Bu davrda AQSHda ikki partiyaviy tizim ham to‘la shakllanib bo‘lgan edi. Respublikachilar partiyasining xalq orasida eng obro‘li arbobi Avraam Linkoln (1809—1865) edi. Linkolnning qulchilikka qarshi chiqishlarini ishchilar, fermerlar, burjuaziyaning ilg‘or qismi qo‘llab-quvvatladi. A. Linkoln saylov oldi kompaniyasini «O‘zingizga yer olish uchun ovoz bering!» shiori ostida tashkil qilib, yerlarni fermerlarga bepul tarqatish to‘g‘risida qonun qabul qilishga va'da berdi. 1860-yili AQSH prezidentligi uchun bo‘lgan saylovlarda Respublikachilar partiyasi vakili Avraam Linkoln g‘alaba qozondi. Uning prezidentlikka saylanishi bilan hukumatda quldorlar hukmronligiga barham berildi. Bu esa qulchilikka qarshi kuchlarning juda katta va ayni vaqtda tinch yo‘l bilan erishgan siyosiy g‘alabasi edi. Ular birinchi marta hukumatda hokimiyatni o‘z qo‘llariga oldilar. Janub plantatorlari saylovda mag‘lubiyatga uchragan Demokratlar partiyasining asosiy tayanchi edi. Ular qonuniy yo‘llar bilan qulchilikni saqlab qolishga muvaffaq bo‘lolmasliklariga ishonch hosil qildilar. Shuning uchun janubiy shtatlarda qulchilikka asoslangan alohida davlat tuzishga kirishdilar va AQSH tarkibidan chiqqanliklarini, o‘z prezidentiga ega bo‘lgan konfederatsiyasi tuzilganligini e'lon qildilar. Shuningdek, alohida qo‘shinga ham ega bo‘ldilar. Shu tariqa janub plantatorlari qulchilikni saqlab qolish yo‘lida milliy manfaatlarga xiyonat qildilar. Endi AQSHda fuqarolar urushi boshlanishi muqarrar bo‘lib qoldi.
Avraam Linkoln (1809—1865)
Fuqarolar urushi (1861—1865).
1861-yilning aprel oyida Shimol bilan Janub o‘rtasida fuqarolar urushi boshlandi. Kuchlar nisbati jihatidan Shimol ustun edi. Fuqarolar urushi 1865-yilning aprelida Shimolning g‘alabasi bilan tugadi. Biroq reaksion kuchlar yollagan qotil A. Linkolnni otib o‘ldirdi. Ammo bu qotillik qulchilikni bekor qilishga to‘sqinlik qila olmadi. 1865-yilning dekabr oyida AQSHda qullik bekor qilindi. 1866-yili AQSH Kongressi tomonidan konstitutsiyaga tuzatish kiritildi. Unga ko‘ra, qora tanlilar Fuqarolar urushining natijalari. Urushda Shimolning erishgan g‘alabasi katta tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi. G‘alaba mamlakat yaxlitligini saqlab qoldi. Qulchilik bekor qilindi va «Gomstedlar to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi. AQSHning g‘arbiy yerlarida ham qishloq xo‘jaligida kapitalizm rivojlanishi uchun imkoniyat yaratildi. G‘alaba g‘arbiy yerlarning qulchilik tarafdorlari tomonidan bosib olinishi xavfiga barham berdi. Janubda ham fermer xo‘jaligi rivojlanishi uchun keng yo‘l ochildi. Tarixiy g‘alaba sanoat to‘ntarishini tezroq tugallash va Amerika sanoatining rivojlanishi uchun sharoit yaratdi. ning fuqarolik va siyosiy huquqlari oq tanlilarniki bilan tenglashtirildi