TANISHUV MALAKAVIY AMALIYOT HISOBOTI
Reja
Kirish.
1.Avto plast MCHJ shakllanish tarixiy malumoti
2.Avto plast MCHJ boshqaruv strukturasi
3.Avto plast MCHJ iqtisodiy tahlili
4. Avto MCHJ plast korxonasining texnik jihozlari
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
Kirish.
Respublikamizda olib borilayotgan barcha sohalardagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish jarayoni kadrlarni tayyorlash tizimida ham tub o’zgarishlar qilinishini taqozo qilmoqda. Chunki, o’z yo’nalishi bo’yicha zarur bilim va malakalarni chuqur egallab, uni hayotga tadbiq eta oladigan, bir so’z bilan aytganda, Vatan taraqqiyoti yo’lida kuyib yonadigan kadrlar ushbu islohotlarni yanada jonlantirib, yurtimiz rivoji va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishi uchun o’z hissasini qo’sha oladi. Zamon talablariga javob beradigan bilimdon va yuqori malakali mutaxissislarni tayyorlash oliy bilim yurtlarining dolzarb vazifasidir.
Shu munosabat bilan oliy bilim yurti talabalarini tanishuv, ishlab chiqaish, malakaviy va bitiruv oldi amaliyotlariga jalb qilinmoqda. Bundan ko’zlangan maqsad shuki, talabalar o’z yo’nalishlari bo’yicha amaliyot davrida mutaxassisliklari bo’yicha bir qancha tajriba va ko’nikmalarga ega bo’lishidir. Shu sababli biz ham institutimiz tomonidan malakaviy amaliyotga yo’naltirildik. Biz “Menejment” yo’nalishi 1-bosqich talabalari ham yaxshi tajribalarni orttirish maqsadida 5 hafta mobaynida malakaviy amaliyotda bo’ldik. Men “Mashinasozlik texnologiyasi” fakulteti “Menejment” yo’nalishi 1-bosqich K-10-20-guruh talabasi Sharobiddinov Abubakr, nazariy bilimlarimni amalda qo’llash maqsadida 2021-yil 7-iyun kunidan 2021-yil 10-iyul kuniga qadar iqtisodiyotning moliyaviy sektorida, ya’ni Avto plast MCHJ (keying o’rinlarda bank deb yuritiladi)da amaliyot o’tadim. Bu vaqt mobaynida men bankning “Kredit monitoringi” bo’limida ularning ishlarini o’rgandim. O’rganganlarimni tahlil qilib hisobot ko’rinishida havola etaman. Hisobot quyidagi rejalar asosida batafsil yoritib ketiladi:
1.Avto plast MCHJ ning shakllanish tarixi va umumiy ma’lumot. Bunda amaliyot joyimni qanday tashkil topgani haqida qisqacha ma’lumotlar berib o’tdim.
2. Avto plast MCHJ ning boshqaruv strukturasi. Har bir korxona va tashkilotni boshqaruvsiz tasavvur qilib bo’lmagani uchun har bir tashkilot, korxonalarda ham bu narsa albatta mavjud va bu “Amaliyot ob’ektining boshqaruv strukturasi”da batafsil yoritib o’tdim.
3. Avto plast MCHJ ning ichki iqtisodiy tahlili.Amaliyot ob’ektining qanchalik iqtisodiy holati yaxshiligi haqidagi ma’lumotlar berib o’tdim.
4. Avto plast MCHJ ning Tehnik jihozlari. Bilamizki har bir ishlab chiqarish korxonasining texnika va texnologiyasi bo'ladi va ularni ishlab chiqarish jarayonini ko'pchilik bilmaydi.Bu haqida malumot berib o'taman
5. Shu o’rinda albatta hisobotga xulosa berib o’tdim.
6. Hisobot so’ngida ushbu hisobotni tayyorlashda foydalangan adabiyotlarim ro’yxatini berib o’tdim.
"Avtosanoat Plast" MChJ 2010 yil mart oyida tashkil etilgan. Asosiy yo'nalish yo'lovchi avtoulovlari uchun plastik qismlar ishlab chiqaradigan avtomobillarni ishlab chiqarish bilan bog'liq. 2011 yil avgust oyida kompaniya binosi qurib bitkazildi va ishga tushirishga tayyor. Ayni paytda kompaniya Spark, Cobalt, Gentra va Nexia R3 avtomobillari uchun plastik qismlar ishlab chiqarishni yo'lga qo'ydi. Plastmassa zavodi deyarli 10 yil davomida bozorda muvaffaqiyatli ishlamoqda. Ushbu davr mobaynida biz avtomobillar uchun plastmassa buyumlar ishlab chiqarish sohasida eng muvaffaqiyatli korxonalardan biriga aylandik.
Katta tajriba, ishlab chiqarishda amalga oshiriladigan barcha jarayonlarni qat'iy rejim va nazorat bilan birlashganda, GOST talablariga javob beradigan va shu kabi tovar toifalari uchun boshqa sifat standartlariga javob beradigan yuqori sifatli polimer mahsulotlarini ishlab chiqarish va xaridorlarga taklif qilish imkonini beradi. .
Plastmassa buyumlarini yaratishda biz termik vakuumli qoliplash usulidan foydalanamiz. Ushbu texnologiya juda moslashuvchan va g'ayrioddiy va noyob narsalarni yaratishga imkon beradi. "Avtosanoat Plast" MChJ kompaniyasi iste'molchilarga polimer mahsulotlarining keng assortimentini taklif qilishga tayyor, bu erda siz mashinalar uchun mahsulotlarni topishingiz mumkin. ,spark spark avtomobili uchun ishlab chiqilgan mahsulotlar
ICHKI MA'LUMOTLAR
"AvtoSanoat Plast" MChJ zamonaviy polimer materiallaridan avtomobillarning ichki qismlarini, turli xil mahsulotlarni ishlab chiqaradi va ishlab chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |