Tanishiv amaliyoti farmatsevtika ishini tashkil qilish. Dorixona qanday bo’limlardan iborat(turadi)


хodimlarining shaxsiy gigiena qoidalari



Download 148,5 Kb.
bet2/13
Sana25.02.2022
Hajmi148,5 Kb.
#275079
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Praktika

3. хodimlarining shaxsiy gigiena qoidalari.
Shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish har bir inson uchun albatta bajarilishi va norma bo‘lishi lozim. Dorixona xodimlarining shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishi katta ahamiyatga ega, chunki sanitariya qoidalarini buzilishi dorixona ichidagi infeksiyaning tarqalishi va dorilarni ifloslanishiga olib keladi. Bundan tashqari dorixona xodimlarining tashqi ko‘rinishi, kiyim va qo‘llarining tozaligi, soch turmaklashi, gigiyenik bilimlarga amal qilishi sanitariya oqartuvida katta rol o‘ynaydi. Dorixona xodimlarining xaridorlar bilan bo‘lgan muomalasi, gapirish madaniyati namunali bo‘lishi kerak.
Dorixona xodimi ish vaqtida doimo xalatda va bosh kiyimda (ro‘mol yoki qalpoq) bo‘lishi kerak. Shuning uchun u uchta xalat va uchta bosh kiyimi bo‘lishi, kamida ikki marta almashtirishi, sochlarini bosh kiyim ostiga olishi, qo‘llarini sovunlab va dezinfeksiyalovchi moddalar bilan yuvishi lozim. Xalat va shaxsiy kiyimlar alohida saqlanishi lozim. Dorixona xodimlari ishga kelganlarida oyoq kiyimlarini almashtirishlari lozim.
Dorixona xodimlari hojatxonaga kirayotganlarida xalatni yechishi, chiqqandan so‘ng qo‘llarni sovun, dezinfeksiyalovchi modda bilan yuvishi kerak. Hojatxona oldida sovuq va issiq suv keltirilgan rakovina, dezinfeksiyalovchi moddali eritma, elektr quritgich, xalat va sochiq uchun ilmoqcha, bularning hammasi hojatxonadan oldingi xonada bo‘lishi kerak.
Xalatda ishlab chiqarish xonalaridan, dorixonadan tashqariga chiqishi, ishlab chiqarish xonalariga xalatsiz kirishi, dastro‘moldan tashqari begona narsalarning xonaga olib kirish, saqlash mumkin emas. Shkafda shaxsiy kiyim va ishlab chiqarish kiyimlarini saqlash ta’qiqlanadi.
Terining tozaligi shaxsiy gigiyenaning asosiy talablaridan hisoblanadi. Ayniqsa tirnoq osti tozalik holatiga e’tibor berish lozim.

  1. muassasalarining turlari va tuzilishi.

Tayyor dori vositalari savdosi bilan xizmat qiladigan dorixonalar asosan shahar, qishloq, poliklinikalar qoshida va boshqa joylarda tashkil qilinib, ular aholini retsept asosida yoki retseptsiz berishga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar, sanitariya-gigiyena buyumlari, bog'lov materiallari va bemorlami parvarish qilishda ishlatiladigan ashyolar bilan uzluksiz ta’minlab turadi.
Maxsus bolalarga xizmat qiladigan dorixonalar, asosan, katta shaharlarda yoki viloyat markazlarida tashkil etilib, bolalar uchun ishlab chiqarilgan kichik dozada tayyorlangan dori vositalari yoki ekstemporal ravishda retsept asosida tayyorlanadigan dori vositalari bilan savdoni amalga oshiradi. Dorixonada dori tayyorlash uchun zarur dori xomashyolari (substansiyalar) va yordamchi materiallar zaxirasi boMishi zarur. Shuningdek, bolalar uchun tayyorlanadigan dori vositalari boshqa tayyorlanadigan dori vositalaridan, ta’mi, rangi va tashqi ko'rinishi bilan farq qilishi ko‘zda tutiladi.
Geriatrik dorixonalar asosan yoshi ulug‘ insonlarga xizmat qilish uchun maxsuslashtirilgan bo'lib, ushbu dorixonalar qariyalami yoshi, ruhiy fiziologik holatlarini e’tiborga olib, tegishli tartibda shifokorlar tomonidan yozib berilgan retseptlar asosida dori vositalarini berishlari ko‘zda tutilgan. Shuningdek, ushbu dorixonalar dorilami saqlash, ichish tartib-qoidalarini ularga aniq tushuntirib berishlari va qariyalarga dori vositalari qabul qilish bo‘yicha maslahat beruvchi markaz hisoblanadi.
Dorivor o‘simliklar dorixonasi, odatda, yirik shahariar va viloyat markazlarida aholini dorivor o‘simliklardan tayyorlangan dori vositalari: damlama, qaynatma holida shifokorlar retsepti bilan va retseptsiz har xil choylar holida, sharbatlar shaklida fitobarlarda tayyorlab aholi uchun foydali va nisbatan bezarar boMgan dori vositalari bilan ta’minlash uchun tashkil qilinadi.
Gomeopatik vositalar muomalasini amalga oshiruvchi dorixonalar ham maxsuslashtirilgan dorixonalar turkumiga kirib, ular ham ma’lum darajada aholini o‘ziga xos gomeopatik retseptlar asosida tayyorlangan dori vositalari bilan ta’minlashga yordam beradi. Ushbu dorixonalami iloji boricha, geriatrik bemorlami davolash uchun tashkil qilingan maxsus davolash va davolash-profilaktika muassasalari yaqinida boMishi maqsadga muvofiqdir. Gomeopatik dorixonalarda dori vositalari, asosan, tayyor dori vositalari shaklida beriladi, lekin bu xildagi dorixonalarda ham ekstremporal holda ayrim dori vositalarini tayyorlash ishlarini yoMga qo‘yish mumkin. Hozirgi kunda alohida maqomga ega boMgan gomeopatik dorixonalar Respublikamizda tashkil etilgan emas, lekin ma’lum dorixonalarda alohida gomeopatiya boMimi sifatida
tashkil qilingan.
O‘quv ishlab chiqarish dorixonalari asosan, yosh mutaxassislarni yoki yuqori kurs talabalarini ishlab chiqarish yoki magistratura amaliyoti mashg‘ulotlarini o‘tkazish yoki farmatsevtlami malakasini oshirish uchun baza sifatida tashkil qilinib, shu bilan birga aholini va DPM larini dori vositalari va boshqa tibbiy ashyolar bilan ta ’minlab turish ishlarini ham amalga oshiradi.

Download 148,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish