Statistik kuzatuv xatolari va kuzatuv materiallari ustidan nazorat. Statistik kuzatuvlarning sinchiklab ishlab chiqilgan rejasi turizm haqida ishonchli ma’lumotlar olishning garovidir. Lekin u qanchalik ikir-chikirigacha puxta o‘ylanmasin va hisobchilar yo‘l – yo‘riqga amal qilishga qanchalik intilishmasin har qanday statistik kuzatuvda xatolarga yo‘l qo‘yilishi mumkin. Xato va kamchiliklar turli sabablarga ko‘ra paydo bo‘ladi. Jamlangan kelishuv natijasida, umumlashtirishda, formulyarni notug‘ri to‘lg‘azilganda, so‘raluvchilar eslatgan dalillar yoddan chiqqanda va h.k.
Statistikada hamma xatolar oldindan ko‘zda tutilgan va ko‘zda tutilmaganlarga bo‘linadi. Keyingisi o‘z navbatida tasodifiy xol yoki sistematik harakter kasb etadi. Tasodifiy xato javob beruvchi aybi bilan ham, qayd etuvchining yozuvda adashishi, kelishuvi, bilimsizligi va boshqalar oqibatida ham ro‘y beradi.
Bular kuzatuv natijalariga jiddiy ta’sir o‘tkazmaydi. Chunki bunday xatolar ko‘pincha bir xilda kamaytirib ko‘rsatishda ham, ko‘paytirib, bo‘rttirib ko‘rsatishda ham uchraydi va keng qamrovli kuzatuvda yutilib ketib, betaraflanib qoladi.
Ko‘zda tutilmagan sistematik nuqsonlar, xatolar asosan so‘rovlarda umumlashtirilgan ko‘rsatkichlar hisobiga paydo bo‘ladi (tashrif buyuruvchining yoshi, uning daromadi, tunash sonlari va shunga o‘xshashlar). Ko‘pincha yoshni qayd etishda oxiri 0 yoki 5 bilan tugaydigan umumlashtirishlar ko‘zga tashlanadi. Misol uchun, yozuvlarda 40 yoshli turistlar 39 va 41 yoshlilardan ko‘p uchraydi. Bu hodisa statistikada yoshlarning akkumulyatsiyasi deb nom olgan. Bu xatolar to‘plangan statistik materiallarni qayta ishlashda tuzatilmoqda.
Ko‘zda tutilgan xatolar, nomidan ham ko‘rinib turibdiki, so‘raluvchining ongli ravishda haqiqatni yashirishidan paydo bo‘ladi. Bu xatolar bir yo‘nalishda ma’lumotlarni uning kattalik ko‘rsatkichlarini buzib, pasaytirib ko‘rsatadi (masalan, turistik firmalar oboroti). Ko‘zda tutilgan xatolar statistik tadqiqotlar uchun juda xavfli. Ularni aniqlash va tuzatish uchun ozmuncha kuch talab etilmaydi.
Statistik formulyarlardagi axborotlarning to‘g‘riligi mantiqiy va arifmetik yo‘llar bilan tekshirib ko‘riladi. Mantiqiy nazorat chog‘ida qo‘yilgan savollarga javoblarning mosligi yoki dasturning turli savollariga javoblar o‘rtasidagi moslik aniqlanadi. Masalan, «Safardan maqsad» grafasida «Amerikalik» deyilgan bo‘lsa, o‘z-o‘zidan tushunarliki javob savolga to‘g‘ri kelmaydi, xato esa, boshqa grafaga yozuv tufayli kelib chiqqan.
Umumiy yig‘indi sifatida olingan javoblar, xilma-xillik yozuvlari yoki boshqa ko‘rsatkichlar qismi (turistik harajatlar va ularni statiyalar bo‘yicha bo‘linishi, shuningdek sayohat kunlari bo‘yicha) mantiqiy nazorati hisoblashning to‘g‘riligini tekshirish orqali tahlil etiladi.
Hammasini emas (tanlangan) tadqiqotlar paytida ularning xususiyatiga ko‘ra, yuqorida ko‘rib chiqilgan qayd qilingan xatolardan tashqari, reprezentativ (taqdim etilgan) xatolar ham uchraydi. Ular kuzatuv birligini noto‘g‘ri tanlash chog‘ida paydo bo‘ladi.
Aniqlangan barcha xatolar iloji boricha tuzatilishi kerak. Buning uchun ko‘pincha nazorat so‘rovlari o‘tkazishga telefon, pochta orqali so‘rovlar olishga to‘g‘ri keladi. BTT ekspertlarining fikricha, qimmat turadigan tekshirishlar chog‘ida xatolar 5 % dan, pilotaj tadqiqotlar chog‘ida 13 % dan oshmasligi zarur.
To‘plangan axborotlar solishtirib ko‘rilgandan keyin keyingi qayta ishlashlarga tayyorlanadi. Ular jadvallarga ko‘chiriladi. So‘ngra boshqa statistik ko‘rsatkichlarning asosiy ahamiyati va o‘rtacha kattaligini hisoblashda foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |