7-mavzu. Tashkilotlar va ularni boshqarish.
Topshiriqlar
1-topshiriq:Tashkilot tushunchasiga ta’rif bering.
2-topshiriq:.Mehnat resurslariga ta’rif bering.
3-topshiriq:Kapital resurslarga ta’rif bering.
4-topshiriq:Murakkab tashkilotlarga ta’rif bering.
5-topshiriq:Rasmiy va norasmiy tashkilotlar haqida gapirib bering.
6-topshiriq:Tashkilotning murakkabligi haqida tushuncha bering.
7.1 Tashkilot tushunchasi vaqt o’tishi bilan bir necha marta o’zgardi. Boshlang’ich bosichda tashkilot har qanday tizimning strukturasi sifatida tasavvur qilingan.
Tashkilot so’zini korxona, firma, ishlab chiqarish guruhi yoki mehnat tuzilmasi deb tushunmoq kerak.
Tashkilot tushunchasini ko’pdan ko’p ta’rifidan quyidagilarni ajratish mumkin.
Tashkilot, boshqaruvchi yoki boshqaruvchi tizimlar vositasida yaratiladigan va saqlanadigan jarayondir.
Tashkilot birgalikda mehnat jarayonida paydo bo’ladigan o’zaro munosabatlar, huquq, majburiyat, maqsadlar, faoliyat turning to’plamidir.
Tashkilot umumiy maqsadga ega bo’lgan odamlar guruhidir. Tashkilot deb atalishi uchun mehnat tuzilmasi quyidagi majburiy talablarga javob berishi kerak:
Shu guruhning bir qismi db ataluvchi ikkitadan kam bo’lmagan odamning mavjudligi;
Ushbu guruhning barcha a’zolari umumiy deb qabul qiladigan hech bo’lmaganda bir ijtimoiy foydali maqsadni mavjudligi;
Barcha uchun sharafli bo’lgan maqsadga erishish uchun birgalikda mehnat qilayotgan guruh a’zolarining mavjudligi.
Tashkilot – bu umumiy maqsad yoki maqsadga erishish uchun ongli ravishdagi faoliyatning muvofiqlashtirilgan kishilar guruhidir.
7.2 Mehnat resurslari - mamlakat aholisining mehnatga layoqatli yoshdagi qismi, iqtisodiy resurslarning tarkibiy unsuri; 16 yoshdan 55 yoshgacha boʻlgan ayollar, 60 yoshgacha boʻlgan erkaklar Mehnat resurslariga kiritiladi.
Kishilar yoshining ulgʻayishiga qarab Mehnat resurslariga dastlab qoʻshiladilar, soʻngra (yoshi oʻtgach) undan chiqadilar. Koʻpchilik mamlakatlarda, shu jumladan, Oʻzbekistonda 16—59 yoshdagilar Mehnat resurslariga kiritiladi. Mehnat resurslari oʻsishi aholining koʻpayishiga bogʻliq. Aholi tarkibida yoshlar qanchalik koʻp boʻlsa, Mehnat resurslari shunchalik tez oʻsadi. 20-asr oxiri —21-asr boshlarida Oʻzbekistonda Mehnat resurslari har yili 320—350 ming kishi atrofida koʻpay-ib bordi. Ularning asosiy qismini mehnat yoshiga qadam qoʻyganlar tashkil etadi.
Mehnat resurslari soni miqdoriy ifoda boʻlsa, mehnat yoshidagilarning bilim saviyasi, malakasi, kasbiy mahorati va ishbilarmonligi uning sifatini yaratadi. Taʼlimtarbiya, malakani oshirish, sogʻliqni taʼminlash, uni mustahkamlash uchun sarflar inson kapitaliga investitsiya boʻlib, Mehnat resurslari ni takroran yaratishga xizmat qiladi. Mehnat resurslari mehnat bozori orqali taqsimlanadi. Mehnat resurslari ban-dligi — mehnat yoshidagi kishilarning ish bilan taʼminlanishi, ularning tovar va xizmatlar yaratishda ishtirok etishi. Mehnat resurslari tarkibidagi ishlashga talabgor boʻla turib ish topa olmaganlar ishsizlar hisoblanadi.
7.4 Tashkilot doimo mehnat jamoasining barcha a’zolari erishishga intilayotgan bir mumiy maqsadga ega. Murakkab tashkilot esa bir necha o’zaro bog’liq maqsadga ega hisoblanadi.
7.5 Ham rasmiy, ham norasmiy tashkilot tushunchalari o'zaro bog'liqdir. Buning sababi rasmiy tashkilotlarda ko'plab norasmiy tashkilotlar mavjudligi. Bundan tashqari, ko'plab norasmiy tashkilotlarni qo'llab-quvvatlaydigan rasmiy tashkilot samarali va qoniqarli tashkilotdir.
Rasmiy tashkilot - bu yuridik va rasmiy munosabatlar bilan umumiy maqsadga erishish uchun ikki yoki undan ortiq odam to'planadigan tashkilot. Tashkilot yuqori rahbariyat tomonidan boshqariladi va unga rioya qilish uchun bir qator qoidalar va ko'rsatmalar mavjud. Tashkilotning asosiy maqsadi belgilangan maqsadlarga erishishdir. Natijada, ish har bir kishiga o'z imkoniyatlariga qarab tayinlanadi. Boshqacha qilib aytganda, tashkiliy ierarxiyaga ega bo'lgan buyruqlar zanjiri mavjud va vakolatlar ishni bajarishga topshirilgan.
Norasmiy tashkilot deganda, odamlar chinakam hayotda qanday ishlashlarini tartibga soluvchi, o'zaro bog'liq bo'lgan ijtimoiy tuzilish tushuniladi. Tashkilotlar ichida norasmiy tashkilotlar tuzish mumkin. Bundan tashqari, ushbu tashkilot o'zaro tushunish, yordam berish va bir-biri bilan quradigan shaxslararo munosabatlar tufayli a'zolar o'rtasidagi do'stlikdan iborat. Ijtimoiy normalar, aloqalar va o'zaro munosabatlar rasmiy tashkilotlardan farqli o'laroq, a'zolar o'rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
Garchi norasmiy tashkilot a'zolari rasmiy majburiyatlarga ega bo'lishsa-da, ular kamsitishsiz o'z qadriyatlari va shaxsiy manfaatlariga ko'proq bog'liqdirlar.
Norasmiy tashkilotning tuzilishi tekis. Bundan tashqari, qarorlar barcha a'zolar tomonidan jamoaviy tarzda qabul qilinadi. Birlik norasmiy tashkilotning eng yaxshi xususiyatidir, chunki a'zolar o'rtasida ishonch mavjud. Bundan tashqari, norasmiy tashkilotlarda qat'iy qoidalar va qoidalar mavjud emas; qoidalar va qoidalar javob beradi va o'zgarishlarga moslashadi.
Bajardi IU-19 GURUH TALABASI
Qavomov Zaynobiddin
Do'stlaringiz bilan baham: |