O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
|
“TASDIQLAYMAN”
Urganch davlat universiteti rektori
_________________B. Abdullayev
2021-yil 31-avgust
|
TANLANGAN SPORT TURI NAZARIYASI VA USLUBIYATI
FANINING O‘QUV DASTURI
Bilim sоhasi:
|
|
1000 000 – Хizmatlar
|
Ta’lim sоhasi:
|
|
1010 000 – Xizmat ko‘rsatish sohasi
|
Bakalavriat yo‘nalishi:
|
|
61010 300 – Spоrt fаоliyati (fаоliyat turlаri bo‘yichа)
|
Urganch–2021
Mazkur o`quv dastur Urganch davlat universiteti kengashining 2021-yil “31” avgustdagi 1-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan.
O‘quv ishlari bo`yicha prorektor _____________ S.U.Xodjaniyazov
O ‘quv-uslubiy boshqarma
boshlig’i: ______________ G’.R. Matlatipov
Mazkur o`quv dastur “Jismoniy madaniyat” fakulteti Kengashining 2021-yil “30” avgustdagi yig’ilishida muhokama qilinib, tasdiqlash uchun tavsiya etilgan. (1-sonli bayonnoma).
Jismoniy madaniyat fakulteti
dekani: _______________ S.U.Ko‘palov
Mazkur o`quv dastur “ Sport faoliyati ” kafedrasining 2021-yil “28” avgustdagi yig’ilishida muhokama qilinib, tasdiqlash uchun tavsiya etilgan
(1-sonli bayonnoma).
“Sport faoliyati”
kafedrasi mudiri: _______________ F.T.Masharipov
Fan/modul kodi
TSTNU3138
|
O‘quv yili
2021-2022
2022-2023
2023-2024
|
Semestr
1-2-3-4-5-6
|
ECTS - Kreditlar
1-semestr – 7
2-semestr – 6
3-semestr – 5
4-semestr – 4
5-semestr – 5
6-semestr – 4
|
Fan/modul turi
Majburiy
|
Ta’lim tili
O‘zbek/rus
O‘zbek
|
Haftadagi dars soatlari
1-semestr – 6
2-semestr – 6
3-semestr – 4
4-semestr – 4
5-semestr – 4
6-semestr – 4
|
1.
|
Fanning nomi
|
Auditoriya mashg‘ulotlari (soat)
|
Mustaqil ta’lim (soat)
|
Jami yuklama
(soat)
|
Dzyudo nazariyasi va uslubiyati
|
1-semestr – 90
2-semestr – 90
3-semestr – 60
4-semestr – 60
5-semestr – 60
6-semestr – 40
|
1-semestr – 104
2-semestr – 106
3-semestr – 90
4-semestr – 90
5-semestr – 90
6-semestr – 50
|
930
|
2.
|
I. Fanning mazmuni
Fanni oʻqitishdan maqsad – talabalarga dzyudo boʻyicha bilimlarning nazariy asoslarini, dzyudo boʻyicha musobaqa qoidalari va hakamlik qilish asoslari, jismoniy tayyorgarlik toʻg‘risida tushuncha va uni rivojlantirish, texnik- taktik tayyorgarlik toʻg‘risida tushuncha va uni takomillashtirish, psixologik tayyorgarlik toʻg‘risida tushuncha va uni takomillashtirishdan iborat.
Fanning vazifalari -talaba xalqaro kurash turining paydo boʻlishi va rivojlanish tarixi, yaqin va uzoq kelajakdagi istiqbollari, hozirgi paytgacha mutaxassislar qanday tayyorlangan va kelajakdagi kontsepsiyasi boʻyicha qanday yoʻl tutish zarurligi, musobaqa qoidalari va hakamlik qilish asoslari, musobaqaning nizomi, talabnoma, torozidan oʻtkazish va qur’a tashlash bayonnomasi, musobaqani oʻtkazish bayonnomasi, bellashuvni oʻtkazish bayonnomasi hamda ishtirokchilar va jamoalarning egallagan oʻrnini aniqlash uslublarini, musobaqaga qatnashish va oʻtkazish xisobotlarini tayyorlash vositasi, uslub va tamoyillarini, texnik usullarning klassifikatsiyasi, sistematikasi va ularning terminologiyasi, ilmiy ishlar toʻg‘risida tushunchalarni bilishi va ulardan foydalana olishi kerak;
II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-mavzu. Dzyudo tarixi, istiqbollari va mutaxassislarni tayyorlash kontsepsiyasi.
Dzyudo toʻg‘risida tarixiy ma’lumotlarni yig‘ish uslublari. Dzyudo boʻyicha zarur tarixiy manbalarni oʻrganib chiqish. Arxiv ma’lumotlari bilan ishlash, manbalarni tahlil etish, dzyudo boʻyicha federatsiyalar ma’lumotlaridan foydalanish, kutubxonadagi ma’lumotlardan foydalanish. Oʻzbekistonda dzyudo boʻyicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashning istiqbollari va kontsepsiyasi. Oldingi va hozirgi davrlardagi fikrlar, hamda kelajakda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash boʻyicha istiqbollar. Dzyudo boʻyicha federatsiya va muzeylardagi ma’lumotlarni umumlashtirish va mavjud oʻzgarishlarni tizimli ravishda oʻrganib borish.
2-mavzu. Dzyudo boʻyicha musobaqa qoidalari va hakamlik qilish asoslari.
Dzyudo boʻyicha musobaqa qoidalari va hakamlik qilish asoslari. Dzyudo boʻyicha musobaqa qoidalarining oldingi va ohirgi variantlari, hakamlikdagi ovozalari va imo-ishoralari. Musobaqa qoidalari. Texnik usullar va harakatlarni baholash mezonlari, musobaqada foydalaniladigan bayonnomalarni yurgizish. Dzyudo boʻyicha guruh oʻrtasida har xil uslublardan foydalangan holda birinchilik oʻtkazish. Musobaqa oʻtkazish jarayonida kurash turi boʻyicha bayonnomalarni shakllantirish usullarini oʻrganish (Shveytsariya, Olimpiya, Gerakles va boshqalar).
|
Do'stlaringiz bilan baham: |