Kelinglar, endi fikrdagi asos va xulosa nima ekani, ularning fikrda qanday
joylashishi, asos va xulosani qanday aniqlash mumkinligi haqida gaplashsak.
Tushunarli bo’lishi uchun misol keltiramiz.
Masalan, tasavvur qiling, Feruza bugun matematika darsida 2 baho oldi. Xo’sh
buning sababi nimada? Chunki u uyga vazifani tayyorlamagan edi. Demak:
1.5-misol: Oddiy fikr
Feruza matematika darsida 2 baho oldi, chunki u uyga vazifani
tayyorlamagan edi.
Bu yerda “Feruza matematika darsida 2 baho oldi” jumlasi – Xulosa, “U uyga
vazifani tayyorlamagan edi” – Asos (sabab). Bunda bitta hodisaning sodir bo’lishiga
boshqa bir hodisa yoki holat sabab sifatida keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |