Taqrizchilar: S. J



Download 2,09 Mb.
bet19/75
Sana17.07.2022
Hajmi2,09 Mb.
#813378
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   75
Bog'liq
Beton to\'ld texnologiyasi darslik

Rasm-2.3. Og‘ir beton uchun ishlatiladigan qumning donadorlik tarkibiga qo‘yiladigan talablar:

  1. - qum yirikligining ruxsat etilgan pastki chegarasi (Mk=1,5);

  2. - V15(M200) va undan yuqori markali betonlar uchun ishlatiladigan

qum yirikligining ruxsat etilgan pastki chegarasi (Mk=2);

  1. - V25(M350) va undan yuqori markali betonlar uchun ishlatiladigan

qum yirikligining ruxsat etilgan pastki chegarasi (Mk=2,5);

  1. - qum yirikligining ruxsat etilgan yuqori chegarasi (Mk=3,25);

Tabiiy quruq kvars qumining uyilma zichligi tahminan 1500-1600 kg/m3 ni va bo‘shliqligi -30-40% ni tashkil etadi.
Beton qorishmasida sement qum donasining sirtini yupqa qavat bilan o‘rab oladi (ko‘pincha 0,01dan 0,1mm gacha). SHu sababli qum donasining yuzasi qancha katta bo‘lsa, sement sarfi ham oshadi. Fraksiya 2,5-5mm uchun qumning solishtirma yuzasi 10sm2/g ni, mayda fraksiya qum uchun 100-300 sm2/g ni tashkil etadi. Tabiiy o‘rta donadorli qumning solishtirma yuzasi 40-70sm2/g yoki 4-7m2/g ni tashkil etadi.
Qumda beton uchun xavfli qo‘shimchalar mavjud bo‘ladi. SHu sababli standart ularni chegaralaydi. Qumda mavjud changsimon, gilsimon qo‘shimchalar (o‘lchami 0,05mm dan kichik) standart usullarda suvda yuvish orqali aniqlanadi. Olingan namuna qumni o‘lchov idishga solinadi va suv quyib 2 soat ushlab turiladi (vaqti-vaqti bilan aralashtiriladi). Aralashtirgandan 2 minutdan so‘ng qum ustidagi suv to‘kiladi, toza suv quyib qumni yuvishni toki suv bilan qumni aralashtirganda tiniq holatga qolguncha davom ettiriladi.
SHundan so‘ng yuvilgan qum doimiy massagacha quritiladi, tarkibidagi yuvilgan aralashmalar (%) quyidagi formuladan topiladi:
Pyuv.aral = m ~ m 1 .Woo% ,
m
Bu erda: m - yuvilmagan doimiy massagacha quritilgan qum massasi, g m1 - yuvib doimiy massagacha quritilgan qum, g.
O‘zRST 8736-93 “Qurilish ishlari uchun qum. Texnik shartlar”ga ko‘ra tabiiy qumda ortiqcha aralashmalar 3%dan (massa bo‘yicha) oshmasligi kerak, boyitilgan qumda -2%, maydalangan qumda esa 5% gacha ruxsat etiladi.
Qum tarkibida amorf kremnezem turlarining mavjudligi sement ishqorlari bilan reaksiyaga kirishib, betonning nurashiga olib keladi. Sement ishqorlari bilan quyidagi tog‘ jinslari va minerallar bog‘lanadi: opal, xalsedon, kremniy.
O‘zRST 728-96 “Og‘ir va mayda to‘ldirgichli beton”ga ko‘ra gidrotexnika va transport inshootlarida ishlatiladigan betonlarda sulfid bog‘lamalar 1% dan oshmasligi kerak.
Qumning namligi uning xususiyatlariga, ayniqsa uyilma zichligiga etarlicha tasir ko‘rsatadi. Chunki boshqa qurilish materiallarni namlashda ularning zichligi oshadi, qumda esa teskari. Bu qum nam holatda bo‘lganida quruqga nisbatan sochiluvchanligi kichikligi bilan tushuntiriladi.


Rasm-2.4. Qum hajmining uning namligini oshishiga qarab o‘zgarishi: 1- mayda qum; 2- yirik qum
Qumga quyilgan suv uning donalarini elimlaydi, shu sababli bunday qumni biror sig‘imli uskunaga solganda kompakt joylashmaydi va bo‘sh tarkibni xosil etadi. Qumning eng katta bo‘sh tarkiblisi namlik 4-7% bo‘lgada (massa bo‘yicha) kuzatiladi (rasm-4.4). Bunda qumning uyilma zichligi 10-40% ga kamayadi. Beton tayyorlashda qumning namligini inobatga olish zarurdir.

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish