Bu yo`l orqali O`zbekiston Fors ko`rfazigacha, undan so`ng dunyoning istalgan burchagiga chiqishi mumkin. O`zbekistonning Sharq va Tinch okean havzasi mamlakatlari bilan munosabatlari. Prezidentimizning 1992 yildagi rasmiy safari natijasida -Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya, Malayziya, Indoneziya bilan diplomatik, iqtisodiy va madaniy aloqalar yo`lga quyildi. Ana shu aloqalar chog`ida Xitoy tomoni bilan 20 dan ortiq shartnomalar imzolandi. Bugungi kunda O`zbekistonda 80 ga yaqin O`zbekiston -Xitoy qo`shma korhonalari faoliyat ko`rsatmоqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |