bo‘lsa) donalar miqdori 35% dan oshmasligi kerak. Shag‘al tarkibida yuviluvchi chang, loysimon va gilsimon bo‘laklar miqdori 1% dan oshmasligi kerak. Ayniqsa shag‘al donasiga yopishgan gil miqdori 0,25% dan oshmasligi kerak. Shag‘al tarkibida kolorimetrik namuna bo‘yicha aniqlangan organik qo‘shimchalar miqdori qumda keltirilgan singari chegaralanadi. Bu tarkibda mavjud ruda minerallari, sulfid bog‘lamalar, kremnezemning amorf turlariga xam taaluqlidir.