TANA MUSKULLARIYOSH XUSUSIYATLARI
Odam organizmida 600 dan ortiq muskul bo‘lib, katta yoshli odam tanasi vaznining 45–50% ni tashkil qiladi. Odamning harakatlari, mehnat faoliyati, nutqi, nafas olish harakatlari va boshqa fiziologik funksiyalari muskullarning guruh-guruh bo‘lib, reflektor harakat qilishi natijasida sodir bo‘ladi. Muskullar atrof-muhitdagi turli omillarning sezgi organlariga ta’sir qilishi va ana shu ta’sirning markazga intiluvchi nervlar orqali bosh miyaga yetib borib, analiz-sintez jarayonlari natijasida markazdan qochuvchi nervlar orqali muskullarga kelishi tufayli harakatlanadi. Bundan tashqari, ichki organlarning faoliyati skelet muskullarining funksional holatiga reflektor ravishda ta’sir etadi.
Ko‘ndalang yo‘lli muskul to‘qimasi ko‘ndalang targ‘il muskul skelet va yurak muskul to‘qimasiga bo‘linadi. Ko‘ndalang yo‘lli muskul deyishiga sabab, elektron mikroskop ostida ko‘rilganda, uning och va to‘q rangdagi guruh bo‘lib joylashgan. Muskul hujayralaridagi juda to‘g‘ri tartibda joylashgan mikrofibrillalar va ularning qismlari (aktin va miozin tolalari) dir. Elektron mikroskopida ko‘rilganda ko‘ndalang aktin va miozin tolalari silliq muskulga nisbatan noteks taqsimlanganligi bilan farq qiladi.
Har qanday muskulning boshlanish qismi–boshi va birikish qismi–dumi bo‘lib, keng tanasi, ya’ni qorni muskul tolalaridap tuzilgan. Muskul boshi bilan tanaga yaqin suyakka, dumi bilan tanadan uzoqroqdagi suyakka birikib, qisqarganda bo‘g‘imda harakat sodir bo‘ladi. Muskullar tolalarining yo‘nalishiga qarab duksimon, yarim patsimon, ikki yoqlama patsimon, tasmasnmon va ikki qorinchali bo‘lishi mumkin. Har qaysn muskul tashqi tomondan biriktiruvchi to‘qimadan tuzilgan yupqa parda bilan o‘ralgan, bu parda fassiya deb ataladi. Fassiya alohida muskulni, bir qancha muskulni va muskullarning hammasini o‘rab turishi mumkin.
Yumaloq muskullar og‘iz, ko‘z atrofida uchraydi. Kalta yo‘g‘on muskullar baquvvat bo‘lib, yuqorigi, pastki kamarlarda va gavda orasida uchraydi (masalan, dumbaning deltasimon muskullari). Organizmdagi muskullar boshlanish, birikish joyiga ko‘ra, yelka-bilak muskuli, funksiyasiga ko‘ra, chaynash muskuli, bukuvchi muskullar va hokazo, ikki boshli va hokazo. Tuzilishiga ko‘ra, yarim payli muskul va boshqalar; joylashishiga ko‘ra, peshona, yelka muskullari va xokazo; shakliga kura, trapesiyasimon, rombsimon muskullar deb ataladi va xokazo.
Muskullar fiziologiyasi. Organizmdagi barcha muskullar ikki guruhga: ko‘ndalang-targ‘il va silliq muskullarga bo‘linadi. Muskullarning asosiy vazifasi qisqarish bo‘lib, ularning yordamida organizmdagi barcha harakatlar vujudga keladi. Ko‘ndalang-targ‘il muskullar (skelet muskullari) odam va hayvonlarning faol harakat qilishini ta’minlaydi. Ichki organlaniing devorlari silliq muskullardan tuzilganligi sababli, barcha ichki organlaniing harakatlari ana shu muskullarning faoliyati bilan bog‘liq. Masalan, oziqalarning hazm organlari bo‘ylab harakati, qon tomirlarining kengayib-torayishi va hokazo.
Muskullarning tuzilishi. Muskullar maxsus parda-sarkolemma bilan o‘ralgan muskul tolalaridan tuzilgan. Muskul tolalarining protoplazmatik moddasi va qisqaruvchi talaygina ipsimon elementlari-miofibrillari bor. Muskul tolasi pardasining ustida yadrolari joylashgan. Miofibrillalar muskulning asosiy funksional elementlaridir. Ko‘ndalang-targ‘il muskul miofibrillalari mikroskop ostida birin-ketin joylashgan qoramtir va rangsiz disklarga bo‘lingandek bo‘lib ko‘rinadi, bu disklar A va I harflari bilan ifodalanadi. A disk (anizotrop disk) kuchli darajada ikki yoqlama nur sindiradigan bo‘ladi, I disk esa (izotrop disk) ikki yoqlama nur sindirish qobiliyatiga ega emas. Bu tolalar ikki xil nur sindirganliklari uchun mikroskop ostida qaralganda ko‘ndalang-targ‘il bo‘lib ko‘rinadi.
