Taqriz farg`ona shahar 5-umumiy o`rta ta`lim maktabi boshlang`ish sinf fani o`qituvchisi H. Qodirovaning ish tajribasidan kelib chiqqan holda uning tayyorlagan



Download 10,69 Mb.
bet3/11
Sana31.12.2021
Hajmi10,69 Mb.
#213169
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
METODIK QO`LLANMA PIRS

Shavkat MIRZIYOYEY, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti

Mamlakatimiz innovatsion taraqqiyot yo‘lida shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda kelajagimiz davomchilari bo‘lgan yoshlarning ijodiy g‘oyalari va ijodkorligini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish hamda ilg‘or xorijiy tajribalar, xalqaro mezon va talablar asosida baholash tizimini takomillashtirish, shu yo‘lda xalqaro tajribalarni o‘rganish, mavjud tizimni har tomonlama qiyosiy tahlil qilish, tegishli yo‘nalishdagi xalqaro va xorijiy tashkilotlar, ilmiy tadqiqot muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilish muhim ahamiyatga egadir.

Ta’lim sifati va samaradorligini oshirish yo‘lida xorijiy ilg‘or tajribalarni o‘rganish, xalqaro standartlar talablarining joriy etilishi muhim ahamiyatga ega. Bu borada O‘zbekiston Respublikasida qo‘yilayotgan amaliy qadamlarga xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarning tashkil etilishi to‘g‘risida hukumat qarorining qabul qilinishi Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasidek (IEA) nufuzli tashkilot bilan hamkorlik aloqalarining yo‘lga qo‘yilishini misol sifatida keltirish mumkin.

  Sinfdan tashqari o’qish uchun kitob tanlash tamoyillari.

Sinfdan tashqari o’qishning maqsadi – o’qish malakalarini takomillashtirish, kitob tanlab oladigan muntazam kitob o’qiydigan, o’qilgan kitobni to’g’ri baholay oladigan ongli kitobxonni tarbiyalash. Maktablarda 1959-yildan boshlab maxsus sinfdan tashqari o’qish darslari tashkil etilgan.Sinfdan tashqari o’qish 1-2 sinfda haftada 1 marta, 3-4 sinfda 2 haftada 1 marta o’tkaziladi. Savod o’rgatish jarayonida haftadagi oxirgi alifbe darsining 17-20 daqiqasi ajratiladi. Bu darslarning asosiy vazifasi o’quvchida badiiy kitoblarni o’qishga havas uyg’otish, o’qigan kitoblari yuzasidan kundalik yurita olishga o’rgatish, bolalar adabiyotining mashhur adiblari hayoti va ijodi bilan elementar tarzda tanishtirish.

Metodikaning vazifasi sinfdan tashqari o’qish uchun o’qiladigan adabiyotlar ro’yxatini tavsiya qilish, yillik o’quv rejasi va dars strukturasi namunalarini ishlab chiqishdir.Sinfdan tashqari o’qish uchun kitob tanlashda quyidagi tamoyillarga amal qilinadi:

1.O’zbek va chet el bolalar adabiyoti yozuvchilari asarlarini tanlash.

2.Kitob tanlashda o’quvchilarni har tomonlama tarbiyalashga xizmat qilishni ko’zda tutish.

3.Asar janri va mavzusini xilma-xilligiga e`tibor berish.

4.O’quvchilarning yoshi va saviyasiga muvofiqligini hisobga olish.

5.O’quvchilarning shaxsiy qiziqishini mustaqil o’qishni hisobga olish.

6.Mavsumiy tamoyilga amal qilish.

Sinfdan tashqari o’qishga rahbarlikning asosiy shakli maxsus STO’ darslaridir, u erkin dars hisoblanadi. STO` darslarida o’quvchilarning kitobxonlik qiziqishlari, bilim doirasi, estetik taassurot, badiiy obrazlarning idrok etishi, ijodi rivojlanadi, faol kitobxonga xos ko’nikma va malakalar rivojlanadi.

STO’ darslariga qo’yiladigan talablar:


    • har bir darsni kirish suhbati bilan boshlash;


    • har bir darsda o’quvchilar o’qigan kitoblar-asarlarni hisobga olish;


    • har bir darsda o’qish uchun yangi asarlar tavsiya qilish;


    • har bir darsda o’qilgan asar yuzasidan suhbat metodida tahlil ishlarini amalga oshirish;


    • o’qilgan asarlar yuzasidan ko’rgazmalar tayyorlash, asarga taqriz yozish, asar muallifi haqida ma’lumotlar to’plash, albomlar tayyorlash, kitobxonlik kundaligini yuritish;


har bir darsda tahlil qilingan asarlar yuzasidan umumlashtiruvchi, yakunlovchi suhbat uyushtirish.

Sinfdan tashqari o’qish darslarining muhim vazifalari:
asar o’qish asar tanlashda o’quvchida mustaqillikni tarbiyalash, buning uchun mustaqil bajarish uchun topshiriqlar berish;

qiziqarli mashq turlaridan foydalanish, eng yaxshi insholarni, taqrizlarni, yozuvchi haqida to’plangan ma’lumotlari o’qitish, “Tez aytish”, “Topishmoqlar topish”, “Ifodali o’qish”, “Maqollar aytish musobaqasi”, “Ertak to’qish”, “Bilimdonlar anjumani”, kontadqiqotlar tashkil qilish, muayyan mavzular bo’yicha savol-javoblar uyushtirish, o’qish tarzidagi ish turlaridan foydalanish zarur.

Sinfdan tashqari o`qishning yillik taqvim rejasini tuzish. Bunda N.N.Svetlovskaya ishlab chiqqan STO` bosqichlariga rioya qilish. Sinfdan tashqari o’qishga rahbarlikning yordamchi shakllariga:

1. Kitobni targ’ib qilish. Sinfdan tashqari o’qishga tavsiya qilinadigan asarlar ro’yxati sinfga yoki maktabning maxsus joyiga osib qo’yiladi, ular vaqti-vaqti bilan yangilanib turadi. Ko’rgazmalar tashkil qilinadi, o’qituvchi maxsus suhbatlar uyushtiradi.

2. Yakka tartibdagi yordam va kundalik tekshiruv. O’quvchi o’qigan kitoblari yuzasidan suhbat uyushtiriladi, o’qigan kitoblar hisobga olinadi, shaxsiy fikrlar aniqlanadi, uy kutubxonalari bilan tanishiladi, ota-onalar bilan suhbatlashiladi.

3. Sinfdan tashqari o’qish yuzasidan ommaviy ishlar: adabiy ertaklar, viktorinalar, yozuvchilar bilan uchrashuvlar, adabiy tadqiqotiyalar ular uchun maxsus tayyorlaniladi.

4. Kutubxonaga yozilish. 1-sinf o’quvchilari o’qituvchining ruxsati bilan, tavsiyasi bilan kutubxonaga a’zo bo’ladi.

5. O’quvchilarning o’qiganlarini hisobga olishda ularning kitobxonlik kundaligidan foydalanish.

1-sinf o’quvchilari 2-yarim yillikdan boshlab kitobxonlik kundaligiga yozuvchining ismi, familiyasi va kitob nomini yozadi. 2-sinfda esa unga nashr etilgan joyi va yilini qo’shib yozadilar. 3-4- sinfda o’qigan kitobiga taqriz yozadi, o’z mulohazalarini yozadi, ya’ni munosabat bildiradi.
Nutq o‘stirish mashg‘ulotlarida, ayniqsa, bolalarning badiiy asarlarni o‘qib, hikoya qilib berishlariga katta ahamiyat beriladi. Badiiy asarlarni qayta hikoya qilib berishga o‘rgatish va ularni sahnalashtirish, she'rni yod oldirish o’qituvchiga katta mahorat va mas'uliyat yuklaydi. Muallif tomonidan badiiy asar mazmuni qanchalik yorqin ifodalangan bo‘lsa, unda ishtirok etuvchilarning nutqlari (gaplari) bolalarga ifodali, mazmunli yetkazilsa, u bolalarni hayajonlantiradi, his-tuyg‘ularining rivojlanishiga, asar qahramonlari bilan bo‘ladigan voqealarning uzoq esda saqlanishiga, lug‘atining boyishiga hamda nutqining grammatik jihatdan to‘g‘ri shakllanib borishiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Bolalar hech qanday qiyinchiliksiz o’qituvchining asar yuzasidan bergan savollariga javob bera oladilar, ayrim so‘zlarni, jumlalarni takrorlaydilar, qahramonlarning ijobiy va salbiy tomonlarini xarakterlab beradilar, o’qituvchiga taqlid qilib, ularning ovozini o‘xshatishga harakat qiladilar.
Yuqori saviyada yozilgan badiiy asarlar bolalarning nutq normalarini (me'yorlarini) muvaffaqiyatli o‘zlashtirishlariga hamda tilning emotsional tomonlarini his etish qobiliyati rivoj­lanishiga, og‘zaki nutqning intonatsion ifodaliligi shakllanishiga ta'sir etadi.

PIRLS boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining sinf va sinfdan tashqari o‘qishini baholashda ikkita keng qamrovli maqsad, ya’ni badiiy tajriba orttirish hamdaAxborotni olish va undan foydalanishga qaratilgan.

Shuni ta’kidlash lozimki, badiiy kitoblarni o‘qishda o‘quvchilar voqealar, voqea joylari, obrazlar, oqibatlar, personajlar, asar muhiti, hissiyotlar va g‘oyalar bilan yo‘g‘rilgan matnni o‘qiydi va matndan huzurlanadi. Adabiyotni tushunish va uni qadrlash uchun, har bir o‘quvchi matnda (asarda) sodir bo‘ladigan voqealar, hissiyotlar, tildan foydalanish san’ati hamda badiiy shakl haqida bilimni o‘z hayolidan o‘tkazishi kerak. Adabiyot yosh o‘quvchilar uchun o‘zlari hali boshidan kechirmagan holatlar va hissiyotlarni kashf etish imkoniyatini beradi. Badiiy asarda tasvirlangan voqealar, harakatlar va oqibatlar hayoliy bo‘lsada, o‘quvchiga ular real hayotda sodir bo‘layotgandek tasavvur uyg‘otadi va o‘quvchiga ularni hayolan boshidan kechirish imkonini beradi. PIRLS xalqaro dasturida qo‘llanilgan matnlarning bir qismi badiiy janrga mansub bo‘ladi

Ma’lumki, o‘qish savodxonligi insonlarning o‘qishdan ko‘zlagan maqsadlari bilan bevosita bog‘liqdir. Ko‘pgina yosh o‘quvchilar endigina o‘qishni boshlaganlarida asosan hikoyali matnlar (masalan, hikoyalar yoki suratli kitoblar) yoki o‘quvchilarga o‘zlarini o‘rab turgan muhit haqida informatsion va savollariga javob beruvchi ma’lumotlarga boy matnlarni o‘qiydi. O‘quv dasturiga ko‘ra, kitob va boshqa bosma materiallardan ma’lumot olish uchun o‘qish muhim ahamiyatga ega ekanligi bois, yosh o‘quvchilar o‘qish savodxonligini rivojlantirib, o‘rganish uchun o‘qishlari kerakligi talab qilinmoqda.

Odatda o‘qishdan ko‘zlangan har qanday maqsad ma’lum turdagi matnlar bilan bog‘liqlikka ega. Misol uchun, badiiy savodxonlikni oshirish uchun o‘qish odatda fantastik asarlarni mutolaa qilish bilan bog‘langan, vaholanki, ma’lumot olish va ulardan foydalanish esa ma’lumotga boy maqolalar va ko‘rsatmaga oid matnlarni o‘qish orqali amalga oshiriladi. Shunga qaramasdan, o‘qishdan ko‘zlangan maqsadlar alohida matn turi bilan cheklanib qolmaydi. Masalan, tarjimai hollar odatda axborot beruvchi yoki badiiy matn turkumiga mansub material hisoblanadi, ammo ular o‘qishdan ko‘zlangan har ikkala maqsad xususiyatlarini o‘z ichiga oladi.


Download 10,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish