Mavzuni tushinish uchun yana misollarga murojaat qilamiz:
(1) Nazokat opa bugun juda charchadi
Xo’sh, Nazokat opa bugun nimaga charchashi mumkin?
(2) Nazokat opa bugun butun uyni supurdi, tozaladi, tartibga soldi.
Haa, tushunarli. Bu ish charchash uchun yetadi. Lekin bu hali hammasi emas:
(3) Kechqurun Nazokat opa farzandlari uchun tansiq taom tayyorladi.
Ehhee, u kuni bo’yi uyni supurib-sidirgani yetmagandek, yana tansiq taom ham
tayyorlabdimi? Nazokat opa juda charchagan bo’lsa kerak.
Yuqoridagi uchta jumladanmatn hosil qilganda, birlashgan fikrga misol paydo bo’ladi.
(1) Nazokat opa bugun juda charchadi: (2) U ertalabdan uyni supurdi, tozaladi,tartibga soldi. Bu ham yetmagandek (3) kechqurun farzandlari uchun tansiq taomham tayyorladi.
Birlashgan fikr ta’rifiga ko’ra, uning bog’langan fikrdan asosiy farqi, birlashgan fikrdagi har bir asos mustaqil tarzda xulosani asoslay olishidadir.
Tekshirib ko’ramiz:
A. (1) Nazokat opa bugun juda charchadi: (2) U ertalabdan uyni supurdi,
tozaladi, tartibga soldi.
yoki
B. (1) Nazokat opa bugun juda charchadi: (2) U kechqurun farzandlari uchun tansiq taom tayyorladi.
Ko’rib turganingizdek, asoslarning ixtiyoriy bittasi xulosa bilan kelganda, to’laqonli fikr hosil bo’la oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |