Tarixan turli diniy-falsafiy tizimlar shaxsga o‘zlaricha yondoshganlar. Agar antik davr falsafasida shaxsga nisbatan asosan munosabatlar deb qaralgan bo‘lsa, xristianlik ta’limotida shaxs maxsus mohiyat, “Individual substansiya”, aqliy xususiyat, nomoddiy ruhning sinonimi deb tushunilgan. - Tarixan turli diniy-falsafiy tizimlar shaxsga o‘zlaricha yondoshganlar. Agar antik davr falsafasida shaxsga nisbatan asosan munosabatlar deb qaralgan bo‘lsa, xristianlik ta’limotida shaxs maxsus mohiyat, “Individual substansiya”, aqliy xususiyat, nomoddiy ruhning sinonimi deb tushunilgan.
- YAngi davr falsafasida fransuz faylasufi R.Dekartdan boshlab shaxs haqida dualistik g‘oya shakllanishiga yo‘l ochildi. Bunda birinchi o‘ringa o‘z-o‘zini anglash “Men” tushunchasi bilan birlashtirib yuborildi.
- Nemis faylasufi I.Kant fikricha, shaxs o‘z-o‘zini anglashi orqali shakllanadi, bu holat unga hayvonlar olamidan farqlab, o‘zining “Men” ini axloqiy qoidalarga bo‘ysundirish imkoniyatini beradi.
- Ingliz faylasufi Dj.Lokk esa shaxsni “aqliy”, “fikrlovchi” mavjudot, deb tushungan.
“SHaxs”alohida kishi, ijtimoiy-axloqiy mohiyatni o‘zida mujassamlashtirgan individ ma’nosini anglatadigan tushunchadir. Bu tushuncha barcha ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘z predmeti nuktai nazaridan ishlatiladi. SHaxs hakida xilma-xil talqinlar bor. SHaxs - biofiziologik, ijtimoiy, ma’naviy, axloqiy va estetik fazilat va xislatlarniig yaxlit bir butunlikka aylanishi hamda munosabatlar tizimi bilan qamrab olinishidir. - “SHaxs”alohida kishi, ijtimoiy-axloqiy mohiyatni o‘zida mujassamlashtirgan individ ma’nosini anglatadigan tushunchadir. Bu tushuncha barcha ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘z predmeti nuktai nazaridan ishlatiladi. SHaxs hakida xilma-xil talqinlar bor. SHaxs - biofiziologik, ijtimoiy, ma’naviy, axloqiy va estetik fazilat va xislatlarniig yaxlit bir butunlikka aylanishi hamda munosabatlar tizimi bilan qamrab olinishidir.
- YUqorida zikr qilingan faylasuf olimlarning shaxs haqidagi ta’riflaridan kelib chiqib unga shunday ta’rif berish mumkin. YA’ni, shaxsning shakllanishi o‘z-o‘zini anglash va aqliy fikrlashdan tashqari avvalo muayyan tuzumda faol qatnashishi bilan ijtimoiy hayotning qaror topishiga o‘z hissasini qo‘shish, buning uchun o‘z intelektual, emotsional va irodaviy sifatlarini to‘liq namoyon qilish va nihoyat shaxs bilan jamiyat o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarining o‘zaro ta’siri natijasida vujudga keladi.
SHunday qilib, individ muayyan insonning umumiy obrazi sifatida amal qilsa, individuallik uni muayyan o‘ziga xos xususiyatlar sohibi sifatida tavsiflasa, “shaxs” tushunchasiga yanada torroq ma’no yuklanadi, chunki ayni holda inson uning barcha ijtimoiy sifatlari bilan jamuljam holda olinadiki, bu faqat ijtimoiy munosabatlarning u yoki bu tizimini nazarda tutgan holda shaxs to‘g‘risida so‘z yuritish imkonini beradi. YA’ni keng talqinga yo‘l qo‘yadigan “individ” va “individuallik” tushunchalari nafaqat insonga nisbatan, balki individual xususiyatlarga ega bo‘lgan ayrim tirik mavjudot, hayvonga nisbatan ham tatbiq etilishi mumkin. “SHaxs” tushunchasi esa doim ijtimoiy mavjudot sifatidagi inson bilangina bog‘liq bo‘lib, faqat shu ma’noda, ayrim insonni uning jamiyatdagi o‘rni, “ijtimoiy qiyofasi” nuqtai nazaridan tavsiflaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |