Shakl 3 Turistik harajatlar hisobi bo‘yicha kundalik shakllari
Guruhda sayyohat qiluvchilar soni ____________________________________________
_________________________________________________________________________
Borishdan asosi maqsad __________________________________________________
_________________________________________________________________________
Boradigan asosiy joy __________________________________________________
_________________________________________________________________________ Tug‘ilgan joyi ________________________________________________________
Safar davomida tunash soni ________________________________________________
Harajatlar qismi
Harajatlar, AQSH dol.
Jami
safar gacha
safar davomida
1 kun
2 kun
3 kun
Kompleks safarlar, turlar
Joylashish
Ovqatlanish va ichimliklar
Transport
Rekreatsion, madaniy va sport tadbirlariga qatnashish
Magazinlarga borish
boshqalar
Hammasi:
Manba: A.Yu.Aleksandrova. Mejdunarodniy turizm. M., 2004.
Ularda umumiy summa ko‘rsatilgan holda harajatlar yozib boriladi va bu harajatlar sarflar statiyasi va kunlarga bo‘lib qayd etiladi. Unda kelishdan maqsad, bosh mo‘ljallangan joy, yetib kelish rayoni va tunash sonlari belgilanadi. Chuqurroq tekshirish jarayonida kundalikka qo‘shimcha bo‘limlar kiritiladi. Ularda tashrif buyuruvchi harakteri (yoshi, jinsi), transport turi va joyi, harajatlar qayerda sarflangan yangi – hammasi aks ettiriladi.
Kundalik usulining ham kuchli, ham ojiz tomonlari bor. U turistik harajatlar haqida batafsil ma’lumot olishga imkon beradi. Kundalikda to‘lov operatsiyalarining shu zahotiyoq qayd etilishi, tashrif buyuruvchi uni yodda saqlab qolishi va istalgan paytda aniq axborot beraolishi bu usulning afzal tomonlari hisoblanadi.
Shu bilan birga kundalik usulida ayrim kamchiliklar ham bor. Ulardan muhimi – kundalikni to‘ldirish shakli koeffitsiyenti uncha yuqori emas va hammasi ham to‘liq qaytarilmaydi. Bu esa o‘z-o‘zidan yig‘ilayotgan axborotlarning ishonchlililigini pasaytiradi. Bunday qaraganda, bu nuqsonni osongina bartaraf etish mumkinday: tarqatiladigan kundaliklar soni ko‘paytirilsa kifoya. Bu qaror kundalikni to‘ldirish va qaytarish tasodifiy hol bo‘lganda to‘g‘ri bo‘lishi mumkin edi. Maxsus tadqiqotlar natijlari esa shuni ko‘rsatmoqdaki, bu kamchilik sistematik omillar tufayli kelib chiqarkan. Tekshirishlarda ish yuzasidan keluvchi turistlar sust faol ishtirok etadilar, vaholanki safar uchun ular kata harajatlar qilishadi. Shuning uchun ham kundalikni to‘ldirgan va qaytargan shaxs barcha ko‘rinishlari va o‘z tarkibiga ko‘ra tashrif buyuruvchining bosh belgilariday hamisha farq qiladi. Ko‘rinib turibdiki, tarqatiladigan kundaliklarning sonini ko‘paytirgan bilan ko‘rsatilgan nuqsonlarni bartaraf etib bo‘lmaydi.
Kundalik usuli bilan kuzatuv o‘tkazish va rejalashtirishda oldinda turgan markaziy – tashkiliy vazifalardan biri – to‘ldirilgan blankalarni qaytarishni rag‘batlantirishdir. Ularning 70-75 foizini qaytarlishi natijalarning yetarli darajada ishonchliligini ta’minlaydi. Bu darajaga erishishingiz real usullari mavjud. Ularning barchasi so‘raluvchilarning tekshiruvda ishtirok etishlari uchun qulay va ijobiy muhit yaratilishiga qaratilgan. Kompleks tadbirlarda – kundalikning tushunarli va oson to‘ldiriladigan shakli, javoblarning anonimligi kafolati, to‘ldirilgan blankalarni qaytarishning aniq tartiblari, anketaning so‘raluvchiga kundalikni to‘ldirishni so‘rab qilgan shaxsiy iltimosi, so‘raluvchi foydasiga tekshiruv natijalarini potensial tushuntirish, javob uchun moddiy va boshqa rag‘batlantirishlar o‘z ifodasini topgan.
Statistik kuzatuv rejalashtirilayotganda kuzatuv sub’ekti masalasi hal etiladi, ya’ni kim birlamchi mahsulotlarni yig‘adi. Bir holatda statistikaning bu organlari o‘z kadrlari va xodimlari, boshqa holatda statistik mutaxassislar bilan bir qatorda harakat qiluvchi keng jamoatchilik vakillari bo‘lishi mumkin. Tekshiruvda, shuningdek agar ular mustaqil ravishda anketalarni to‘lg‘aza olishsa aholi ham jalb etilishi mumkin. Misol uchun, AQShda turistlar bilan so‘rov o‘tkazish uchun yuqori ma’lumotli, intizomli va xorijiy tilni yaxshi biladigan odamlar tanlab olinadi. Bunday kishilar odatda biznes-maktablar va universitet o‘qituvchilari bo‘lishadi.
Anketachi tadqiqot natijalariga sezilarli ta’sir o‘tkazadi. Bu ta’sir ko‘pincha bildirmasdan muloqat vaqtida to‘g‘ridan-to‘g‘ri va tegishli savollar berish, yashirin fikrlar shaklida namoyon bo‘ladi: suhbatini umumiy ematsional kayfiyatda olib borish, ishtirokchilarning xulqi-atvori, mimikasi va boshqalarga qarab savol – javob qilish. Ko‘pincha so‘raluvchining intervyu oluvchiga yozadigan javoblarni berishga intilishi kuzatilgan. Anketalar esa sayohatchilar ma’lum guruhining vujudga kelgan stereotip tarziga asoslanib, ba’zan na faqat so‘raluvchilarning fikrlarini, balki o‘zlari kutgan javoblar berilishini aks ettirishga urinishadi. Shuning uchun anketachilarni to‘g‘ri tanlash va o‘qitish muhim vazifalardan biri bo‘lib hisoblanadi. Bu ayniqsa kuzatuvning tayyorgarlik bosqichida jiddiy e’tiborni talab qiladi. Dala bosqichi boshlanishidan oldin ular so‘rov texnikasi bo‘yicha yo‘l-yo‘riq olishadi. Maqsadi bilan tanishishadi, oldinda turgan tadqiqotlar xususiyatlari va vazifalari, ish tartibi va qo‘yilayotgan talablar, statistik formalarni to‘lg‘azish tartiblari shular jumlasidandir.
Rejada kuzatuv sub’ekti bilan bir qatorda tadqiq qilishning joyi, muddati kelishib olinadi. Yilning ma’sumlariga qarab kattaligi va tarkibi o‘zgarib turadigan turistik oqimlarni kuzatish uchun kalendar davrini tanlash muhimdir. BTT hamma 12 oyni turistik mavsumlar bo‘yicha guruhlash (yuqori, past, oraliq)ni tavsiya qiladi. Keyinchalik har bir mavsumdan kuzatuv uchun bittadan oy tanlab olinadi.
Turistlar haqida ma’lumotlar yig‘ish aniq muddatli rejada dastur va tadqiq birligi soni, aktivning son tarkibidan kelib chiqib belgilanadi. Amerika greklarini so‘rov (yuqorida eslatilganidek) besh oy davomida 1980 yil dekabrdan 1981 yil apreligacha o‘tkazilgan edi. Ayrim statistik kuzatuvlar bundan ham uzoqroqqa cho‘ziladi. Kanada va Meksikadan AQShga avtomobilda kelayotgan shaxslar so‘rovi yil davomida olib boriladi. Kuzatuv joyini belgilash kuzatuv o‘tkazishda masalani hal etishga olib keladi. Bu joyni tanlash juda ko‘p omillarga bog‘liq, ulardan eng muhimi hudud hajmi va uning ochiqlik darajasi hisoblanadi. Agar hudud yopiq bo‘lsa, ya’ni ma’muriy xayrixoxlik bo‘lmasa yoki tabiiy chegara (misol uchun, mamlakat yoki orol) mavjud bo‘lsa tadqiq chiqish (kirish) punktlarida va transport vositalarida (avtobus, samolyot, kema va boshq.) o‘tkaziladi. Ochiq hududda, rayon yoki shaharda, statistik kuzatuv joylashtirish vositalarida va ko‘rsatiladigan ob’ektlarda, to‘lov asosida tashrif buyuriladigan ochilish marosimlari joylarida o‘tkaziladi (jadval 10).