Miofibrillalarning anizotrop disklari muskulning qisqarishini ta’minlasa, izotrop disklari ularga elastiklik beradi. Muskul tolalari ranglari bilan ham bir-biridan farq qiladi. Qizil rangli tolalar sarkoplazmaga boy, miofibrillalari kam bo‘ladi, oqish rangli tolalarning sarkoplazmasi oz, miofibrillalari esa ko‘p bo‘ladi. Silliq muskullar ko‘ndalang-targ‘il muskullardan shu bilan farq qiladiki, ular mikroskop ostiga qo‘yib qaraganda navbat bilan joylashuvi, qoramtir va rangsiz disklari ko‘rinmaydi. Muskullar ish bajarish darajasiga qarab qon, limfa tomirlari va nerv tolalari bilan ta’minlangan.
Muskullarning kuchi tolalarining ko‘ndalang kesimiga, ko‘p-ozligiga bog‘liq. Muskulning har bir santimetri o‘rta hisobda 10 kg yuk ko‘taradi. Ularning ishi nerv sistemasiniig qo‘zg‘aluvchanligiga, mashq qilishiga, tashqi sharoitga bog‘liq, muntazam ravishda mashq qilib turgan odamning muskullari baquvvat bo‘ladi, kon tomirlar bilan yaxshi ta’minlanadi, organizmda energiya va moddalar almashinuvi kuchayadi.
Muskullar egiluvchan, bir oz yopishqoq bo‘lib, tashqi muhit ta’sirida cho‘ziladi yoki qisqaradi. Qisqarganda bo‘g‘imlarda harakat vujudga keladi. Muskullar bo‘g‘imdan o‘tishiga qarab, bir bo‘g‘imli (masalan, deltasimon muskul) va ko‘p bo‘g‘imli (masalan, barmoqlarni bukuvchi chuqur muskul) bo‘ladi. Muskullar bo‘g‘imlardagi harakatda ishtirok etishiga qarab, sinergist va antagonist muskullarga bo‘linadi. Sinergist muskullar qisqarganda umumiy harakat vujudga keladi. Masalan, yelka, bilak va yelkaning ikki boshli muskullari qisqarganda, tirsak bo‘g‘imida bukish harakati sodir bo‘ladi. Antagonist muskullar qisqarganda qarama-qarshi harakatlar vujudga keladi. Masalan, yelka, yelka-bilak va yelkaning ikki boshli muskullariga yelkaning uch boshli muskuli antagonistdir. U qisqarsa, tirsak bo‘g‘imida yozish harakati sodir bo‘ladi.
Muskullar suyaklarni harakatlantirishda richag qonuni asosida ta’sir etadi. Masalan, birinchi tartib, ya’ni muvozanat richagida tayanch nuqta o‘rtada, muskulning tortish va og‘irlik kuchi ikki chetda, ulariing yelkasi va yo‘nalishi bir xil bo‘ladi. Masalan, ensa-atlant bo‘g‘imida kalla muvozanatining saqlanishi. Bu richagda tayanch nuqta o‘rtada bo‘lib, kalla yuz qismining vazni oldingi yelkada, ensaga birikkai muskullarning tortish kuchi orqada, bularning yelkasi bir-biriga teng bo‘ladn. Buni quyidagicha ifodalash mumkin.
Bunda m. t. k. – muskulning tortish kuchi; t. n.–tayanch nuktasi; o. k.– og‘irlik kuchi. Bunday richagda normal muvozanat saqlanadi.
Ikkinchi tartib richag kuch richagi deyiladi, bunda tayanch nuqta chetda, og‘irlik kuchi o‘rtada bo‘ladi. Mus kulning tortish kuchi ikkinchi chetda bo‘lib, yelkasi uzun. Bu richagda qatnashuvchi muskullarning yelkasi uzun bo‘lgani uchun kuchli ish bajariladi.
Uchinchi tartib richagda ham tayanch nuqta chetda bo‘ladi, lekin og‘irlik kuchi ikkinchi chetda bo‘lib, yelkasi muskul tortish kuchining yelkasidan bir nechta marta uzun. Muskulning tortish kuchi o‘rtada bo‘lib, yelkasi juda qisqa. Bunday richagda keng qulochli tez harakatlar bajariladi. Masalan, tirsak bo‘g‘imida qo‘lni bukib, panjada yuk ko‘tarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |