Taqrizchilar: S. J



Download 2,09 Mb.
bet18/75
Sana17.07.2022
Hajmi2,09 Mb.
#813378
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   75
Bog'liq
Beton to\'ld texnologiyasi darslik

Oddiy og‘ir beton uchun qumning donadorlik tarkibi QMQ bo‘yicha
quyidagi talablarga javob berishi kerak:


    1. jadval

Nazorat elaklar
ko’zi o’lchami, mm

2,5

1,25

0,63

0,315

0,16

Nazorat elakdagi
to’la qoldiq A, %

0 - 20

5 - 45

20 - 70

35 - 90

90 - 100


SHu sababli 0,16 mm ko‘zli elakdan 10% dan ko‘p bo‘lmagan qum namunasi o‘tishi kerak.
Qumning donadorlik yoki granulometrik tarkibi unda mavjud turli yiriklikdagi donalar bilan xarakterlanadi va o‘rtacha qum namunasini standart elaklardan elab aniqlanadi. Qumni elash quyidagi ko‘zli standart elaklarda amalga oshiriladi: 10mm; 5mm; 2,5mm; 1,25mm; 0,63mm; 0,315mm; 0,16mm.
10mm va 5mm elaklar qum tarkibidagi shag‘al va chaqiq toshlarni ajratish uchun ishlatiladi.
10mm dan katta donalar 0,5% ( massa bo‘yicha) gacha ruxsat etiladi, 5mm dan yirigi esa:

  • tabiiy qumda - 10% gacha;

  • maydalash chiqindilari asosidagi qumda - 19% gacha;

  • boyitilgan qumlarda - 5% gacha.

Qumlarning donadorlik tarkibi 5mm ko‘zli elakdan elab, yirik
qo‘shimchalarni ajratib aniqlanadi.
Quruq qumdan olingan namunaning 1000g massasini 2,5mm li elakka solinadi, uning ostida boshqa ko‘zli elaklar joylashtiriladi (kichik ko‘zli elaklar ketma-ketligida) va ostiga chiqindini yig‘ish idishi qo‘yiladi. Qum namunasini elaklar to‘plamidan mexanik usulda va qo‘lda titratib o‘tkaziladi, natijada elaklarda qolgan ayrim qoldiq aniqlanadi. Ayrim qoldiq qum namunasining umumiy massasi bo‘yicha foizda beriladi. SHundan so‘ng elaklardagi to‘la qoldiq aniqlanadi. To‘la qoldiq shu elakdagi va nisbatan yirik ko‘zli barcha elaklardagi ayrim qoldiqlarning yig‘indisi bilan ifodalanadi.
Qumlarning donadorlik tarkibi 5mm ko‘zli elakdan elab, yirik
qo‘shimchalarni ajratib aniqlanadi (rasm-2.2).


Rasm-2.2. Standart elaklarda qolgan ayrim va to‘la qoldiq: a - ayrim qoldiq; b - to’la qoldiq
O‘zRST 728-96 “Og‘ir va mayda to‘ldirgichli beton” talablarining rasm- 4.2.da berilgan grafikda konkret olingan qumning donadorlik tarkibini aniqlash uchun natijalar qo‘yiladi va agar bu egri chiziq grafikda berilgan chegaradan chiqmasa(standartda berilgan), bu qum beton uchun yaroqli hisoblanadi.
Qumning donadorlik tarkibi yiriklik moduli bilan ham ifodalanadi:
Мй = (А 2 + А1,25 + А0,63 + А 0,315 + А О,14)/1О0,
bu erda: (А 2,5 + Д,25 + А 00,63 + А 0,315 + А 0,14) - g’alvirdagi to’liq qoldiqlar, %.
Qum qanchalik yirik bo’lsa, ^A va yiriklik moduli ham katta bo’ladi.
Yiriklik modulini nazariy noldan (agar qumning barcha donalari 0,16mm dan kichik bo‘lsa) 5mm gacha (agar qumning barcha donalari 2,5mm dan yirik bo‘lsa) qabul qilish mumkin. Amaliy yiriklik modulining o‘zgarishi kamdir.
O‘zRST 8736-93 “Qurilish ishlari uchun qum. Texnik shartlar” da qumning yiriklik moduli va 0,63mm ko‘zli elakda qolgan to‘la qoldiq bo‘yicha guruhlarga bo‘linishi nazarda tutiladi.
O‘ZRST 728-96 “Og‘ir va mayda to‘ldirgichli beton”ga ko‘ra qumning yiriklik moduli 1,5-3,25 oraliqda bo‘lishi kerak, mustahkamlik chegarasi 20MPa va undan yuqori betonlar uchun qumning yiriklik moduli 2dan kam bo‘lmasligi, mustahkamlik chegarasi - 35MPa va undan yuqori betonlar uchun yiriklik moduli - 2,5dan kam bo‘lmasligi kerak.
Qumning yiriklik modulining o‘zgarish koeffitsienti, gidrotexnik inshoatlar uchun ishlatiladigan betonlar uchun 10% dan oshmasligi kerak.
Taklif etilgan donadorlik tarkibidagi qumni qo‘llash, kam sement sarflab, eng yaxshi xususiyatli beton qorishmasini olish imkonini beradi. Standart talablari ham ilmiy izlanishlar va amaliy tajribalar natijasiga tayanadi. Bu talablardan biroz chetlanish mumkin. YA’ni texnik-iqtisodiy asoslangan bo‘lsa, mustahkamlik chegarasi-20MPa bo‘lgan va undan yuqori beton uchun yiriklik moduli 2dan kichik qumlarini ishlatish mumkin. Masalan,
O‘zbekistonning cho‘lli xududlarida o‘ta mayda barxan qumlari asosidagi beton keng qo‘llanadi.
Mavjud standartlarga ko‘ra qumning donadorlik tarkibi (rasm-2.3) uning zich katta uyilma zichligini va eng kam bo‘shliqda donalarining kompakt joylashuvini ta’minlaydi.



Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish